Volume ǀ issue ǀ 2021
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2-2. 119. 711-719
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 712 KIRISH O‘quvchini mantiqiy fikrlashga, izlanishga, ijod qilishga, o‘z navbatida mustaqil ta’lim olishga, o‘z-o‘zini rivojlantirishga tayyorlash maktabning asosiy vazifasidir. Mantiqiy fikrlashni shakllantirishga oid olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy mazmuni va mohiyatini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Mantiqiylik, pedagogik tushuncha sifatida ta’limning maqsadi va vositasiga birdek tegishlidir. Ya’ni ta’limdan maqsad, avvalo, mantiqiy fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Ta’limning vositasi sifatida u o‘quvchilarga taqdim etilayotgan bilimlarning mantiqiy jihatdan izchilligini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida mantiqiy fikrlashga harakat qiladigan o‘quvchilarni tarkib toptirish maqsadida ko‘plab mutaxassislar izlanmoqdalar. Geometriya materiallarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda ziyraklik, diqqat rivojlanadi. Ular geometrik shakllarni tasniflash, tabaqalashtirish, taqqoslashga o‘rganadilar[1]. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Geometriya fanini o’rganishda tarixga nazar soladigan bo’lsak, geometriya fanini paydo bo’lishiga ulkan hissa qo’shgan qadimgi yunon matematigi Yevklid (taxminan, eramizdan avvalgi 365-300 yillar) haqidagi ma’lumotlarga duch kelamiz. Bu olim hayoti haqida deyarli aniq ma’lumotlar mavjud emas. Bizga u haqidagi ayrim uzuq- yuluq afsona tarzidagi xabarlar yetib kelgan xolos. Uning eng mashhur asari «Boshlang‘ichlar» ga birinchi bo‘lib sharh yozga Prokl (V asr), Yevklidning qachon va qayerda tug‘ilganligini yoki vafot etganligini aniq aytib bera olmagan. Proklning qayd etishicha «bu arbob alloma» Ptolomey I zamonasida yashagan ekan. Ba’zi biografik ma’lumotlar XII-asrga oid arab qo‘lyozmasida saqlanib qolgan: «Yevklid, Naukratning o‘g‘li «Geometr» nomi bilan mashhur, qadimgi zamon allomasi, kelib chiqishiga ko‘ra yunon, yashagan joyi Suriya, Tir o‘lkasida tavallud topgan». Afsonalardan birida aytilishicha, podsho Ptolomey geometriyani o‘rganishni istab qoladi. Lekin bu oson emasligini bilib, u Yevklidni o‘z huzuriga chorlaydi va matematikani o‘rganish uchun oson yo‘llarni ko‘rsatishini so‘raydi. «Geometriya uchun shohona yo‘l yoq» - deb aytadi Yevklid, va bu jumla bizning davrimizga qanotli ibora ko‘rinishida yetib kelgan. Yevklid fazoda atomlar harakatini ilgari suruvchi g‘oyalariga asoslangan o‘ziga xos fazo geometriyasini yaratdi. Undagi eng sodda geometrik obyekt bu – nuqta[2]. Masala. c nur M uchli (ab) burchakning tomonlari orasidan o’tadi. a, b, c nurlarda mos ravishda A, B, C nuqtalar olingan. ∆AMC = 40 0 , ∆MAC = 60 0 , ∆CMB = 30 0 , ∆MBC = 50 0 . M, A, C, B nuqtalardan va ularni ketma - ket tutashtiruvchi to’rtta kesmadan iborat figura to’rtburchak bo’lmasligini isbotlang. Bu masalani shartiga ko’ra ishlanishini 7- sinf o’quvchisiga tushuntirish uchun bu mavzugacha o’tilgan xossalarni takrorlab o’tilmaganlari haqida tushunchalar berish lozim. So’ngra masalaning yechish yo’lini ko’rsatish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling