Volume ǀ issue ǀ 2021


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana15.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1007768
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-2. 119. 711-719

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 715
yotibdi. Lekin bu yerda muhimi shuki, bu ajratish ushbu ajoyib xossaga ega: agar biror 
kesmaning oxirlari bitta yarim tekislikka tegishli bo’lsa, u holda kesma to’g’ri chiziq 
bilan kesishmaydi. Agar kesmaning oxirlari turli yarim tekisliklarga tegishli bo’lsa, u 
holda kesma to’g’ri chiziq bilan kesishadi. 
4-rasm 
To’g’ri chiziqning biz takidlagan bu xossasi nuqtalarning tekislikda joylashuvining 
asosiy xossasidir. 
Masala. AE to’g’ri chiziqdagi E nuqta bu to’g’ri chiziqning A va C nuqtalari 
orasida yotmaydi. A nuqta C va E nuqtalar orasida yotmaydi. B nuqta AE to’g’ri 
chiziqda yotmaydi. A va E nuqtalar BC to’g’ri chizqqa nisbatan bitta yarim tekislikda 
yotadimi yoki turli yarim tekisliklarda yotadimi[3]? 
Geometrik figuralarning xossalarini o’rganganingizda kesmalarni va burchaklarni 
o’lchash ishlari bilan ham shug’illangansiz. Bunda siz chizg’ich va transportirdan 
foydalangansiz. 
Kesmalarni o’lchashning asosiy xossasi: Har bir kesma noldan katta uzunlikka ega. 
Kesmaning uzunligi shu kesmaning har qanday nuqtasi ajratgan qismlari 
uzunliklarining yig’indisiga teng. Kesmaning uzunligini uning oxirlari orasidagi masofa 
deb ham atashadi. 
Endi esa burchak haqidagi xossalarni eslab olsak, burchak bu – boshlang’ich 
nuqtasi umumiy bo’lgan ikkita turli yarim to’g’ri chiziqlardan tuzilgan figura. 
Boshlang’ich nuqta figuraning uchi, yarim to’g’ri chiziqlar esa burchakning tomonlari 
deb ataladi. 
Bu tushunchalarni mustahkamlash uchun 5-rasmdagi har bir holda nechta burchak 
tasvirlanganligini toping. 
5-rasm 
Endi burchaklarni o’lchashning asosiy xossasini ta’riflaymiz. Har bir burchak 
noldan katta gradus o’lchovga ega. Yoyiq burchak 180
0
ga teng. Burchakning gradus 
o’lchovi o’zining tomonlari orasidan o’tuvchi har qanday nur yordamida ajratilishidan 
hosil qilingan burchaklarning gradus o’lchovlari yig’indisiga teng. 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling