Volume ǀ issue ǀ 2021
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2-2. 119. 711-719
- Bu sahifa navigatsiya:
- SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 713 Demak biz, 5-6 sinflarda tanishgan geometriyaga oid ma’lumotlarga nazar solaylik. 1-rasmga qarang unda nima tasvirlangan? 1-rasm Sizga tanish bо‘lgan ushbu figuralarni tanigan bо‘lsangiz kerak: a) AB kesma; b) ABC uchburchak; v) CB nur; g) tomonlari a va b, uchi A bo’lgan burchak; d) a tо‘g‘ri chiziq; e) A nuqta orqali о‘tuvchi va b tо‘g‘ri chiziqqa parallel a tо‘g‘ri chiziq; j) perpendikulyar a va b tо‘g‘ri chiziqlar; z) tо‘g‘ri burchakli ABC uchburchak; i) O markazli aylana. MUHOKAMA Siz 5-6 sinflarda figuralarning kо‘pgina xossalari bilan tanishgan edingiz. Ularni yodingizga tushirishga harakat qilib kо‘ring. Mana sizga ma’lum bо‘lgan xossalarning ba’zilari. 1. Har qanday ikki nuqtadan tо‘g‘ri chiziq о‘tkazish mumkin va faqat bitta. 2. Har bir kesma noldan katta uzunlikka ega. 3. Har bir burchak noldan katta gradus о‘lchovga ega. 4. Berilgan tо‘g‘ri chiziqda yotmaydigan nuqta orqali tekislikda berilgan tо‘g‘ri chiziqqa bittadan ortiq bо‘lmagan parallel tо‘g‘ri chiziq о‘tkazish mumkin emas. Geometriya fani - shakllarni, ularning xossalarini o’rganadi. Boshqacha qilib aytganda,”Geometriya geometrik shakllarning xossalari haqidagi fandir”. Shunday qilib biz geometriya nima degan savolga javob berdik. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 714 Endi eng oddiy geometrik figuralarning asosiy xossalarini o’rganishga o’tamiz. Tekislikda asosiy geometrik figuralar nuqta va to’g’ri chiziqdir. Ularni asosiy ikkita xossalari mavjud. 1. Har qanday chiziqni olmaylik, shu to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lgan nuqtalar ham, tegishli bo’lmagan nuqtalar ham mavjud. 2. Har qanday ikkita nuqtadan to’g’ri chiziq o’tkazish mumkin va faqat bitta. Keling birgalikda 1-2 xossalarda takidlanganidek chizma hosil qilamiz(2-rasm). 2-rasm 2-rasm orqali o’quvchilarda nuqta va to’g’ri chiziq haqidagi tasavvurini aniq va ravshanlashtirdik. Endi esa o’quvchilarga nuqtalarning to’g’ri chiziqda va tekislikda o’zaro joylashuvining asosiy xossalari bilan tanishtiramiz. - To’g’ri chiziqning berilgan ikki nuqtasi orasida yotgan hamma nuqtalaridan iborat qismi kesma deyiladi. Bu nuqtalar kesmaning oxirlari deyiladi. 3-rasm Shu xossaga ko’ra tasvir hosil qilaylik(3-rasm). To’g’ri chiziq va shu to’g’ri chiziqda yotuvchi A, B nuqtalar olaylik. Bunda, to’g’ri chiziqdan A va B nuqtalar ajratgan qismi AB kesma hisoblanadi. To’g’ri chiziq tekislikni ikkita yarim tekislikka ajratadi(4-rasm). Tekislikda a to’g’ri chiziq o’tkazamiz va to’rtta A,B,C va D nuqtalarni belgilaymiz. a to’g’ri chiziq tekislikni ikkita yarim tekislikka shunday ajratib turibdiki, tekislikning a to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lmagan har bir nuqtasi shu yarim tekisliklarning birida yotadi. Rasmda A va B nuqtalar bitta yarim tekislikda, C va D nuqtalar esa turli yarim tekisliklarda yotibdi. A va C nuqtalar bitta yarim tekislikda, A va D nuqtalar esa turli yarim tekisliklarda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling