Volume ǀ issue ǀ 2021
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
2-2. 119. 711-719
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 717 Istalgan uchburchak uchun unga teng shunday uchburchak mavjudki, u berilgan yarim tо‘g‘ri chiziqqa nisbatan berilgan holatda joylashadi. Parallel tо‘g‘ri chiziqlarning asosiy xossasi quyidagidan iborat: Berilgan tо‘g‘ri chiziqda yotmaydigan nuqta orqali tekislikda berilgan tо‘g‘ri chiziqqa bittadan ortiq parallel tо‘g‘ri chiziq о‘tkazish mumkin emas. Parallel tо‘g‘ri chiziqlarda yotadigan ikkita kesmani yoki ikkita nurni parallel kesmalar yoki nurlar deb ataymiz. Masalalarni yechayotganda eng sodda geometrik figuralarning xossalaridan burchaklar, vertikal burchaklar, perpendikulyar tо‘g‘ri chiziqlar, bitta yarim tekislikka qо‘yilgan burchaklar kabi tushunchalar hamda figuralarning bu tushunchalar bilan bog‘liq xossalaridan foydalaniladi. Masala. AB nur hamda CD va EF tо‘g‘ri chiziqlar tasvirlangan. a) A uchli qо‘shni burchaklar juftlarini aytib bering; b) A uchli vertikal burchaklar juftini aytib bering; v) ∆DAB = 70°; ∆CAF = 40°; A uchli qolgan burchaklarni toping(7-rasm)[5]. 7-rasm Endi bu berilgan ma’lumotlardan foydalangan holda maqolamiz boshida berilgan masalani yechimi bilan bemalol tanishtirsak bo’ladi. Yechilishi. Uchburchak burchaklari yig’indisi 180° ga teng. Demak, ∆MCA = 80 0 , ∆MCB = 100°. AB kesma c nurni X nuqtada kesib o’tsin. MXA va MXB qo’shni burchaklar, shuning uchun ularning gradus o’lchovlari yig’indisi 180° ga teng. C nuqta MX kesmada yotsin. U holda MCA burchak CAX uchburchakka nisbatan tashqi burchak (8-rasm), demak, u CXA burchakdan katta. MCB burchak CXB uchburchakka nisbatan tashqi burchak, demak, u CXB burchakdan katta. Natijada MCB va MCA burchaklarning gradus o’lchovlari yig’indisi CXA va CXB burchaklarining gradus o’lchovlari yig’indisidan kata, ya’ni 180 0 dan kata. Bu esa olingan natija: ∆MCA = 80 0 , ∆MCB = 100° ekanligiga ziddir, bundan MCA va MCB burchaklarning yig’indisi180 0 ga tengligi kelib chiqadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling