Voqeaband sujet va voqeaband bo'lmagan sujet
Download 125.32 Kb.
|
Adabiyot nazariyasi Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jonlantirish
- Intonatsiya
- «badiiy til», «adabiy til» va «milliy til» munosabati.
Allegoriya (majoz) ko`chim turlaridan biridir. U ertak va masallarda, ayniqsa, keng qo`llanadi. Masalan, tulki qiyofasida ayyor kishilar nazarda tutiladi. Chumoli mehnatkash, zahmatkash odamlar timsoli sanaladi. Allegoriya fikrni pardalab, sal yashirib ifoda qilishning eng o`ng`ay shakli hisoblanadi. Chunonchi, Abdulla Oripovning "Tilla baliqcha" she'rida ham fikr birmuncha pardalab berilgan. Mustabid tuzum jamiyat a'zolarini qobiqqa solib qo`ygani haqidagi fikr ko`lmak hovuzda qolgan baliq timsolida aytilgan.
Allegoriya yunoncha allos - boshqa, o`zga va agoreuo - gapiraman, demakdir. Gulxaniyning "Zarbulmasal", Hamzaning "Toshbaqa va chayon", A.Krilovning "Bo`ri bilan qo`zichoq" kabi masallari allegorik, ya'ni majoziy asarlardir. Jonlantirish ham badiiy asarlarda keng qo`llanadigan badiiy tasvir vositalari sirasiga kiradi. Jonlantirish kishilarga xos xususiyatlarni jonsiz va mavhum narsa-hodisalarga ko`chirishdir. Masalan, xo`mraygan bulutlar deyiladi. Bunda kishilarga xos xo`mrayish jonsiz bulutga ko`chirilgan bo`ladi. Asarlarda tog`-tosh, shamol, daraxt, mevalar xuddi odamlarga o`xshatib gapirtiriladi. Sifatlash jonlantirishdan birmuncha farq qiladigan badiiy tasvir vositasi sanaladi. Sifatlash narsa-hodisaning biror bir belgi, xususiyatini aniq-ravshan alohida ajratib ko`rsatishdir. Sifatlash ikki xil bo`ladi. Birinchisi oddiy sifatlash bo`lib, unda narsa-hodisalarning o`tkinchi belgilari ta'kidlanadi. Ikkinchisi, doimiy sifatlash bo`lib, bunda narsa-hodisalarning doimiy xususiyatlari aytiladi. Po`lat nayza, olmos qilich, uchqur ot kabilar doimiy sifatlash sanaladi. Har ikkala sifatlash turi voqea-hodisani yorqin ko`rsatishga imkon beradi. Masalan, oppoq tong, ona zamin. O`xshatish badiiy adabiyotning barcha tasvir vositalari orasida eng ko`p qo`llanadigan hodisadir. O`xshatish narsa-buyumning ma'lum bir belgisini boshqa narsa-buyumga solishtirishdir. O`xshatish fikrni yaqqol ifodalash imkoniyatini beradi. O`xshatish narsalarning bevosita o`xshash tomonlarini ko`rsatish yoki -dek (-day) qo`shimchasi, xuddi, o`xshash, go`yo, misli, misoli, singari, yanglig`, bamisoli, kabi ko`makchilari yordamida hosil qilinadi. Badiiy asarlarda tasvir vositalari ayrim holda ham, bir nechasi birgalikda, o`zaro bog`liq holda ham ishlatiladi. Masalan, ayrim she'rlarning bir bandida o`xshatish ham, sifatlash ham, mubolag`a, jonlantirish ham qo`llangan bo`ladi. Ular ta'sirchan obraz va manzara yaratish bilan birgalikda, ijodkorning voqelikka munosabatini ham bildirib turadi. Mubolag`a narsa-hodisalarning xususiyat, belgilarini kuchaytirib, orttirib tasvirlashdir. Mubolag`a muayyan narsa-hodisalarni boshqalaridan alohida ajratib ko`rsatish maqsadida qo`llanadi. Mubolag`a badiiy asarda aksariyat hollarda o`xshatish, jonlantirish, sifatlash, metafora kabi tasviriy vositalar bilan birgalikda qo`llanadi. Mubolag`a, ayniqsa, folklor asarlarida - ertak, dostonlarda ko`p qo`llanadi. Badiiy asar tilining o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning o`ziga xos qurilishidir. U oddiy so`zlashuvdagi nutqdan gap tuzilishiga ko`ra jiddiy farq qiladi. Badiiy asar tili ba'zi o`rinlarda, hatto, grammatika qoidalariga ham mos kelmaydi. Ilmiy asarlar tilida esa grammatika qoidalariga to`la rioya qilingan bo`ladi. Badiiy asar tilida fikrning ta'sirchan bo`lishi asosiy maqsad qilib qo`yilsa, ilmiy asarlarda fikrning mantiqan ishonchli bo`lishiga e'tibor qaratiladi. She'riy, nasriy asarlarda fikrning hissiy ta'sirchan bo`lishiga erishish uchun gap qurilishiningintonatsiya, parallelizm, takror, anafora, inversiya, antiteza, ritorik murojaat, ritorik so`roq kabi ifoda usullari qo`llaniladi. Intonatsiya lotincha intonare so`z bo`lib, "qattiq talaffuz etish" degan ma'noni bildiradi. U so`zlovchining, asar muallifining hodisaga munosabatini anglatuvchi ifoda vositasi sanaladi. Badiiy asarda intonatsiyani turli tinish belgilari, misralarning joylashish tarzi bildirib turadi. Parallelizm ikki yoki undan ortiq narsa-hodisani yonma-yon qo`yish orqali mazmunni yorqinlashtirish uslubi sanaladi. Unda narsa-hodisalar bir-biri bilan muqoyasa qilinadi yoki zidlashtiriladi. Ushbu yo`l bilan fikr aniqlashtiriladi, uning ta'sirchanligi kuchaytiriladi. Parallelizm yunoncha parallellos so`z bo`lib, "yonma-yon boruvchi" degan ma'noni bildiradi. Parallelizmlar mazmunan teng yoki bir-biriga yaqin hodisalarning qiyoslanishi, o`xshatilishi, qarama-qarshi qo`yilishi, talaffuzda bir xil ohangdorlikka asoslangan bo`lishi (intonatsion parallelizmlar) va boshqa ko`rinishda bo`lishi mumkin. Radiflar ham parallelizmning o`ziga xos ko`rinishi sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Albatta, bunda misralarda fikr mazmuni o`xshash yoki bir-biriga yaqin hodisalarni ifoda qilishi lozim. Takror parallelizmga yaqin tasvir usuli hisoblanadi. Matnda u aniq ko`rinib turadi. Chunki takror ayrim so`z, iboralarning ma'lum bir tartib asosida qayta-qayta qo`llanishidir. Takror muayyan maqsadga muvofiq qo`llanadi. Takrorning anafora, epifora, misralar takrori singari ko`rinishlari bor. Anafora yunoncha anaphor so`z bo`lib, "yuqoriga ko`tarilish" degan ma'noni bildiradi. Bunda bir xil so`z yoki so`z birikmasi she'r misralari boshida aynan bir xil tarzda takrorlanib keladi.
Qaysi bir ozorin aytay jononima ag`yorning, Qaysi bir og`ritganin ko`nglimni dey dildorning. (Bobur) Takrorning ham barcha ko`rinishlari mazmunni kuchaytirish, fikrni ta'sirchan qilishga qaratilgan bo`ladi. Anafora, inversiya uning ana shunday ifoda usullari hisoblanadi. Inversiya lotincha inversi so`z bo`lib, "o`rin almashtirish" degan ma'noni bildiradi. Bunda gap bo`laklari grammatika me'yorlari tartibidan farqliroq tarzda qo`llanadi. Inversiya ta'kidlanmoqchi bo`lgan fikrga mantiqiy urg`u berish, uni kuchaytirish, ta'sirchanligini oshirish maqsadida qo`llanadi.
Ko`p jahongir ko`rgan bu dunyo, Hammasiga guvoh yer osti. Lekin, do`stlar, she'r ahli aro Jahongiri kam bo`lar rosti (Abdulla Oripov) Grammatik me'yorga amal qilinadigan bo`lsa, bu misralar "Bu dunyo ko`p jahongir ko`rgan..." tarzida yozilishi kerak edi. Antiteza ham fikr ta'sirchanligini oshirish maqsadida qo`llanadigan ifoda usullaridandir. U qarama-qarshi fikrlarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Menga nomehribon yor o`zgalarga mehribon ermish, Mening jonim olib, ag`yorga oromijon ermish. (Alisher Navoiy)
Menga nomehribon – o`zgalarga mehribon. Bu zid tushunchalardir. Ritorik murojaat tantanavorlik, ko`tarinkilik yoki kesatish, kuchli g`azab, nafratni ifodalash uchun qo`llanadigan xitob shaklidagi ifoda usulidir. Ritorik so`roq esa fikrni so`roq shaklida ifodalashdir. Biroq u odatdagi savol singari emas. Unga javob qaytarmaslik mumkin. Ritorik so`roq his-hayajonni kuchaytirish uchun beriladi. Badiiy asar tilida bu kabi tasviriy vositalar, ifoda shakllari ko`p. Ularning barchasi mazmunning ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Omonim, sinonim, antonim, ko`chim, istiora, metonimiya, allegoriya, sinekdoxa, anafora, antiteza, inversiya kabilar badiiy asar matnida aralash holda, bir-biriga bog`liq tarzda yoki alohida-alohida shaklda namoyon bo`ladi. Ular mazmunni ta'sirchan qilishga, qahramonlar ruhiy olamini yorqin gavdalantirishga yordam beradi. Nihoyat, navbatdagi masala — «badiiy til», «adabiy til» va «milliy til» munosabati. Ma`lumki, umumxalq tili (milliy til) deganda o`zbek tilida so`zlashuvchilarning barchasi — yashash hududi, ijtimoiy tabaqaga mansubligi, mashg`ulot turi va h.k. qat`i nazar foydalanadigan til tushuniladi. Adabiy til deganda esa umumxalq tilining grammatik, imlo va orfoepik jihatlardan me`yorlashtirilgan shaklini tushunamiz. Badiiy til umumxalq tili bazasida shakllanadi va qisman adabiy til me`yorlariga yaqinlashadi. Shu bilan birga, badiiy til adabiy til me`yorlaridan o`rni bilan chekinadi (mas., shevaga xos unsurlarning ishlatilishi). Badiiy til o`zida milliy adabiyotimizda uzoq davrlardan beri shakllanib kelgan an`analarning davomchisi sanaladi va shu bois ham unda uning o`zigagina xos bo`lgan unsurlar (an`anaviy sifatlashlar, ramz va majozlar, o`xshatishlar va h.k.) majmui ham mavjuddir. Badiiy asar tili bilan ilmiy asar tili ba`zi jihatlarga ko`ra farqlanadi. Mantiqiy va badiiy tafakkurning o`zaro mushtarak xususiyatlari bilan birga, jiddiy farqli jihatlari ham bor. Ikkovida ham inson, voqelik, ularga dahldor hodisa, holat, jarayon aks etadi va ular haqida ma`lumot beriladi. Shular xususidagi fikr, tushunchalar ifodalanadi. Mantiqiy tafakkurning o`ziga xos xususiyati shundaki, bunda har bir fikr, tushuncha bir-biri bilan o`zaro mustahkam bog`lanishda bo`ladi va keyingisi avvalgisining ehtiyojidan kelib chiqadi. Mulohaza va hukm qat`iy izchillik asosiga quriladi. Mantiqiy tafakkur ma`lumot beradi, dalillaydi. Badiiy tafakkur esa voqelikni, ijtimoiy turmushni, asosan, insonni uning ruhiyatini badiiy obrazlar vositasida aks ettiradi. U hayotni, insonni qanday bo`lsa shundayligicha aks ettiribgina qolmaydi, balki nafosat, muhabbat, xohish, orzulardan kelib chiqib ularni qayta yaratadi va hatto boyita oladi. Demak, mantiqiy tafakkurning asosiy xususiyati aniq tushunchalar, ma`lumotlar, dalillar, isbotlar, xulosalar orqali fikr yuritishda bo`lsa, badiiy tafakkurning asosiy xususiyati obrazlar, badiiy san`at, tahayyul vositasida fikr yuritishda namoyon bo`ladi. Mantiqiy tafakkur ko`proq ma`lumot, e`tirof, ilm, fan uchun xos bo`lsa, badiiy tafakkur badiiy adabiyot uchun xosdir. Demak, ilmiy asar mantiqiy tafakkurga, badiiy asar esa badiiy tafakkurga tayanishi bilan bir-biridan farqlanadi. Hayot fanda ilmiy abstrksiyalar, axborotlar tarzida aks etsa, adabiyotda u badiiy obraz qiyofasida gavdalanadi. V.G.Belinskiy ta`biri bilan aytganda “Fan nima bo`lganini tushuntirsa, adabiyot qanday bo`lganini tasvirlaydi”. San`atning obraz vositasida fikrlashi uning spitsifik xususiyatidir. Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafakkur bir-biridan farqlanadi. Bundagi farqni yorqinroq tasavvur etish uchun badiiy asar bilan ilmiy asarni qiyoslab ko`rish mumkin.
Download 125.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling