Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari
Voyaga yetmagan huquqbuzarlar shaxsining individual-psixologik xususiyatlari
Download 82.69 Kb.
|
diss (2)
1.2. Voyaga yetmagan huquqbuzarlar shaxsining individual-psixologik xususiyatlari.
Voyaga yetmaganlar shaxsiyati hali to`liq shakllanib bo`lmaganligi bilan ajralib turadi. U o`zi sodir etgan noqonuniy qilmishning mohiyatini ko`p hollarda to`liq anglab yetmaydi ham. Bundan tashqari, yoshga bog`liq bo`lgan qiziqqonlik, o`zini tuta olmaslik kabi boshqa xususiyatlar tufayli ham o`spirin noqonuniy harakatga katta yoshli insonga nisbatan tezroq qo`l urishi mumkin. Shu bilan birga, voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo maqsadlariga davlat tomonidan qo`llanadigan qat`iy choralarni qo`llamay turib ham erishish mumkin. Shuning uchun, teng sharoitda voyaga yetmagan jinoyatchi shaxsiga xuddi ana shu jinoyatga qo`l urgan katta yoshli shaxsga nisbatan birmuncha yengilroq tarzda kriminologik holatini maqsadga muvofiqdir. Shaxsning alohida ijtimoiy tipini ajratish uchun asos bo`ladigan shaxsiy xususiyatlar mavjudligi to`g`risidagi masala qizg`in bahslarga sabab bo`lib kelmoqda. Ayrim mualliflar fikriga ko`ra, jinoyatchi shaxs sifatida boshqa odamlardan ajralib turadi,8 ayrim mualliflar esa, asosan jinoyat sodir etish paytida shaxsning shart-sharoit bilan o`zaro ta`siriga ishora qiladi . 9 Jinoyat sodir etuvchi voyaga yetmagan shaxsining tipini aniqlashda ayrim metodologik va metodik qoidalarni e`tiborga olish lozim: Birinchidan, bu yerda tipning ijtimoiy tabiati to`g`risida so`z yuritiladi, shu bois aynan insonning “shaxsi, ijtimoiy qiyofasi” uning oktogenozi jarayonida o`rganiladi; Ikkinchi, ko`rib chiqilayotgan shaxs tipi u o`ziga xos bo`lgan odamlarning barqaror ijtimoiy belgilangan xususiyatlarining mavjudligini ifodalagan taqdirdagina ahamiyat kasb etadi. Bu xususiyatlar jinoiy xulq-atvor fakti bilan emas, balki uning imkoniyati bilan belgilanadi. Mazkur imkoniyat faqat muhit bilan o`zaro aloqada yuzaga chiqadi. Shu bois mazkur shaxs tipining tarqalganlik darajasi jinoyat sodir etuvchi shaxslarning tarqalganlik darajasiga mos kelmasligi mumkin. U qonunda belgilangan tartibda jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan barcha shaxslarni qamrab olmaydi. Shu sababli deyarli barcha tadqiqotchilar asosan shart-sharoit ta`sirida jinoyat sodir etuvchi “tasodifiy jinoyatchi” tipini farqlaydi. Binobarin, kriminogen shaxs tushunchasi boshqa shaxs tiplari bilan taqqoslaganda tegishli shart-sharoitda jinoiy xulq-atvor yuz berish ehtimoli katta bo`lgan muayyan ijtimoiy tipni ifodalashi mumkin. Bunday ehtimol faqat ijtimoiy muhit bilan o`zaro ta`sirga kirishish natijasida ro`yobga chiqadi va shundan keyin, ya`ni jinoyat sodir etilganidan so`nggina kriminogen shaxsning ijtimoiy tipini ifodalovchi shaxs jinoyatchiga aylanadi. Shaxs kriminogen xususiyatga ega ekanligini aniqlash uning ijtimoiy muhitini sog`lomlashtirish, shaxsga zarur ijtimoiy yordam ko`rsatish, unga nisbatan tarbiyaviy-profilaktik ta`sirni kuchaytirish uchun asos bo`ladi. Tayinlanadigan jazo sodir etilgan qilmishning xususiyatiga mos kelishi lozim; Uchinchi, u yerda aynan tip nazarda tutiladi, shu bois jinoyat sodir etuvchi shaxslarda kriminogen shaxs tipining jihatlari har xil darajada mujassamlashishi mumkin; To`rtinchi, bu yerda jinoiy xulq-atvor bilan bevosita bog`liq bo`lgan xususiyatlar to`g`risida so`z yuritilishi lozim. Kriminogen shaxsning jinoyatchi bo`lmagan shaxsdan farqi aynan jinoiy xulq-atvor bilan bog`liq; Beshinchi, voyaga yetmagan kriminogen shaxs o`ziga xos kriminologik ahamiyatga ega bo`lgan xususiyatlar majmuini o`zida mujassamlashtirgan alohida hodisa. Odamlar xulq-atvori, faoliyati pirovard natijada shaxsning barcha o`ziga xos xususiyatlari “ishi”ning yakuni hisoblanadi. Jinoyatchi shaxsi faqat bir o`ziga xos xususiyatga ega bo`ladi, deb o`ylash to`g`ri bo`lmaydi. Voyaga yetmagan shaxs mikromuhitining tavsifini, uning jinoyat sodir etishdan oldingi xulq-atvori haqidagi ma`lumotlarni, ongning mazmun tomoni xususiyatlarini hisobga oluvchi kompleks mezonga asoslanib, qasddan jinoyat sodir etuvchi o`smirlarning uch tipi: izchil kriminogen, situativ kriminogen va situativ tiplari qayd etilgan. Izchil kriminogen tip. Ushbu tip vakillarining jinoiy xulq-atvori odatdagi xulq-atvor tarzidan kelib chiqadi va subyektning qarashlari, ijtimoiy mo`ljallari 31 va moyilliklari bilan belgilanadi. Odatda, mazkur shaxs jinoyat sodir etish vaziyatidan nafaqat foydalanadi, balki uni faol yaratadi. Ushbu tip vakillari zarur holda muayyan muhitni o`zlariga “moslashtirish”ga qodirlar. Ularning jinoiy xulq-atvori izchil kriminogenlik shakllangan bosqichdan boshlab nisbatan erkin xususiyat kasb etadi. Vaziyatga bog`liq kriminogen tip. Ziddiyatli mikromuhit da shakllanadi va faoliyat olib boradi; jinoyat ko`p jihatdan uni sodir etishning ma`naviy va huquqiy nuqtai nazardan salbiy holati bilan belgilanadi. Ayni holda shaxs va ijtimoiy muhitning o`zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu shaxsni jinoyatga u qo`shilgan mikromuhit, uning oldingi turmush tarzi olib keladi. Vaziyatga bog`liq tip. Mazkur shaxs ongi va xulq-atvorining, shuningdek u qo`shilgan mikromuhitning axloqqa zid unsurlari ahamiyatsizdir. Jinoyat mazkur shaxs aybi bilan yuzaga kelmagan, uning uchun ma`lum darajada g`ayrioddiy va boshqa subyektlar bilan birgalikda axloq va huquq normalarini buzish bilan bog`liq bo`lgan vaziyatning hal qiluvchi ta`siri natijasida sodir etiladi. Voyaga yetmagan jinoyatchilarning aksariyati aralash tipga mansub, ayniqsa, agar ular kriminogen mikromuhitda uzoq vaqt yashagan va g`ayrihuquqiy qilmishlar sodir etuvchi shaxslar bilan yaqin aloqa qilgan bo`lsa, shuningdek, Voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklarini o`rganishdan shu kelib chiqdiki, voyaga yetmaganlar ko`p hollarda katta yoshli shaxslarning bosimiga bo`ysunib jinoyat sodir etadilar. Bunday voyaga yetmaganlarning ko`pchiligi inkor sifatlarda, ya`ni dangasalik, beboshlik, mas’uliyatsizlik, konforizm, agressivlikda namoyon bo`ladi. O`ziga xosligi bilan ajralib turgan voyaga yetmaganlarning shakllantirishda oilaviy sharoitlar, oila a`zolari yoki qarindoshlarning alkogolizmga berilib ketishi, ularning axloqsizligi katta ta`sir ko`rsatadi. Biroq, kamroq vaziyatlarda voyaga yetmagan shaxslarni jinoyat sodir etishda ularni sevgan, jami yaxshiliklarni tilagan shaxslar, pedagogik madaniyatga etarli darajada bo`lmagan ota-onalar ham sababchi bo`lishlari mumkin. Tarbiyasi og`ir bo`lgan shaxslar uchun o`qishni inkor etish tabiiy xoldir. Ularning ko`pchiligi jamoada o`zlariga nisbatan salbiy munosabatlarda bo`lgan insonlar bilan munosabatlarga kirishadilar. Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy qarama-qarshilikda yuzaga kelagan axloqiy harakatlari birinchi navbatda tashqi ijtimoiy muhitda, shuningdek individual xususiyatlar orqali hayotiy omadsizlikda kuzatiladi. O`tish davri (11-15 yosh) biologik jihatdan bosh mezon bo`lib hisoblanib organizmning boshqa biologik tizimlari shu davr oralig`ida shakllanib boradi. O`tish fazasining ijtimoiy davomiyligi-bu birlamchi ijtimoiylashuvning davomiga to`g`ri keladi. Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy mavqei bolalik davridan farq qiladi. Psixologik jihatdan qaraganda ular qarama-qarshidir. O`smir yoshi (14-18 yosh) o`zida “uchinchi dunyo”ni aks ettirib bolalik va katta yosh davri oralig`idagi biologik jihatdan jismoniy o`zgarishlarni (ularning tug`ullanganlik darajasini) nazarda tutadi. Bu vaqt mobaynida ularning psixik rivojlanishi avjiga chiqadi. Huquqiy axloq normalarining shakllanishi 14-16 yoshlarda nihoyasiga etadi. Bu vaziyat qisman jinoiy ma`suliyatni sezgan yoshdan boshlab (14 yoshda) jinoiy javobgarlikni sezish davrigacha etib boradi (16 yoshda). Tarbiyasi og`ir bolalarning ongi va xatti-harakatiga ikkita muhit katta ta`sir ko`rsatadi: Birinchisi-oila, maktab va mehnat faoliyati, ikkinchisi-ko`cha, xovli, norasmiy tenqurlar guruhi. Tarbiyasi og`ir bolalar deganda turli pedagogik faoliyatda mavjud bo`lgan qarama-qarshi fikrlar, turli sabablarlarga ko`ra pedagogik va ijtimoiy himoya masalalarini hal etish bilan bog`liq bo`lgan muammolar tushuniladi. Katta yoshdagi insonlar, ota-onalar va o`qituvchilar orasidagi munosabatlarning salbiy oqibatlari balog`at yoshiga yetmagan bolalarning hayotida ham o`z aksini topadi. Kattalarning pand-nasihatlari o`smir yoshidagi bolalarda kuchli tanqidiy qarashlar bilan duch keladi va ahloqsiz munosabatlarni keltirib chiqaradi. Balog`at yoshidagi bolalarning xulqida paydo bo`lgan salbiy oqibatlarni o`rganishda biologik holatlarning ta`siri katta, albatta. Biroq tibbiy xodimlarrning 33 natijalari har vaqt ham to`g`ri xulosalarga olib kelmaydi. Chunki tarbiyasi og`ir bolaning xulqida ijtimoiy nuqtai nazardan ahamiyatga molik bo`lgan belgilari, ya`ni uning shakllanayotgan xarakteri, turli psixologik jarrohliklar, maktabdagi muhiti, nasliy nuqsonlar (ota-onaning alkogol va narkotik moddalarni iste`mol qilishi)ni uning psixofiziologik rivojiga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir ko`rsatadi. Bularning qatoriga asab kasalliklarga duch kelgan aqli zaif bolalar (imbitsil va detsibil)ning ijtimoiylashuvini ham tilga olish zarur. Tadqiqot natijalari shuni ko`rsatadiki, oligofren bolalar o`rtasida sodir etilgan jinoiy ishlarning aksariyati salbiy oqibatlarga olib keladi. Chunki, aynan bunday fiziologik jihatdan zaif bolalarning ijtimoiy hayotga moslashuvi o`ta og`ir kechishi, nomaqbul sharoitlarda kattalar yoki tajribasi yuqori bo`lgan jinoyatchilar ta`siri ostida ko`rko`rona ularni qo`llarida qurolga aylanadi. Bunday hodisalardan yiroq bo`lish uchun oilaviy muhitning ta`siri juda ham katta ahamiyatga ega. Oilada ota-onalarning o`zaro munosabatlari o`smirlarning psixologik va jismoniy jihatdan voyaga yetishiga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Bolalarni haddan ziyod erkalash ham ijobiy natijaga olib kelmaydi va eng asosiysi, hayotiy qiyinchiliklarni yengib o`tishlariga to`sqinlik ko`rsatadi. O`smirlar hayotida nizoli vaziyatlarning paydo bo`lishi ko`p hollarda o`zining imkoniyatlarini noto`g`ri baholashiga olib keladi. Xulqiy normalarga asoslangan xatti-harakatlar, o`smirlarni favqulotdagi vaziyatlarda o`zini tutishiga sabab bo`ladi. Ba`zi tadqiqotchilarning fikricha past darajadagi xulqga ega bo`lgan bolalar yuqori darajadagi tanqidlar ostida o`zlarining ijobiy xislatlarini namoyon eta olmaydilar. Balog`atga yetmagan o`spirinlarda huquqbuzarlik holatlari ko`pincha guruhga qo`shilib jinoyat sodir etish holatlari kuzatiladi. Guruh tarkibida ular o`zlarining tajribalarini oshirib o`zining jinoiy faoliyatini davom ettirishga tayyor bo`ladilar. Bu o`rinda shuni takidlash lozimki, o`smirlar orasida oxirgi vaqtlarda jinoyatning turli shakllari, avval kattalar ishtirokida yuz bergan jinoyat holatlari kuzatilmoqda. Bularga narkotik va qurol-yaroq savdosi, tadbirkorlar o`rtasida uyushtirilgan jinoiy holatlar, garovga odam olish, turli ko`rinishdagi yirik 34 o`g`riliklar, hayoti va sog`ligiga suiqasd qilish, kompyuter jinoyatlari, yashab turgan muhitidagi reket haraktalari keng tarqalgan. Jinoiy xulq-atvorga ega bo`lgan voyaga yetmaganlar tahlilidan ko`rinishicha ma`lum bo`ldiki, 4 turli huquqbuzarliklar jamiyat uchun xavfli unsurlarni vujudga keltirishi mumkin: a) istalgan umumiy yo`nalishga qarama-qarshi yo`naltirilgan harakatlar; b) umumiy shaxsiy yo`nalganligi to`g`ri bo`lmagan vaziyat nuqtai nazaridan qaralganda birmuncha yengil harakatlar; v) vaqt o`tishi bilan jinoiy huquqning namoyon bo`lishi va h.k. g) jinoiy harakatlarni o`rnatish, faol jinoyatlarni yo`lga quyish, shuningdek, ijtimoiy hayotga zid bo`lgan munosabatlarni amalga oshirish. Keltirilgan tipologiya o`smir va o`spirinlarning huquqbuzar xulqining asosini tashkil etadi, ularning ijtimoiy salbiy qirralarini, zaiflashgan ongini namoyish etadi. Maqbul bo`lmagan tashqi sharoitlarning natijasi o`smir va o`spirinlarda tarbiya mezonlarinig murakkablashuviga olib keladi. Bunday vaziyatlar ota-onalarning maqbul bo`lmagan munosabatlaridan, oiladagi munosabatlarning inqirozidan, maktab va oiladagi noto`g`ri tarbiyadan yuzaga kelishi mumkin. Biroq ba`zi hollarda salbiy xulqli ota-onalarning farzandlari xulqi yaxshi bo`lgan holatlar ham kuzatilgan. Masalan, ko`p alkogol ichuvchi ota-onalarning farzandlari spirtlarni umuman iste`mol qilmaslikligi, aynan shunday ichkilikka ruju quygan oilalarning farzandlari odobli va esli-hushli bo`lib voyaga etishi mumkin. Voyaga yetmagan qonunbuzarlarning tarbiyasi o`z-o`zidan shakllantirmaydi. Uning o`zi bunday tarbiyani shundayligicha qabul qilishi yoki aksincha u bilan kurash olib borishi mumkin. Shunday noma`qul sharoitlar bilan kurashish natijasida o`smir yoshidagi shaxslarda ijobiy sifatlar namoyon bo`ladi. O`smir yoshi-10-15 yosh davlarni o`zida aks etib biologik nuqtai nazaridan “o`tish davri” bo`lib hisoblanadi, chunki bu yosh yosh oralig`ida jinsiy ulg`ayish, fiziologik o`zgarishlar namoyon bo`ladi. Bu yoshdagi eng muhim tuyg`u “katta” bo`lganligi, ulg`ayganligini anglab yetishi. U nihoyatda sezuvchan, ruhiy tomondan tez asabiylashgan, o`zgarishlarga e`tibor qaratadigan yosh davridir. 14-18 yoshda jinsiy ulg`ayganlik o`z yakuniga yetadi va ilk bor ishlab chiqarish mehnatiga qadam qo`yadi. Bu yoshda ularning ijtimoiylashuvi oxirgi bosqichga chiqadi. Ular huquqiy va axloqiy jihatdan huquqiy normalarga rioya qilishlari, qonun oldida javobgarlik xissini sezishi namoyon bo`ladi. J.I.S. Vigotskiy yosh davrlariga e`tibor berar ekan unda yuzberadigan “inqirozli” holatlarini alohida ta`kidlab o`tadi. Ushbu inqiroz davrlari: 1 yoshda; 3 yoshda; 7 yoshda; 13 yoshda namoyon bo`lar ekan. Nima uchun o`smir yoshga tegishli davr - “qiyin” davr bo`lib hisoblanadi? Birinchidan, organizm va jinsiy ulg`ayganligining rivojlanishi bir tekisda emasligi (masalan, uzun bo`y va kichiq bosh qobig`i, ko`krak qafasining torligi, qo`l-oyoqlarning uzunligi), yurak tomir tizimidagi disproporstiyalar o`smirga katta ta`sir ko`rsatadi. Ikkinchidan, yurak-tomir tizimi bir tekisda emasligi sababli qon-tomirining urushi (qon bosimi) yuqori bo`lishi, boshning tez-tez og`rib turishi, gallyustinastiyalarning paydo bo`lishi, his tuyg`ularining mustahkam emasligi nizolarni keltirib chiqarishini takidlab o`tish lozim. Muloqotga bo`lgan ehtiyoj va hayotda o`z o`rniga ega bo`lish va mustaqil fikr yuritish faqat yaxshi sharoitda va ijtimoiy foydali faoliyat asosida yuzaga kelishi mumkin. Bunday sharoitlar yo`q bo`lsa, o`zining haqligini isbotlash har qanday harakatlarni amalga oshirishga intiladi va ehtiyojlarini qondiradi. Agarda intilishlari amalga oshmasa, ijtimoiy nomalarga zid bo`lgan xulqi orqali bo`lsada uni namoyish etishga harakat qiladi (ichish, chekish, qo`pol so`zlashish, bezorilik qilishni orali). Narkotik moddalar, spirtli ichimliklar iste`mol qilish insonning yoshlik davridanoq namoyon bo`ladi. Buning sababi ideallarning yo`qligi, real hayotda o`zining o`rniga ega bo`lmasli, o`zining imkoniyatlaridan foydalana olmasligidan dalolat beradi. “Inqiroz” davridan osonlikcha chiqishi va qiyinchiliklardan o`zini xalos qilishi uchun o`smir narkotik moddalar va alkogolizm illatiga berilib ketadi. Narkotik orqali u xayolparast bo`ladi. U narsalar uning yuragiga malhamdek ta`sir ko`rsatadi. ruhiy osudalik baxsh etadi. Odamlarni narkotik moddalar bilan ta`minlash jarayonini narkobiznes ishida ishtirok etgan odamlar boshqaradi va katta manfaatlar yo`lida qonunga xilof ishlarga qo`l uriladi. O`smirlarning sog`lom ijtimoiy hayotga zid bo`lgan xulqini o`rganish uchun ko`plab tadqiqotlar o`tkazilgan. Masalan, psixiatr A.E.Lichko o`smir yoshdagi bolalarning norma va normada bo`lmagan xarakterini va uning belgilarini o`rganib chiqqan. Tadqiqotchini ko`proq o`smir xarakteridagi egatologiya, aniqrog`i psixopatiya holatlari qiziqtirgan. Uning nuqtai nazari bo`yicha o`smir yoshidagilarning xarakteri 11 ta turdagi imkoniyatlariga ega bo`lib, ularning har xil sharoitlardagi ko`rinishlari ijtimoiy normalarga zid xulqiga olib kelishi mumkin ekan. O`smir yoshidagi bolalarning ijtimoiy normalarga zid keladigan xulqi asosida yuzaga kelgan xarakterni pedagogik jihatdan yaxshilash (pedagogik tomonidan tuzatish) uchun ularning har biriga individual yondoshishni talab etadi. Download 82.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling