Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari


II bоb. Voyaga yetmagan huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalarini o‘rganishning ahamiyati


Download 82.69 Kb.
bet10/12
Sana17.12.2022
Hajmi82.69 Kb.
#1026130
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
diss (2)

II bоb. Voyaga yetmagan huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalarini o‘rganishning ahamiyati.
2.1. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarlarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik omillari.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish bo`yicha, avvalo, davlatning roli eng ustuvor poydevor sifatida e`tirof etilib, bu boradagi g`amxo`rlik davlat siyosati bilan uzviy amalga oshiriladi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish davlat siyosati deganda, davlatning siyosiy qaror qabul qilish yo`li bilan bu toifadagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek aniq maqsadlar hamda vazifalarni hayotga tatbiq etish, ushbu yo`nalishda tashkiliy ishlarni kompleks ravishda amalga oshirishni ta`minlashdagi maxsus faoliyati tushuniladi.
O`zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish ishlarida davlat siyosatining ahamiyati bu borada huquqiy bazani mustahkamlash va shu yo`l bilan turli amaliy tadbirlarni olib borishga e`tibor qaratildi. Normativ-huquqiy asosning yaratilishi voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni ijtimoiy oldini olishning yaxlit tizimini ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qildi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish siyosatini ishlab chiqishda “Bola huquqlari to`g`risida”gi Konvensiya (1989 y.), “Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilikning oldini olish bo`yicha BMT rahbariy tamoyillari” (Ar-Riyod rahbariy tamoyillar 1980-y.) va boshqa bir qator xalqaro huquq normalariga muvofiq tashkil etilgan. Xususan, qonunchilikni shakllantirish borasida yoshlarga bo`lgan ilk e`tibor sifatida 1991-yil 21-noyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan bo`lgan bo`lsa, ushbu islohotlarning samaradorligini oshirishni maqsad qilib 2016-yil 14-sentabr kuni yangi tahrirda O`zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to`g`risida”gi O`RQ-406-son qonuni qabul qilinishi bo`ldi.18 Ushbu qonunda yoshlarga oid siyosat O`zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor 38 yo`nalishi bo`lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo`lida imkon boricha to`la-to`kis ro`yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat ekanligi qayd etilgan. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Konsitustiyasining 45- moddasida voyaga yetmaganlar huquqlari davlat himoyasida ekanligi mustahkamlangan. Bundan tashqari, mehnat qonunchiligida voyaga yetmaganlar mehnati uchun o`ziga xos qulayliklar yaratilgan bo`lsa, oila, fuqarolik, ta`lim va boshqa o`nlab shu kabi qonunchilikda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kelib chiqishiga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi omillarga qarshi normalarning kiritilishi bu boradagi ishlarda davlat e`tiborining namunasi hisoblanadi. Masalan, o`z majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarning huquqlarini mahrum qilish, vasiylik, homiylik kabi normalar o`ziga xos ahamiyatga egadir.
Shu bilan birga, sohada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish uchun hukumat qarorlarining ham o`rni beqiyosdir. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida”gi 360-sonli qarori muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qarorning qabul qilinishi natijasida sohada olib borilayotgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tarilganligini ko`rish mumkin.
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining oldini olish, jinoyatchilik va jamiyatda sodir etilayotgan boshqa salbiy xatti-harakatlarga qarshi kurashni kuchaytirishga qaratilgan aniq vazifalarning belgilab berilishi, ayniqsa davlat va nodavlat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirilishi, ularning yaxlit bir tizim sifatida faoliyat yuritishi natijasida voyaga yetmaganlar manfaatlarining ta`minlanishida muhim o`rin egalladi. Shu bilan bir qatorda, xorijlik ekspertlar tomonidan O`zbekiston Respublikasida sohada olib borilayotgan davlat siyosatining samaradorligi yildan-yilga ortib borayotganligi va o`smirlar muhitida jinoyatchilikning boshqa davlatlarga nisbatan keskin kamayib borayotganligi qayd etilgan. Xususan, YUNISEF xalqaro tashkilotining O`zbekistondagi vakolatxonasi rahbari R.Xosayinining ta`kidlashicha, YUNISEF xalqaro tashkiloti tomonidan Sharqiy Yevropa va MDX davlatlarida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi tahlil qilinganda O`zbekistonda sodir etilayotgan jinoyatchilik MDX davlatlariga nisbatan eng past darajada ekanligi qayd etilgan. Xususan, birgina 2004-yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar (2000-yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 2991 ta jinoyatlar sodir etilgan) Qozog`iston Respublikasiga nisbatan 6 marotaba, Rossiya Federastiyasiga nisbatan 15 marotaba past darajada ekanligini bildirgan. 19
Bundan tashqari, ushbu yo`nalishda olib borilayotgan davlat siyosatining samaradorligi oshishiga yana bir sabab oila, mahalla va o`quv muassasalari hamkorligi konsepsiyasiga amal qilinayotganligi natijasi deb e`tirof etish mumkin. Shu jumladan, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi yildan-yilga kamayib borayotgan bo`lsada, ayrim turkumdagi jinoyatlar yildan-yilga ko`payib bormoqda, ba`zi holatlarda esa, jinoyatchilik umumiy miqdori kelgusi yilga nisbatan ortib ketmoqda. Alohida ta’kidlab o`tishimiz joiz bo`ladiki, O`zbekison Respublikasida voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishda davlat va jamoat idoralarining o`rni ancha muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish muammosini samarali hal etishda davlat va jamoat idoralari o`zlariga berilgan vakolat doirasida samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Davlat va jamoat idoralari zimmasiga voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining mavjud bo`lishi va keng tarqalishiga olib keluvchi omillar, ya`ni jinoyatchilik sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, tarbiyasi og`ir voyaga yetmaganlarga alohida yondoshuv asosida ta`lim tarbiya berish va shunga o`xshash vazifalarni amalga oshirish yuklatilgan.
Jinoyatchilikning oldini olish faoliyatining vazifalari, vakolatlari va mazmuniga qarab unda ishtirok etadigan davlat va jamoat tashkilotlarini quyidagicha klassifikastiyalanadi:
• umumiy vakolatli organlar;
• ixtisoslashmagan organlar;
• qisman ixtisoslashgan organlar;
• ixtisoslashgan organlar.
O`zbekiston Respublikasi parlamenti va ijroiya hokimiyati jinoyatchilikning oldini olishning umumiy vakolatli organi hisoblanadi. Xususan, parlament qonunlar chiqarish yo`li bilan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga ta`sir etadi. O`z navbatida, ijro hokimiyati esa yagona davlat siyosatini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishda ommaviy axborot vositalari, madaniyat va sport muassasalari, mehnat va ijtimoiy ta`minot idoralari va boshqalar jinoyatchilikning oldini olishning ixtisoslashmagan subyektlari hisoblanadi. Ular o`zlarining faoliyati davomida voyaga yetmaganlarning bo`sh vaqtlarini unumli tashkil etish hamda bandligini ta`minlashda ishtirok etadi va shu yo`l bilan voyaga yetmaganlar jinoyatini oldini olishga ko`maklashadi. Qisman ixtisoslashgan jinoyatchilikning oldini olish subyektlari jumlasiga ijtimoiy xizmat ko`rsatish , ta`lim, sog`liqni saqlash muassasalari, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish, nazorat-taftish va auditorlik tashkilotlari kiradi. Ushbu organlarni qisman ixtisoslashgan oldini olish organlari deb nomlashdan maqsad ular va ixtisoslashmagan tuzilmalar o`rtasidagi farqlarni ko`rsatishdir. Ixtisoslashmagan tuzilmalar jinoyatchilikning oldini olishga ma`lum darajada bog`liqdir, ammo ushbu masalalar jinoyatchilikka qarshi izchil kurash olib boruvchi tegishli organlar murojaat qilganidan keyingina yoki ishlovchilar muhitida huquq-tartibot va xavfsizlikni ta`minlash munosabati bilan vujudga keladi va ular tomonidan hal qilinadi.
Huquqni muhofaza qilish organlari jinoyatchilikni oldini olishning ixtisoslashgan subyektlari hisoblanadi. Ular jinoyatchi, jinoyatga moyil va huquqbuzar o`smirlar bilan to`g`ridan-to`g`ri tarbiyaviy-ogohlantiruv va profilaktika ishlari ularning asosiy, ustuvor vazifalari jumlasiga kiradi. Bular sud, prokuratura, ichki ishlar, adliya organlari va boshqa muassasalardir. Ma`lumki, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga mas`ul bo`lganlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
• Davlatning vakolatli idoralari;
• Nodavlat-notijorat tashkilotlar;
• Oila.
Ularning barchasi voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyat sodir etish holatlarini oldini olish yuzasidan manfaatdor hisoblanadi. Davlat vakolatli idoralari mamlakat xavfsizligi nuqtai nazaridan manfaatdor bo`lsa, nodavlat-notijorat tashkilotlar jamiyat xavfsizligi yuzasidan, o`z navbatida oila esa, o`zining barqarorligi va bardavomligi bilan manfaatordir.
Shu o`rinda, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olishga mas`ul bo`lgan ayrim idoralar faoliyatiga alohida to`xtalish maqsadga muvofiqdir. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishda davlat organlarining o`rni o`ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiya va uning hududiy organlari bu boradagi ishlarni tashkil etishda birlamchi idora hisoblanadi. Voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning nazoratsiz, qarovsiz qolishi hamda ular o`rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqishi sabablari, shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini amalga oshirish;
- davlat idoralari, o`zini o`zi boshqarish organlari va va jamoat tashkilotlarining voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishi va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi vazirligining ixtisoslashtirilgan o`quv-tarbiya muassasalari va Ichki ishlar vazirligining muassasalarida voyaga yetmaganlarning saqlanishi, ularni o`qitish, tarbiyalash shart-sharoitlari ustidan nazoratni tashkil etish;
- voyaga yetmagan yoshlarning ongini, tafakkurini shakllantirish, yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ma`naviyat va ma`rifat ishlarini jonlantirish;
- jazoni ijro etish joylaridan ozod bo`lib kelgan yoki maxsus o`quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarni turar joy va ish bilan ta`minlashda yordam berish, shuningdek, voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish bo`yicha qonunda ko`zda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar o`z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar o`rtasida nazoratsiz qolishlar va huquqbuzarliklarning oldini olish organi hisoblanadi20. Komissiya tarkibiga xalq ta`limi, o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi, sog`liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, ichki ishlar, xotin-qizlar qo`mitasi, kasaba uyushmalari, nodavlat-notijorat tashkilotlar va boshqa muassasalarning vakillari kiritilgan. Hududiy komissiyalar ularga yuklatilgan vakolatlardan kelib chiqqan holda o`z faoliyatlarini 2 xil yo`nalish asosida amalga oshiradi:
Birinchi. Xalq ta`limi, sog`liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, madaniyat va sport, ichki ishlar organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning bolalar va o`smirlarni tarbiyalash, ularni joylashtirish, salomatliklarini mustakhamlash, voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquq buzilishlarining oldini olish, voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ikkinchi. O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 247-moddasiga muvofiq komissiyalar vakolatiga kiritilgan ma`muriy huquq buzilishlar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqadi. Hozirda mamlakatda hokimliklar huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha 216 ta komissiya ishlab turibdi, ularning tarkibida faoliyat ko`rsatayotgan mas`ul kotiblarning 193 nafari huquqshunos ma`lumotiga ega, jamoatchilik asosida komissiyalar ishiga 3 ming nafardan ziyod malakali mutaxassis jalb qilingan.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish ishlarida voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar bevosita mas`ul bo`lgan idora hisoblansa-da, lekin hududiy komissiyalarning faoliyati aksariyat hollarda bir qator kamchiliklar o`rin tutib kelmoqda. Xususan, hududiy komissiyalar o`z faoliyatlarini yetarli darajada tashkil etmaganligi bois 2015-yilda Respublika komissiyasi aralashuvi bilan mamlakat bo`yicha 292 nafar ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan, vasiylik va homiylik belgilanmagan bolalar aniqlanib, ularning buzilgan huquqlari tiklangan. Shu bilan bir qatorda, Respublika komissiyaning 2014-yil 25- fevraldagi yig`ilishida Toshkent shahar komissiyasi quyi komissiyalarga tashkiliy-uslubiy jixatdan rahbarlik qilish, ishni tashkil etish va rejalashtirishda jiddiy nuqsonlar mavjudligi sababli Chilonzor, Yangi hayot, Yakkasaroy, Bektemir, Shayxontohur, Mirzo Ulug`bek, Mirobod, Sirg`ali tuman komissiyalarida rejaviy tadbirlar to`liq bajarilmaganligi qayd etilgan. Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi bo`yicha ma`muriy ishlarni ko`rib chiqishda ham bir qator kamchiliklar o`rin tutib kelmoqda. Xususan, ma`muriy ishlarni ko`rish jarayonida belgilangan muddatga rioya qilmaslik, ko`rib chiqilgan ma`muriy ish yuzasidan komissiya qarorini chiqarish o`rniga bayonnoma asosida ish yuritilishi (masalan tarbiyasi og`ir voyaga yetmaganni profilaktik hisobga olish) va boshqa holatlar o`rin tutib kelmoqda.
Prokuratura organlari voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan nazorat amalga oshiruvchi, voyaga yetmaganlar o`rtasida sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini o`rganish hamda uni bartaraf etilishi yuzasidan zaruriy choralar ko`rish yo`li bilan amalga oshiradi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Bosh Prokurorining 2011-yil 14-iyundagi “Voyaga yetmaganlar haqidagi qonunlar ijrosi ustidan prokurorlik nazoratini yanada kuchaytirish to`g`risida”gi 27- sonli buyrug`ida ularning vazifalari qat`iy belgilab berilgan. Voyaga yetmaganlar to`g`risidagi qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazorati voyaga yetmaganlarni ijtimoiy va huquqiy muhofaza qilish, ularni tarbiyalash, ta`lim berish uchun mas`ul bo`lgan organlar tomonidan qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan iborat.
Ushbu sohada, ya`ni voyaga yetmaganlar to`g`risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratining predmeti bo`lib, vazirliklar, idoralar, davlat qo`mitalari, korxona, muassasa, tashkilotlar, hokimliklar, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan voyaga yetmaganlar to`g`risidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi, voyaga yetmaganlarni tarbiyasi, ularni ijtimoiy himoyasi bilan shug`ullanuvchi davlat idoralarining, shuningdek voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini olish, profilaktika bilan shug`ullanuvchi davlat organlari, shuningdek jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiruvchi organlar tomonidan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarining rioya etilishi kabi masalalar hisoblanadi.
Prokuratura o`zining jinoyatchilikning oldini olish borasidagi bevosita funksiyalarini bajarish bilan birga, davlat va mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari, boshqa nodavlat tashkilotlarining jinoyatchilikning oldini olish faoliyatini tartibga soluvchi qonun talablarining bajarilishini ham nazorat qiladi. Profilaktik funksiyalar surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan qonunlarning bajarilishini nazorat qilish jarayonida ham amalga oshiriladi. Ozodlikdan mahrum qilish joylari, jinoiy jazo va uning o`rniga tayinlangan choralarni ijro etuvchi boshqa organlar, shuningdek jazoni o`tayotgan yoki o`tab bo`lgan shaxslarni nazorat qilish va ularga ijtimoiy yordam ko`rsatish bilan shug`ullanuvchi organlarda qonunlarning bajarilishi ustidan nazorat ham restidiv jinoyatchilikning oldini olishga qaratiladi. Prokurorlarning voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilikni oldini olish faoliyati uning bu toifdagi ishlarni sudda ko`rilishida ishtirok etishi jarayonida ham amalga oshiriladi.
Jinoyatchilikning oldini olish turli shakllarda va turli aniqlangan usullar asosida amalga oshiriladi. Qonunning buzilish holatlari aniqlanganda prokurorning munosabati bildiriladigan vositalariga: mansabdor shaxslarning qonunga zid hujjatlari yoki qonunga xilof harakatlariga protest berish; qonunbuzarliklarni bartaraf etish haqida taqdimnomalar berish; jinoyat ishi, intizomiy ish yurituvi yoki ma`muriy huquqbuzarlik haqidagi ish yurituvini qo`zg`atish to`g`risida qaror chiqarish kabilar kiradi. Bugungi kunda prokuratura idoralarida nazorat funksiyasidan tashqari voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilikning oldini olishda davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda turli xil musobaqa va tadbirlarni muntazam o`tkazilishi o`zining ijobiy ta`sirini o`tkazmoqda. Bizning fikrimizcha, prokuratura idoralari faqatgina nazorat faoliyati bilan cheklanmasdan, balki turli xil tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtirokini kuchaytirishi zarur. Ichki ishlar idoralari voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishda bevosita mas`uliyatli idora hisoblanib, boshqa idoralardan farqli ravishda tarbiyasi og`ir voyaga yetmaganlar bilan to`g`ridan-tog`ri tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Xususan, voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalarning tegishli qarorlari, tergov idoralarining jinoyat sodir etgan, lekin javobgarlik yoshiga yetmagan voyaga yetmaganlarni profilaktik hisobga olish haqidagi qarorlari hamda sud idoralarining chiqargan qarorlari asosida ichki ishlar idoralari tarbiyasi og`ir voyaga yetmaganni profilaktik hisobga oladi va belgilangan reja (yillik, choraklik rejalar) asosida voyaga yetmaganning tarbiyasi, xulqq-atvori ustidan tegishli nazorat o`rnatadi. Mamlakatimizda tarbiyasi og`ir voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishda ichki ishlar idoralari bilan bir qatorda tarbiyachi pedagog biriktirish tajribasi yo`lga quyilgan bo`lib, lekin amalda ushbu tajribadan etarli darajada foydalanilmayapti. Bundan tashqari, ichki ishlar idoralarining inspeksiyalari xududda yashovchi ichkilikbozlikka ruju quygan, notinch oilalarni ham hisobga olib, profilaktika ishlarini amalga oshirish, jamoat tartibini saqlash yo`li bilan ham ishtirok etmoqda. Ichki ishlar idoralari xodimlari zimmasiga nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlarni (Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam berish markazlarida) ijtimoiy muhofazasini tashkil etish vazifasi ham yuklatilgan. Shuningdek, ichki ishlar idoralari Jinoyat prostessual kodeksida belgilangan bir qator jinoyat ishlari bo`yicha tergov harakatlarini amalga oshirish yo`li bilan o`ziga xos ta`sir doiraga egadir.
Bugungi kunda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosini hal etishga ichki ishlar idoralari voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo`linmalarining inspektorlarini boshqa ishlarga jalb etilayotganligi (operativ yoki jamoat xavfsizligini ta`minlash bilan bog`liq ishlarga), kadrlarning qo`nimsizligi hamda ularning tarbiyasi og`ir voyaga yetmaganlar bilan profilaktika ishlari samaradorligiga e`tibor qaratmayotganliklari ham o`zining salbiy ta`sirini o`tkazmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyasining 2010-yil 28-oktyabr hamda 2013-yil 2-dekabr hamda 2016-yil 11-apreldagi qarorlarida Ichki ishlar idoralarida voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo`linmalarining inspektorlarini boshqa ishlarga jalb etilishi odatiy holga aylanganligi qayd etilgan. Jumladan, 47 hukumat komissiyasining 2016-yil 11 apreldagi yig`ilishida qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligining voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish bo`limi faoliyati talabga avob bermaydi. Bo`lim xodimlari o`zining xizmat vazifalaridan tashqari boshqa ishlarga jalb etib kelinganligi uchun sohaviy faoliyatdagi o`rni va roli yetarli bo`lmagan.
Shu o`rinda ta`kidlash joizki, ichki ishlar idoralarining yuqorida qayd etilgan inspeksiyalari tomonidan hisobga olingan voyaga yetmaganlar bilan tarbiyaviy ishlarning olib borilmasligi, bu ishni o`z holiga tashlab quyilishi ular tomonidan qayta jinoyat sodir etishiga sharoit yaratmoqda. 21Shuningdek, Respublika komissiyaning 2014-yil 27-aprelda o`tkazgan yig`ilishida Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug`ullanuvchi xodimlarning 25 foizi o`z vazifalaridan tashqari boshqa ishlarga muntazam jalb qilinganligi sababli huquqbuzarlik aniqlash nihoyatda pasayib ketganligi ta`kidlangan. Shuningdek, tarbiyasi og`ir 1092 nafar voyaga yetmagan hamda Ichki ishlar vazirligi voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-huquqiy yordam berish markaziga keltirilgan 3722 nafar bolalarni o`qish va ishga joylashtirishning yetarli choralari ko`rilmagan. Respublikada profilaktik hisobga olingan o`ta xavfli restedevist, fohishabozlik bilan shug`ullanuvchi, janjalkash oilalar va giyohvandlikka chalingan 41170 nafar shaxsning voyaga yetmagan farzandlari tarbiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatishini oldini olish borasidagi hududiy ichki ishlar organlarining faoliyati talab darajasida tashkil etilmagan. Xalq ta`limi va o`rta maxsus, kasb-hunar o`quv muassasalari voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish ishlarida bevosita mas`ul bo`lgan idora hisoblanadi.
Davlatimiz tomonidan ta`lim muassasalari tizimini tubdan isloh qilish bo`yicha olib borayotgan samarali tadbirlari oqibatida voyaga O`zbekiston Respublikasi Bazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ta`lim-tarbiyasi uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Lekin, shu bilan birga, bu tizimda ham boshqalari qatori voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishga o`zining ta`sirini o`tkazayotgan bir qator muammolar o`rin tutib kelmoqda. Jumladan, voyaga yetmaganlar o`rtasida jinoyatchilikni oldini olish ishlari samaradorligi ularga ta`lim-tarbiya beruvchi pedagoglar faoliyatiga bog`liq bo`lib, o`tgan davr mobaynida o`qituvchilar tomonidan bir qator jinoyatlar sodir etilganligini ko`rishimiz mumkin.
Respublika komissiyaning 2013-yil 23-iyundagi qarorida ta`kidlanishicha, Xalq ta`limi vazirligi tizimida davlat budjetiga qariyb 600 mln. so`m zarar yetkazilgan, 143 mln. sum buudjet mablag`i talon-taroj qilingan va natijada holat yuzasidan 104 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish idoralari voyaga yetmaganlarning bandligini ta`minlashga mas`ul bo`lgan idora hisoblanib, ular voyaga yetmaganlarning bandligini ta`minlash bilan birga ularning mehnat huquqlarini himoyasini ta`minlovchi va nazorat qiluvchi idora hisoblanadi. Mehnat idoralari bugungi kunda voyaga yetmaganlar bandligini ta`minlashda har chorakda o`tkaziladigan ''mehnat yarmarkalari'' imkoniyatlaridan samarali foydalanmoqda. Ta`kidlash joizki, joylarda mehnat idoralari, ta`lim muassasalari, ichki ishlar, prokuratura, voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar hamkorligi lozim darajada yo`lga qo`yilmaganligi oqibatida hozirda ham joylarda o`qimasdan-ishlamasdan yurgan voyaga yetmaganlarning aniq hisob-kitobini olib borishda bir qancha kamchiliklar uchrab turmoqda.
Birgina sohadagi statistik ma`lumotlarga qaraydigan bo`lsak, respublikaning 9683 ta umumta`lim maktabida 5 mln 286 ming o`quvchi tahsil oladi. 640 ming 814 bola birinchi sinfga qadam qo`yadi. 9-sinfni bitirgan 476 ming 585 o`quvchidan 310 ming 847 o`smir 10-sinfdagi tahsilini davom ettiradi. Qolgan qismi kollej-litseylarga qabul qilingan. Demak son jihatdan ham olib qaraganimizda voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug`ullanuvchi vakolatli shaxslar o`z faoliyatini tubdan isloh qilib, har bir o`quvchi ta`lim olyatgan yoshlarga asosiy e`tiborini qaratmoqliklari lozim.
Sud organlari – odil sudlovni amalga oshirish jarayonida voyaga yetmaganlarga o`ziga xos psixologik ta`sir ko`rsatish yo`li bilan ushbu jarayonda ishtirok etadi. Jinoyatchilikning oldini olish sohasidagi ishlarni uslubiy axborotlar bilan ta`minlaydigan ishlarning tahlili va sud amaliyotiga doir umumlashtirishlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sudlarning voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olishdagi asosiy faoliyati asosan o`smirlar orasida turli profilaktika (o`quv muassasalari, mahalla) ishlarini tashkil etish yo`li bilan sezilarli ta`sir o`tkazayotganligini ko`rish mumkin. Shuningdek, sud organlarining jinoyatchilikni oldini olish faoliyatining shakllari xilma-xil bo`lib ularga sayyor majlislar, ishning sudda kurilishiga jamoatchilik vakillarini jalb qilish, xususiy ajrimlar chiqarish, hukmlar, qarorlar va ajrimlarning bajarilishini nazorat qilish kiradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ahvoliga oid statistik hisobotda, 2017-yilning 10 oyi davomida yurtimizda 22 ming nafar yosh jinoyatga qo`l urgani, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o`quvchilari tomonidan 875, maktab o`quvchilari tomonidan 310 og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar sodir etilgan Sud idoralarining qonuniy kuchga kirgan hukmlari bo`yicha hayotga qarshi jinoyatlar 37 ta, nomusga tegish 15 ta, bosqinchilik 99 ta, talonchilik 194 ta, o`g`irlik 742 ta, giyohvandlik bilan bog`liq jinoyatlar 20 ta, bezorilik 126 tani tashkil etadi. Shundan, hech qayerda o`qimaydigan va ishlamaydigan voyaga yetmaganlar 769 ta, mast holatda 129 ta, jinoyat sodir etgunga qadar ichki ishlar idoralarida hisobda turgan voyaga yetmagan 2006-yilda 316 ta, 2007- yilda 308 tani tashkil etadi.
Mahalliy o`zini-o`zini boshqarish organlari faoliyatiga to`xtalib o`tadigan bo`lsak, ular voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish, yoshlar tarbiyasi ustidan mutloq nazorat o`rnatuvchi organ hisoblanadi. Ularning asosiy faoliyatlari kam ta`minlangan oilalarni himoya qilish, bo`sh yurgan yoshlarni ish bilan ta`minlash chora-tadbirlarini ko`rish, katta yoshdagilarni o`smirlarga salbiy ta`sir ko`rsatish ini o`z vaqtida bartaraf etishga qaratilgan. Shu jumladan, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Xalq ta`limi, Mehnat, Sog`liqni saqlash vazirliklari, Respublika “Ma`naviyat va ma`rifat’’ Kengashi, O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi, Madaniyat va sport ishlar vazirligi, “Sog`lom avlod” uchun, “Kamolot” jamg`armalari yoshlar va o`smirlarni tarbiyalash, o`qitish ishlari ustidan nazoratni amalga oshirishda, notinch oilalar hamda tarbiyasi og`ir bo`lgan yoshlarni aniqlash, ular bilan tarbiyaviy ishlar olib borish, voyaga yetmaganlarni o`qishdan tashqari vaqtlarda dam olish va ish bilan ta`minlash masalalarda doimiy ishtirok etib kelmoqda.

Download 82.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling