Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari


Download 82.69 Kb.
bet1/12
Sana17.12.2022
Hajmi82.69 Kb.
#1026130
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
diss (2)


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


PEDAGOGIKA FAKULTETI


«PSIXOLOGIYA» kafedrasi
CHORSHANBIYEVA JAVHAR BOYIT QIZINING
70110102– PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA
VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIKLARINI OLDINI OLISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MASALALARI”
mavzusiga oid magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha


ASOSNOMA
Magistr: Chorshanbiyeva J.B
Ilmiy rahbar: Prof. Umarov B. M


Magistrlik dissertatsiya ishi mavzusini tayyorlash bo`yicha
А S O S N O M A
Таdqiqotchining familiyasi, ismi, sharifi: Chorshanbiyeva Javhar Boyit qizi
Bajarilishi rejalashtirilayotgan dissertatsiya ishi mavzusi: «Voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishning ijtimoiy-psixologik masalalari»
Мutaxassislik: Pedagogika va psixologiya
Dissertatsiya ishi bajarilayotgan fan tarmog`i:Psixologiya
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi ва unvoni: Umarov Bahriddin Mengboyevich, Nizomiy nomli TDPU professori, psixologiya fanlari doktori
Маgistrlik dissertatsiya ishi bajarilayotgan tashkilotning to`liq nomi vа elektron manzili:
Termiz davlat pedagogika instituti


Маvzuning dolzarbligi va zarurati:
So`nggi yillarda respublikamizda yoshlar siyosati eng ustuvor vazifa hisoblanib kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning: «Agar farzandlarimizga to`g`ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqa uni yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo`lib turmasak, ularni ilm-u hunarga o`rgatmasak,
munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo`yishimiz hech gap emas»,
deya ta`kidlagan fikrlaridan ham yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish,
vatanparvar etib tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir
etilishining oldini olish dolzarb masalaga aylanganligini hamda bu boradagi
qarashlarga endilikda jiddiy yondashuv ostida qarashimizni anglab olsak
bo`ladi.
Voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklarini kuzatuvchi alohida bir xalqaro tashkilot yo‘q, ko‘plab davlatlarda bunday statistika yuritilmaydi yoki ochiqlanmaydi. Biroq, 2018-yilgi UNICEF tarqatgan ma’lumotga tayanadigan bo‘lsak, dunyo bo‘ylab 1 milliondan ortiq bola (“Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya”ga ko‘ra 18 yoshga to‘lmagan shaxs) qamoqxonalarda saqlanmoqda. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan G‘arbiy Yevropa, AQSh va Yaponiya mamlakatlarida voyaga yetmaganlar jinoyati eng ko‘p qayd etiladi.
Ma’lumotlarga ko`ra, mamlakatimizda voyaga yetmaganlarning jami jinoyatlardagi ulushi 2008-yilda 3,4%, 2019-yilda 1,9%, 2020-yilda 2,6%, 2021-yilda esa 3.4 % ni tashkil etgan.1Ko‘rinib turibdiki, statistikada keltirilgan so‘nggi yilda oldingisiga nisbatan keskin o‘sish bor. Aynan shu sababdan ham voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi bilan kurash butun dunyoda dolzarb masala hisoblanadi.
Shu o`rinda huquqni muhofaza qiluvchi targ`ibot organlari o`smir yoshlar
o`rtasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish emas, balki huquqbuzarlikning oldini
olish, profilaktik chora-tadbirlar ko`rishga e`tiborni kuchaytirdilar. Voyaga
yetmaganlar huquqbuzarligini oldini olish va ularning sodir etilishiga sharoit
tug`diruvchi vaziyatlarni bartaraf qilish davlat va jamiyat oldida turgan asosiy
muammolardan biri sanaladi. Chunki, voyaga yetmagan shaxslarning huquqbuzarlik sodir
etishlari kelgusida ularning retsidivist jinoyatchi bo`lish ehtimolini oshiradi
hamda bu holat mamlakatning kelajakdagi taraqqiyotiga o`zining salbiy ta`sirini
o`tkazadi. Umumiy huquqbuzarlikdan farqli ravishda voyaga yetmaganlar
huquqbuzarligi mamlakatning kelgusidagi taqdiri bilan bog`langan bo`lib, ushbu
muammoga bugungi kunda alohida e`tibor bilan yondoshilmasa, uning millat
kelajagiga salbiy ta`siri ortib ketishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko`ra, respublikamizda 13-15 yoshdagi voyaga yetmaganlar 2019-yilda 129 ta, 2020-yilda 188 ta jinoyat sodir etgan bo`lsa, 16-17 yoshdagi voyaga yetmaganlar esa 2019-yilda 689 ta, 2020-yilda 1022 ta jinoyat sodir etganlar.2
Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish borasidagi tajriba shuni
ko`rsatadiki, ushbu ijtimoiy salbiy illatga qarshi kurashning ilmiy asoslangan,
puxta ishlangan va samarali choralarini qo`llamasdan turib, unga qarshi kurashda
muvaffaqiyatga erishib bo`lmaydi.
Hozirgi kunda rivojlangan davlatlar xususan, AQSH, Buyuk Britaniya,
Fransiya, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Yaponiya kabi davlatlar tomonidan
ham voyaga yetmagan yoshlar masalasiga chuqur e`tibor qaratilib, ularning
haq-huquqlari birinchi ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. Jumladan,
AQShdagi ko`plab bolalar jamg`armalari va tashkilotlari o`z faoliyatlarini
voyaga yetmagan huquqbuzarliklarni kamaytirish va yo`q qilishga bag`ishlab,
ushbu tashkilotlarning aksariyati voyaga yetmagan huquqbuzarlikning
sabablari uchun vaqtini va pullarini mazkur turdagi ishlarni nazorat qilish
uchun sarflaydi. Yaponiya tajribasida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir
etilayotgan jinoyatlarga nisbatan chora-tadbirlar tizimini urushdan keyingi va
hozirgi kungacha bo`lgan davrni 4 bosqichga bo`lib amalga oshirgan. Natijada
har bir bosqichdan keyin voyaga yetmaganlar jinoyatlar soni yildan-yilga
kamayib borib, so`ngi 10 yillikda dunyo bo`yicha aholi soni nisbatidan kelib
chiqib Yaponiya voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etishning eng
past ko`rsatkichi bo`yicha birinchilikni qo`lga kiritgan. Respublikamizda
voyaga yetmaganlar va yoshlar tarbiyasi, ularning ma`naviyatini yuksaltirish
borasidagi islohotlarni tizimli bosqichma-bosqich amalga oshirish strategiyasi
belgilab olindi. Mazkur islohotlarning asosiy maqsadi voyaga yetmaganlar va
yoshlarni kamol toptirish, iqtidorini to`la-to`kis ro`yobga chiqarish uchun
ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda
ularni kafolatlashdan iboratdir. Bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha
bo`lgan yoshlar aholining taxminan 45 foizini tashkil etadi. Shuni alohida
ta`kidlash joizki, bu yoshda insonning ongi, axloqi, ma`naviy qiyofasi
shakllanadi. Shu bois mamlakatimizda bunday yoshlarga e`tibor
kuchaytirilgan. Konstitutsiyamizning 45-moddasida voyaga yetmaganlar
huquqlari davlat himoyasida ekani belgilab qo`yilgan. Asosiy qonunning 64-
moddasida esa ota-onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish
va tarbiyalashga majbur ekani, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalari
vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qitishni
ta`minlashi bolalarga yo`naltirilgan hayriya faoliyatini rag`batlantirishi qayd
etilgan. Bu boradagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Dastlabki bosqich 1991-2000-yillarni o`z ichiga olib, mazkur bosqichda
voyaga yetmaganlar va yoshlarni yagona mafkura asosida tarbiyalashga
xizmat qiluvchi eski ma`muriy buyruqbozlik tizimi va uning huquqiy asoslari
tugatilib, ularni tarbiyalash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya
qilishning demokratik asoslari yaratildi. Ikkinchi bosqich 2001-2007-yillarni
o`z ichiga olib, mazkur bosqichda voyaga yetmaganlar o`rtasidagi tarbiyaviy
ishlarni kuchaytirish, buning uchun mas`ul davlat idoralari, jamoat
tashkilotlari hamda voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar
faoliyatini takomillashtirishga, shuningdek, jamiyatimizning ijtimoiy-ma`naviy va iqtisodiy yangilanish jarayonida yoshlarning o`z o`rnini topishga
ko`maklashish, ish bilan ta`minlash, sport bilan shug`ullanishga sharoit
yaratish hamda huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga e`tibor qaratildi.
Ushbu davrda voyaga yetmaganlar va yoshlar huquqlarini himoya qilishning
huquqiy mexanizmlarini yaratish maqsadida “Voyaga yetmagan bolalarni
farzandlikka va bolalarni oila tarbiyasiga olish (patronat) to`g`risida”gi
Nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi (2007), shuningdek
“O`zbekistonda bolalar farovonligini ta`minlash bo`yicha Harakat dasturi”
(2007) tasdiqlandi. Birinchi Prezidentimizning 2006-yil 10-oktabrdagi
qaroriga asosan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga asos solindi. Umuman olganda, mamlakatimiz mustaqilligi qo`lga kiritilgan ilk kunlardanoq
kelajak avlodga g`amxo`rlik ko`rsatish masalasi davlat siyosatining ustuvor
yo`nalishi qilib belgilandi. Xususan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning
tashabbusi asosida voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar hamda
boshqa mutasaddi idoralarning voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini
olish ishlari bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda tashkil etish vazifasi
qo`yildi. Mazkur holat Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentyabrdagi “Voyaga yetmaganlar ishlari bo`yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqida” 360-son Qaror va ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomda ham o`z aksini topdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodning vatanga sodiq,
ma`naviy barkamol, jismonan baquvvat bo`lib yetishishlari uchun zaruriy
shart-sharoitlar yaratilgan bo`lib, ushbu holat voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligining oldini olishga o`zining ijobiy ta`sirini o`tkazib kelmoqda.
Jumladan, 2008-yilning «Yoshlar yili»,2010- yilning «Barkamol avlod yili»,2014-yilning «Sog’lom bola yili», 2021-yilning «Yoshlarni qo’llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» deb e`lon qilinganligi ham fikrimizning to`g`riligini tasdiqlaydi. Bu boradagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PQ 805-sonli qaroriga asosan “Yoshlar yili” Davlat dasturi qabul qilingan bo`lib, ushbu dastur doirasida 1 mlrd. 290 mln. so`m budjet va homiylik mablag`lari ishlatilishi ko`zda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentyabrdagi

Download 82.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling