Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari reja : kirish asosiy qism


Download 235 Kb.
bet4/18
Sana30.04.2023
Hajmi235 Kb.
#1415019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
30 VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI

2. Kam ahamiyatli qilmishlar
Jinoyat kodeksining 36-moddasiga belgilanishicha garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bо‘lsa-da, о‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bо‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmaydi.
Qilmishning kam ahamiyatliligi uning jinoiyligini istisno etuvchi holat sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
- qonun shaxs sodir etgan qilmishining kam ahamiyatliligi, ijtimoiy xavfi bо‘lmaganligiga kо‘ra, uning jazoga loyiqligini istisno etib, jinoiy javobgarlikka tortmaydi;
- kam ahamiyatli qilmish sodir etish aybdorlik va huquqqa xiloflik kabi jinoyat belgilari bilan tavsiflanadi;
- qilmishning kam ahamiyatliligi jinoyatni istisno etuvchi boshqa holatlardan farq qiladi, qonuniy yoki ijtimoiy foydali hisoblanadi;
- qilmishning kam ahamiyatliligi uning barcha obyektiv va subyektiv belgilari majmuini tahlil etish natijasida aniqlanadi.
3. Zaruriy mudofaa
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bо‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam sо‘rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan о‘zga yо‘sinda qutulish imkoniyati bor-yо‘qligidan qat’i nazar, zaruriy mudofaa huquqi shaxsga tegishlidir.
Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qо‘zg‘atish zaruriy mudofaa deb topilmaydi (JK 37-m.).
Agar tajovuz:
- qonunga xilof bо‘lganida (uning yuridik tabiati belgilanadi);
- mavjudligida (uning xavfliligi saqlanib turgan vaqt aniqlanadi);
- haqiqiyligida (qonun bilan qо‘riqlanadigan obyektga qilingan tajovuzning haqiqiyligi aniqlanadi) zaruriy mudofaa qonuniy bо‘ladi.
Shuningdek himoya zaruriy mudofaaning qonuniyligini asoslaydigan quyidagi shart-sharoitlar bilan tavsiflanishi kerak:
- ijtimoiy maqsad - mudofaalanuvchi yoki boshqa shaxs manfaatlari yoxud davlat, jamiyat manfaatlari himoyasi;
- faqat tajovuz qilgan shaxsga zarar yetkaziladi, uchinchi shaxsga zarar yetkazilishiga yо‘l qо‘yilmaydi;
- himoya zarurat chegarasidan oshmasligi kerak.
Sud amaliyotida xayoliy mudofaa deb ataladigan kо‘pgina hollar ma’lum bо‘lib, bunda shaxs voqelikda rо‘y bermagan tajovuzdan gо‘yo mudofaalanadi.
Bu haqda О‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudlar tomonidan ijtimoiy xavfli tajovuzlardan zaruriy mudofaalanish huquqini ta’minlaydigan qonunning qо‘llanilishi tо‘g‘risida»gi 1996 yil 20 dekabr qarorida shunday tushuncha berilgan: «Sudlar zaruriy mudofaa holatini aniq ijtimoiy xavfli tajovuz yuz bermasa-da, shaxsning yanglishib shunday tajovuz qilishi mumkin, degan taxminiy holatlaridan farqlashlari kerak. Agar hodisa holatlariga kо‘ra, mudofaa choralarini qо‘llagan shaxs о‘zining yanglishganini bilmagan va bilish ham mumkin bо‘lmagan bо‘lsa, uning harakati zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan deb hisoblanishi kerak.
Agar shaxs tajovuzning aslida yо‘q va xayoliyligini bila turib, ish holatlariga kо‘ra ham uni albatta bilishi mumkin bо‘lgani holda zarar yetkazsa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining ehtiyotsizlik orqasida zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan tavsiflanishi lozim».

Download 235 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling