Возможности технологии plickers
Download 1.74 Mb.
|
TAQDIMOT Malika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsad va vazifalari .
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev farzand tarbiyasi haqida o‘z nutqlarida shunday deydilar: “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan” degan fikrlari barchamizga dasturilamal bo‘lishi zarur. Mazkur vazifani amalga oshirishda, avvalo, ota-onaning o‘rni beqiyos. Ammo farzand tarbiyasida ota-ona bilan birdek mas’ul shaxs bu – o‘qituvchi, ya’ni pedagogdir.Hozirgi o‘zbek adabiy tili taraqqiyotini o‘rganishda, leksik qatlamdagi yangilanish jarayonlari, tilning lug‘at boyligining ortib borishida so‘z yasalishi hodisasining o‘rni beqiyosligini o‘quvchilarga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh, qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. So‘z yasalishi mavzusini o‘qitishda turli usullar va vositalardan, grafik organayzerlardan foydalanish ona tili ta’limining sifatini oshirishda muhim ahamiyatga egaligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Ishning maqsad va vazifalari.
Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarni o‘quv bilim faoliyatiga tayyorlash, boshqalar bilan muloqatga kirisha oladigan, o‘z fikrini boshqalarga tushunarli tarzda yetkaza oladigan shaxsni shakllantirishdan iborat. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling