Возможности технологии plickers


So‘z yasalishi doimo ikki qismning bo‘linishni talab qiladi


Download 1.74 Mb.
bet4/8
Sana13.11.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1770201
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TAQDIMOT Malika

So‘z yasalishi doimo ikki qismning bo‘linishni talab qiladi.


So‘z yasashga asos qisim
Yasovchi qism
Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilar so‘zning morfemik tarkibi va yasalishini 1-sinfdan o‘rganadi. Shuningdek, barcha sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklarida bir qator yasama so‘zlar keltirilgan. O‘quvchilar bu mavzularni o‘rganishlarida yasama so‘zlarni ma'noli qismlarga ajrata olishlari kerak. Asosga so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shish natijasida yoki ikki yoki undan ortiq so‘zlarni qo‘shish natijasida asosga bog‘liq holda yangi so‘z hosil bo‘lishini ongli ravishda tushunishlari muhimdir.
Buning uchun o‘qituvchining turli xil ko‘rgazmalar,interfaol metodlardan foydalanishi ijobiy samara beradi.
“So‘zga - li qo‘shimchasini qo‘shsangiz,o‘sha narsa bor ekanini bildiradi. Agar so‘zga -siz qo‘shimchasini qo‘shsangiz, o‘sha narsa yo‘q ekanini bildiradi.

1.2. Savodxonlikni oshirishda so‘z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati

  • So‘z yasalishi ustida ishlash. Bu morfemani o‘rganishning asosiy vazifasi o‘quvchilarni so‘zda so‘z yasovchi qo‘shimchaning ahamiyati bilan tanishtirish va shu asosda so‘z yasovchi qo‘shimchali so‘zdan o‘z nutqida ongli foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish hisoblanadi. O‘quvchilar so‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi leksik ma’noli so‘z yasash mumkinligini tushunishi muhim ahamiyatga ega. So‘z yasovchi qo‘shimchalar ustida ishlash ba’zi so‘z yasovchi qo‘shimchaning ma’nosini va yasama so‘zning grammatik belgilarini aniqlash bilan birga olib boriladi. So‘z yasovchi qo‘shimchaning ma’nosini tushuntirish uning so‘z yasashdagi ahamiyatini o‘quvchilar anglashiga imkon beradi, ularning diqqat-e’tibori so‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi leksik ma’noli so‘z yasalishiga qaratiladi. Masalan: ish – ishchi, ishli, ishchan, ishla). Yasalgan so‘z qaysi so‘z turkumiga kirishini aniqlash so‘z yasovchi qo‘shimcha yordamida har xil so‘z turkumiga oid so‘zlar yasash mumkinligi haqidagi tasavvurni chuqurlashtiradi.

O‘quvchilar so‘z yasalishi xususiyatlarini tushunishga tayyorlash uchun o‘qituvchi ularga muayyan bir yangi so‘z qaysi so‘zlardan va qaysi morfema yordamida yasalganini aniqlashga qaratilgan topshiriq beriladi. Masalan, o‘qituvchi chegara otini aytadi va chegarani qo‘riqlaydigan kishini bildiradigan o‘zakdosh ot tanlash topshiradi (chegarachi), vazifani boshqacharoq berish ham mumkin: o‘qituvchi so‘zni va so‘z yasovchi morfemani beradi. O‘quvchining vazifasi yangi so‘zni to‘gri yasash va leksik ma’nosini tushuntirish hisoblanadi. Masalan, baliq so‘zidan –chi qo‘shimchasi yordamida yangi so‘z yasash (baliqchi), uning leksik ma’nosini tushuntirish, qaysi so‘z turkumi ekanini aytishi topshiriladi. Ikkala topshiriqda ham o‘quvchilar so‘zni morfemik tahlil qiladilar. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini hosil bo‘lgan so‘z qaysi morfema yordamida, qaysi so‘z turkumidan yasalganda qanday ma’no anglatishi va qaysi so‘z turkumi ekaniga qaratadi.
So‘z yasalishi mavzusini o‘tish jarayonida o‘quvchilarga yasama so‘zlar qatnashtirib matn tuzdirish yoki matndagi yasama so‘zlarni topib tahlil qildirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili darslarining samararadorligi o‘quvchilarning ijodkorligiga, faolligiga har taraflama bog‘liqdir.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling