World Bank Document
Tegishli qishloq xo’jaligi amaliyotlari 15
Download 1.18 Mb.
|
P1708700b978730eb09a17023c938c721bc
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rmonlarni o’stirish va qayta tiklash
Tegishli qishloq xo’jaligi amaliyotlari 15Qishloq xo’jaligi YaIM ning deyarli to’rtdan bir qismini yaratadi va aholi bandligini yuqori darajada ta’minlaydi. Hozir O’zbekistonda sug’oriladigan qishloq xo’jaligi yerlarining 10 foizdan kamroq qismi suv tejovchi texnologiyalar bilan ta’min- langan, vaholanki, qishloq xo’jaligi suv resurslarining qariyb 90 foizini sarf qiladi (Qishloq xo’jaligi vazirligi). Bu soha — ob-havo va gidrologik omillarga juda sezgir. Fermerlar almashlab ekishni o’zgartirib turish, qurg’oqchilikka chidamli ekinlardan foydalanish va ihota daraxtzorlari ekish orqali iqlim va suv tanqisligi muammolarini hal qilmoqdalar. O’zbekiston hukumati tomonidan qishloq xo’jaligida yer va suv resurslaridan barqaror foydalanish kontseptsiyasi hayotga tatbiq etilib, sug’oriladigan va lalmi ekin maydonlari hamda yaylovlarga e’tibor qaratilmoqda. Tuproq va geobotanik monitoring ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilishga yordam beradi. O’zbekiston Respublikasining suv xo’jaligini 2020–2030-yillarda rivojlantirish kontseptsiyasi suvni tejovchi texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish va sug’orish tarmoqlari samaradorligini oshirishga chaqiradi. O’rmonlarni o’stirish va qayta tiklashO’zbekiston Respublikasi O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi tasarrufida 12 million gektar o’rmon fondi yerlari, shu jumladan, 3.3 million gektar o’rmon bilan qoplangan maydonlar (mamlakat umumiy maydonining 7.3 foizi) mavjud. Orol dengizining qurigan tubida va uning atrofida saksovul ekish, shuningdek, tog’li hududlarda agro o’rmonchilikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish hamda o’rmonlarning tabiiy qayta tiklanishi natijasida keyingi paytlarda O’zbekistonda o’rmonlar maydoni jadal kengaydi. Davlat va xususiy investitsiyalardan tashqari qator xalqaro hamkorlar Orolbo’yida o’rmonzorlar barpo etish va o’rmonlarni tiklashda yordam ko’rsatmoqdalar. O’zbekiston o’rmonlarining asosiy yog’ochmas mahsulotlari va xizmatlari oziq-ovqat va dorivor o’simliklar, asal va ekoturizmdir. O’rmon xo’jaligini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari qatoriga o’rmonlar monitoringi, pista va bodom plantatsiyala- rini kengaytirish, shaharlarda yashil maydonlar yaratish, agro o’rmon xo’jaligini rivojlantirish, asal va dorivor giyohlar yetishtirish kiradi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling