X- bob. Sanoatpechining


Download 1.76 Mb.
bet5/21
Sana30.04.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1411743
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
10-11-bob

Marten sexiga koks va domna gazlari beriladi, ularning issiqligi zavodga beriladigan barcha yoqilg‘i issiqligining tegishlicha 10,44% va 3,53% ini tashkil qiladi. Pechlarga quyiladigan suyuq chuyanning issiqligi 3,53% ga teng. Sex iste’mol qiladigan elektr energiyasini va alohida bug‘ni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yoqilg‘ining kimyoviy bog‘langan issiqligi tegishlicha 0,56% va 0,42%ni tashkil qiladi. Marten sexining foydali ish koeffitsienti: (4,51/18,48).100=24,4%. Bu juda past kursatkich hisoblanadi. Pechlarda bug‘lanishli sovitish usulini qullash, gazlarning issiqligidan qozon-utilizatorlarda foydalanish, pechdagi issiqlik almashuvi jarayonlarini jadallashtirish hisobiga marten pechlarining foydali ish koeffitsientini 50-65% gacha, ya’ni 2 va undan kup marta oshirish mumkin.
Metallni chig‘irlab yoyish (prokat) sexining issiqlik balansi tahlil qilinganda shuni kurish mumkinki, metallni qizdirishga sarflangan issiqlik zavodga berilgan umumiy issiqlikning 2,53% ini tashkil qiladi, shu paytda sexga kiritilgan issiqlik esa 15,4%ga teng. SHunday qilib, chig‘irlab yoyish sexining foydali ish koeffitsienti (2,53/15,4).100 = 16,4%, ya’ni juda kichik. Uni oshirish uchun chiqib ketuvchi gazlarning issiqligini regeneratsiya qilish darajasini kutarish, issiqlik yuqotilishlarini va shuningdek, elektr energiyasining solishtirma sarfini kamaytirish lozim.
Zavodning energetik qurilmalarida yoqilg‘i umumiy miqdorining 24,1%i sarflanadi. Undan tashqari domna gazining ortiqcha qismi ham yoqiladi.. Energetika sexiga beriladigan yoqilg‘ining kup qismi elektr energiyasini ishlab chiqarishga sarflanadi (zavoddagi yoqilg‘ining 16,5%i) undan tashqari bug‘ ishlab chiqarishga (6,58%) va domna pechlariga beriladigan havo bosimini oshirishga (5,38%) sarflanadi.
Bayon etilgan issiqlik balansi berk balans hisoblanadi: kauperlar (havo qizdirgichlari) va koks batareyalari domna gazida ishlaydi, marten hamda qizdirish pechlari esa koks va domna gazlarining aralashmasida ishlaydi. Qattiq yoqilg‘i quyidagicha sarflanadi: kumir - energetik sexlarda -IEMda va havoni bosim bilan
haydash stansiyasida; koks esa - domna pechlarida.Kislorod qullanilganda eritish davomiyligi 4-5 soatgacha tushirilishi mumkin. Koks gazining solishtirma sarfi 3,15 GJoul/t.ni tashkil qiladi (kislorod qullanilmaganda -3,75GJoul/t). Kislorodning sarfi 34m3/t. ga teng. Marten pechlari koks gazida ishlaydi; domna gazi asosan IEM da va qizdirish pechlarida ishlatiladi. Koks gazi issiqligi (3,15GJoul/t)ning 34%i, ya’ni 1,08GJoul/t. qozon-utilizator-larda foydalaniladi. Ishlab chiqarilgan bug‘ kislorod stansiyasi-
ni va chig‘irlash dastgohlarini yuritish uchun elektr energiyasini hosil qilishga sarflanadi.
Agar erigan chuyanga qushiladigan metallurgiya chiqindilarining miqdori 1/3 nisbatdan ortmasa, bunday kislorod konverterlariga yoqilg‘i sarflanmaydi. Bu paytda kislorodning sarfi 47- 49m3/t. ni tashkil qiladi.
Yuqorida keltirilgan issiqlik balanslari davriy ishlaydigan korxonalar uchun taalluqlidir. Pulatni uzluksiz quyishiga utilganda zavodning issiqlik balansi sezilarli darajada uzgaradi. Masalan, metall quymalarini qayta qizdirishga xojat qolmaydi va hokazo. Buning natijasida elektr energiyasi va issiqlikning sarfi sezilarli kamayadi. Bunday tashqari tayyor mahsulotning chiqishi taxminan 12% ga ortadi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling