X bob. O’sprinrlik davri
Download 0.58 Mb.
|
zuhra
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vatan tuyg’usi
Sevgi-muhabbat. Agar do’stlikda attraksiya, ya`ni tashqi yoqimtoylik orqali o’ziga rom eish ustunlik qilsa, sevgi qalblar yaqinlashuvining muhim alomatidir.
Aynan o’smirlik va ilk o’spirinlikdagi sevgi beg’ubor, tiniq, samimiy bo’lib, yosh ulg’aygan sari uning mazmuni o’zgarib, boshqa qadriyatlar ham o’rin egallay boshlaydi, haqiqiy sevgida yuksak insoniy fazilatlar hukm suradi. Ma’lum bo’lishicha, sevgining dastlabki bosqichi, o’zaro yoqtirib qolish -simpatiya bo’lib, bunda asosan sevgi ob’yektining tashqi jozibasi rol o’ynaydi. O’spirinlik yillaridagi muhabbat tuyg’usi nafaqat qarama-qarshi jinsga, balki ota-onaning qadrlanishi va ularga nisbatan mehr-muhabbat, o’z yaqinlari - aka-uka, opa-singil, hayotda ibrat bo’ladigan kishilarni yaxshi ko’rish, o’zi tug’ilib, voyaga yetgan Vatanini sevish kabi oliy hislar ham tarbiyalanadi. Ta’lim tizimining barcha bosqichida, ma’naviy tarbiyaning ajralmas bo’lagi sifatida ana shunday samimiy munosabatlarni shakllantirish, mehr-oqibat, o’zaro hurmat, sadoqat kabi milliy qadriyatlarimizni singdirishimiz zarur. Yuksak his-tuyg’ularning eng oliy darajasi Vatan tuyg’usi bo’lib, bu tuyg’u beg’ubor bolalikning ilk davrlaridan uning ongi va qalbiga singib boradi. Vatan hissi - bu o’zbek xalqini sevish, ardoqlash, milliy o’zlikni anglash, qadriyatlarimizni e`tirof etishdan iborat ulkan mas’uliyat hissidir. Shaxs–ijtimoiy munosabatlar sub`yekti va ob`yekti. Shaxsga taalluqli bo’lgan eng muhim fazilatlardan biri, u shu tashqi ijtimoiy ta’sirlar, ya`ni ob`yektlarni o’z aqli-idroki bilan qabul qiladi, so’ngra shu ta’sirlarning sub’ekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Ijtimoiy muhit — kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, rasm-rusum va udumlar, turli xil dunyoqarashlar olami bo’lib, undagi ko’plab ijtimoiy me`yorlarni ko’pchilik to’la, ba’zilar qisman qabul qiladi va amal qiladi. Kishilik jamiyatidagi ushbu ijtimoiy qoidalar va normalarni qabul qilish ijobiy kechinmalarni yuzaga keltiradi, ularga bo’ysunmaslik va amal qilmaslik jamiyat tuzhilmalari va kishilar tomonidan salbiy baholanadi. Xulosa shuki, voyaga yetib kelayotgan shaxs - jamiyatga nisbatan barcha tartib-qoidalarni qabul qiluvchi sub’ekt bo’lsa, jamiyat-ijtimoiy intizom va tartib, ma`naviyat-ma`rifat va madaniyatning mufassal ko’rinishidir. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling