X bob. O’sprinrlik davri


Download 0.58 Mb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1581507
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
zuhra

Ijtimoiy normalar. Ijtimoiy norma - shaxs hayotidagi shunday kategoriyaki, u jamiyatning o’z a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e`tirof etilgan xarakatga nisbatan talablaridir.
Ijtimoiy normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo’lmish shaxs tomonidan qay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi ijtimoiy sanksiyalar orqali nazorat qilinadi.
Ijtimoiy sanksiyalarijtimoiy normalarning shaxs xulq-atvorida namoyon bo’lishini nazorat qiluvchi jazo va rag’batlantirish mexanizmlari bo’lib, ularning borligi tufayli biz, har bir alohida olingan vaziyatlarda ijtimoiy xulq-atvot normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri ob’ektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz.
Ijtimoiy rollar. Har bir alohida olingan shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy normalar va sanktsiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarishi mobaynida o’z xulqi va hatti-harakatlarida namoyon etadi.
Rol - shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, bu shaxsning konkret hayotiy vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat xarakatlari majmuini bildiradi.
Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy mexanizmlar sifatida shaxs xulq-atvorini ma`lum ma`noda idora etib, muvofiqlashtirib turishga yordam beradi.

    1. Men-siymosi” va o‘zini-o‘zi anglashning shakllanishi

Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvorining xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeyini tasavvur qilishidan hosil bo’lgan obraz «Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxsning barkamollik mezonlaridan hisoblanadi. «Men»-obrazining ijtimoiy-psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganlik darajasining muhim omillaridan hisoblanadi.
O’z-o’zini anglash, o’zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko’pincha konkret shaxs tomonidan og’ir kechadi, ya’ni, inson tabiati shundayki, u o’zidagi o’sha jamiyat normalariga to’g’ri kelmaydigan, no’maqul sifatlarni anglamaslikka, ularni «yashirishga» harakat qiladi, xattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi (avstriyalik olim Z.Freyd nazariyasiga ko’ra).
Men»-obrazi asosida har bir shaxsda, o’z-o’ziga nisbatan baholar tizimi shakllanadi. O’z-o’ziga nisbatan baho, haqiqatga yaqin(adekvat), o’ta yuqori yoki quyi darajada bo’lishi ham mumkin. O’z-o’ziga baho sof ijtimoiy xodisa bo’lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o’rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog’liq bo’ladi.
Mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat xislarining tarbiyalanishi, tabiiyki, har bir yosh avlodda o’zligini anglash, o’zi mansub bo’lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash xislarini tarbiyalamoqda.
Bu esa, o’z-o’zini anglashning poydevori va muhim shakllantiruvchi kuchi sanaladi, o’z-o’zini baholash - o’z-o’zini tarbiyalashning muhim mezonidir.
Ilk o’spirinlik yoshida o’zining ichki dunyosiga nisbatan qiziqishning ortishi, uni qadriyat sifatida e`tirof etish kechinmasini yuzaga keltiradi. O’zini betakror, boshqalarga o’xshamaydigan shaxs sifatida his qilish, tevarak atrofdagi ijtimoiy voqelikning uning ko’z o’ngida gavdalanishi bilan uzviy bog’liqdir.
O’smirlik yoshida atrofdagi olamni aks ettirish quyidagicha kechadi:

  • O’zining shaxsiy “Men”ini anglash(“Men kimman?”, “Men qanday odamman?”, “Mening nimaga qobiliyatim bor? ”, “Men xurmatga loyiqmanmi?”);

  • O’zining xolatini anglash(“Mening hayotdan maqsadim nima?”, “Mening do’stlarim va dushmanlarim kimlar?”, “Men kim bo’lmoqchiman?”, “O’zimni va hayotimni yanada yaxshilash uchun nima qilishim lozim”).


    1. Download 0.58 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling