X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo„noq Ahamiyati.
- Sistematika va morfologiyasi. Qo„noq (Setaria italica mocha- rium Abf.)
Hosilni yig*ish.
Ko'kat uchun nay o'rash davrini oxirida yoki ro'vaklanish davrini boshlarida o'riladi. Ikkinchi va uchinchi o'rimlar 25 -30 kun o'tganda o'rilaveradi. O'rish balandldigi 7-8 sm. Undan past o'rilganda hosil pasayadi. 256 Takroriy ekiiganda ekish me‟yori 20% ga oshiriladi. Urug„lik uchun sudan o„ti keng qatorlab ekiladi, qator orasi 45-60 sm, ekish me‟yori 1,0-1,5 mln. dona unuvchan urug„lar. Begona o„tlarga qarshi gerbitsidlar qoilaniladi. Keng qatorlab ekiiganda qator oralariga ishlov beriladi. Hosil yig„Uganda o„roq mashinalardan SM-2,6 rusumli mashina MTZ-80, MTZ-82, T-40M traktorlarga tirkaladi. 28- rasm: 1-sudan o„ti; 2-urug„lari. Qo„noq Ahamiyati. Qurg„ochilikka chidamli, issiqlikka va tuproqqa ta- labchanligi sudan o„tiga nisbatan past, nisbatan tez pishadi, hosildorligi yaxshi, shu tufayli qo„noq sharqiy, janubiy-sharqiy davlatlarda yetishtirishga moil, ayniqsa 0„rta Osiyo va Kavkazorti davlat- larida. Qoiioq pichani tarkibida 7,8% oqsil, 26,8% to„qima, 51,3% azotsiz ekstraktiv moddalar, 6,7% kul, don tarkibida 14,3% protein mavjud. Sistematika va morfologiyasi. Qo„noq (Setaria italica mocha- rium Abf.) ildizi popuksimon, tuproqqa 100-150 sm chuqurlikka kirib boradi. Ildizning asosiy qismi tuproqning haydalma qismida joylash- 257 gan. Poyasi tik o„sadi, silindrsimon, tukii, 12-16 ta bo„g„in oraliqlari shakllanadi. Bir tupida 2-7 poya boiadi. Bargi oddiy, uzunligi 45-50 sm boiadi. Boshoqlanish davrida barglanish umumiy hosilning 45 - 55% ni tashkil qiladi. Gulto'plami — boshoqsimon ro„vak. Boshoq- chalari bir gulli. Mevasi - qobiqli don. BiologiyasL Urugi 10 °C haroratda unib chiqadi. Ammo, maysani tez o'sib chiqishi uchun maqbul harorat 20 °C. Maysa kuchli quyosh nuridan shikastlanadi. Ertalabki sovuqdan maysa nobud boiishi mumkin. Qurg„oqchilikka chidamligi yuqori. Suv tansiq boigan sharoitda o„sishdan to„xtaydi, faqat murtak ildizlar rivojlanadi. Shunday holatda qo„noq ancha saqlanishi mumkin va yogingarchilik boshlanganda o„sishi davom etib, yuqori hosil beradi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 300 ga teng. Tuproqning DNSga nisbatan 60-70% boiishi maqbul deb hisoblanadi. Qo„noq qumli va ogir qumoq tuproqlarda ekiladi. Tuproqning tozaligiga talabchan. Bir tonna pichan yetishtirish uchun tuproqdan 17- 20 kg N; 4-5 P 2 0 5 va 15-17 kg K 2 0 olinadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling