X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
7.6. Moyli zig„ir
Ahamiyati. Zig'ir xalq xo'jaligida ishlatilishiga ko'ra ikki: moyli va tolali zig'irlar guruhiga ajratiladi. Moyli zig'ir urug'i tarkibida 32-45% tez quruvchi (yod miqdori 165-192) moy bo'lib, qurilish sanoatida u ayniqsa, lak-bo„yoq sanoatida qimmatli xom- ashyo hisoblanadi. Zig'ir moyi: alifmoy, bosmaxona bo'yoqlari, sovun, tipografiya uchun kraska ishlab chiqishda, oziq-ovqatda ishlatiiadi. Shuningdek, teri-poyabzal, qog'oz, porfyumeriya, rezina, meditsina, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoatida keng foydalani- 348 iadi. Zig„ir kunjarasi mollar, ayniqsa, yosh mollar uchun qimmatli va to„yimli oziq hisoblanadi. Zig„iming qayta ishiash jarayonida ajratib olinadigan kunjarasi va shroti tarkibi oqsilga boy bo„lib, chorva mollari uchun to„yimli ozuqa hisoblanadi. Zig„ir kunjarasining tarkibida 30-36% gacha oqsil, 8,6% gacha moy va boshqa ozuqalar bor. 100 kilogramm kunjara 115 ozuqa birligiga, 28,5 kilogramm yengil hazm boluvchi oqsilga ega. 100 kilogramm shrot esa 103 ozuqa birligiga ega. Zig„irdan olingan kunjara va shrot boshqa ekin turlaridan olingan shu mahsulotiarga nisbatan oqsilga boy hisoblanadi. Moyli zig„irdan, ya‟ni poyasi baland bo„yli (mejeumka) nav va namunalaridan tola ishlab chiqarish ham mumkin. Tola chiqish bu nav va namunalarda 3-13% ni tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda shohlangan, tola ishlab chiqarishga yaroqsiz zig„ir poyalaridan sanoatda yuqori sifatli yozuv qog„ozlari ishlab chi- qariladi. Tarixi. Zig„iming vatani Janubi-G„arbiy va Sharqiy Osiyo. Markaziy Osiyoda jumladan, 0„zbekistonda zig„ir eng qadimiy moy beruvchi 0 „simlik hisoblanadi. Марказий Осиѐда zig„ir - yog„ ishlab chiqarish uchun lalmi, tog„oldi va shartli sug„oriladigan maydondarda yetishtirilib kelingan va kelinmoqda. So„nggi yillarda 0„zbekistonning lalmi yerlarida 4,5 ming gektarga ekilgan, o„rtacha hosil 4,5-5,0 s/ga yetgan. Lalmi yerlarda 5-6 s/ga, suvli yerlarda 10- 15 s/ga urug„ olinadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling