X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
„simliklarni parvarish qilish
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
0„simliklarni parvarish qilish.
Yeryong'oq o'simligining yaxshi rivojlanishi uchun ekin qator oralarini yumshatish, ortiqcha namlikni qochirish, tuproq haroratini ko'tarish, havo almashuvini yaxshilash va begona o'tlarni yo'qotish juda ham muhimdir. Maysalar to'liq unib chiqqandan so'ng birinchi kultivatsiya va chopiq o'tkaziladi. Birinchi oziqa berilib, sug'oriladi. Ikkinchi kultivatsiya 6-8 sm, uchinchi kultivatsiya 8-10 sm, so'nggisi esa 10- 12 sm himoya zonasi qoldirib, qator oralariga ishlov beriladi. Xo'jaliklarda kultivatsiya paytida o'simlikka zarar yetkazmaslik, uni 345 tuproq bilan ko„mib yubormaslik uchun pichoqlar, KKO yoki naralnik qo„shilib ishlatilsa maqsadga muvofiq bo„ladi. 0„g„itlash. Dalani o„g„itlash me‟yori, tanlangan maydondan olingan agrokimyo tahlil natijalariga qarab belgilanadi. Yeryong„oq organik moddalarga boy tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Sug„o- riladigan maydonlarda birinchi oziqlantirish ko'chatlar to„la unib chiqqandan keyin gullashdan oldin, azot (sof holda) 30 kg/ga, fosfor 30 kg/ga hisobida beriladi. Jo„yaklar olishdan oldin tuproq unumdorligiga asoslangan holda gektariga 250-400 kg/ga ammofos (fizik holda) berish ham yaxshi natija beradi. Ikkinchi oziqlantirish esa, o„simlik to'la gulga kirgandan keyin o„tkaziladi va gektariga sof holda 70 kilogrammdan azotli o„g„it beriladi. Yeryong„oqqa me‟yoridan ortiq azotli o„g„it berilganda hosildorlik 0,2- 0,4 t/ga oshishi, biroq ildizda azot bakteriyalaming to„planishini keskin kamayishi tajribalarda kuzatilgan. Yeryong„oq- dan yuqori hosil olishda makroelementlar bilan bir qatorda mikro elementlar kalsiy, magniy, bor, ruxning ham ahamiyati kattadir. Tuproqda kalsiy yetishmasligida 0 „simlikning birinchi barg kur- taklari qorayib ketishi, maysalaming juda sekin o„sishi, maysalar- ning yashovchanligi pasayishi, o„simliklaming nimjon bo„lib qolishiga olib keladi. Mikroelementlar o„simlikda tuproq tarkibidagi boshqa oziq moddalami o„zlashtirishda katalizatorlik vazifasini ham bajaradi. Tuproq tarkibida mikroelementlaming me‟yoridan kam bo„lishi esa, o„simlikning o„sishi va hosildorligiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. O'simlik yoppasiga gulga kirgandan keyin 5-6 hafta o„tgach ko„chatlar xumlanadi. Bu vaqtga kelib (urug„ unib chiqqandan keyin 50-60 kun o„tgach) o'simlik ginoforlari kuchli rivojlanadi va tuproqqa sanchiladi. Butun o„suv davri davomida 2- 3 marta xumlash amalga oshiriladi. Xumlash jarayonida ginoforlar tuproq bilan ko„miladi va yong„oqlar shakllanadi. 0„simlikning o„suv davri davomida tuproq namligining me‟yorida (juyaklami qurib yorilib ketishdan saqlash) va ko„p yillik begona o„tlardan holi saqlanishi o„simlikdagi yong„oqlarni bir tekisda rivojlanishiga, hosildorlik va mahsulot sifatiga ijobiy ta‟sir etishi bilan birga hosil yig„im-terimini mexanizm yordamida 346 yo„qotishlarsiz qisqa muddatlarda amalga oshirishga imkon yara- tiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling