X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Hosilni yig'ib olish va mahsulotni saqlash


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Hosilni yig'ib olish va mahsulotni saqlash.
Hosilni o'z vaqtida 
yig„ib olish muddatlarini to„g„ri belgilash katta ahamiyatga ega boiib, 
muddatidan oldin yig'ib olinganda mahsulot sifatiga (urug' tarkibidagi 
yog' hamda oqsil moddalarining miqdorining pasayishi va puch urugiar 
miqdorining oshishiga) sabab boiadi. Buning uchun yeryong'oq ekilgan 
dalaning 10-15 metr ichkarisidan boshlab konvert usulda to'rt 
burchagidan va dalaning o'rtasidan namuna olinadi. Bunda 1 nr 
maydondagi o'simliklar soni aniqlanadi.
Dala sharoitida dastlabki hosildorlikni aniqlash uchun beshta 
nuqtadan kovlab olingan hosilning puch urugiari ajratib olingandan 
keyingi qolgan qismi birlashtirilib, vazni aniqlanadi, olingan natija 
beshga boiinadi va 1 m
2
maydondagi hosildorlik aniqlanadi. Olingan 
natija 10000 mr ko'paytirilib, 1 ga maydondagi hosildorlik aniqlanadi. 
Yeryong'oq urug'ining tinim davri nav guruhiga bogiiq holda 15-25 
kunni tashkil etadi. Bu juda qisqa davr bo'lib, kuzning yomg'irli 
kunlarida yig'ib olishga ulguriimagan dalalarda yetilgan yong'oqlar 
o'simlik ildizida turgan joyidayoq unib qoladi va yetishtirilgan mahsulot 
sifati buziladi. Shu sababdan yeryong'oq hosilini issiq va quruq kunlarda, 
qisqa muddatlarda yig'ib olish tavsiya etiladi.
37
Hosil pishib yetilganda o'simlik barglari nisbatan sarg'ayadi. 
Urugiari yetilganda yong'oq qobig'i to'rlanadi. Qobiqning ichki tomoni 
qorayadi. Hosilni pishib yetilganiga tola ishonch hosil qilish uchun 
daladan diagonal bo'ylab yurilib bir nechta o'simlik kovlab olinadi va 
yetilgan yong'oqlarning foiz miqdori aniqlanadi. Agar o'simlikdagi 
yong'oqlarning 70-75% yetilgan bo'lsa, hosilni yig'ib olishga kirishiladi. 
O'zbekiston iqlim sharoitida hosilni sentabr oyining ikkinchi o„n 
kunligidan oktabr oyi boshlarigacha (yog'in-sochinsiz ochiq kunlarda) 
yig'ib olinganda ochiq dalada poyasidan ajratilmagan holda bir necha 
kun davomida ushlab turiladi.
37
N.P.Saxena, S.N.Nigam. Groundnut Production in Central Asia and Caucausus Countries: Outlook for 
the iuture 2001 y.
347 


Bu davr ichida urug
1
tarkibidagi namlik kamayadi va ginoforlar 
qurib yong„oqlar o'simlik ildizidan oson ajratib olinadi. Yeryong„oq 
dukkaklari poyadan ajratib olingandan so„ng, qolgan poyalarni 
zamonaviy MX-80 traktoriga tirkalgan CASE-111 agregati yordamida 
presslash mumkin. Bunda presslangan pichanni transportlarga yuklash
tashish va saqlash samaradorligi oshadi hamda chorva hayvonlariga 
beriladigan pichanning to„yimlilik sifati - yeryong'oq poyasini presslash 
jarayonida poyadagi barglarning to„liq saqlanib qolishi hisobiga oshadi.
Hosil yig'ib olinganda yong'oqlar tarkibidagi namlik 40-60% bo'lib, 
shabada aylanadigan binolarda 5-6 santimetr qalinlikda yoyib quritish va 
vaqti-vaqti bilan joyida aylantirib, aralashtirib turish tavsiya etiladi. 
Urug'lar quritilgandan so'ng (urug'lar tarkibidagi namlik 14 -15% gacha 
tushgandan keyin) saralanadi.
Bunda asosan o'simlik qoldiqlari, puch va qorayib qolgan 
(mog'orlagan) yong'oqlardan tozalanadi. Kelgusi yil ekish yoki uzoq 
muddatga saqlab qo'yish uchun yaxshi quritilgan, to'q urug'li, po'stlog'i 
qoraymagan, mexanik zararlanmagan, navga xos tipik, yirik yong'oqlar 
ajratib olinadi.
Ushbu urug'liklar 20 kilogrammli mato qoplarda xona harorati
13 °C dan past va havoning nisbiy namligi 65-70% yaxshi 
shamollatiladigan xona sharoitida yog'och stellajlarda saqlanishi tavsiya 
etiladi. Urug'liklar saqlanayotgan xona vaqti-vaqti bilan shamollatib 
turilishi, o'z vaqtida kemiruvchilarga qarshi dorilanishi lozim.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling