X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Yerni ekishga tayyorlash.
Yerni ekishga tayyorlash ishlari 
o'tmishdosh o'simiiklarni qoldiqlarini tozalashdan boshlanadi. Yigib 
olingan begona o't qoldiqlarini daladan olib chiqib tashlash talab etiladi, 
Kuzgi shudgordan oldin gektariga fosforli va kaliyli o'g'itlaming yillik 
me‟yorining 70-100 foizi beriladi va yer 30-35 sm chuqurlikda shudgor 
qilinadi. O'tmishdosh o'simlikka gektariga 20-30 tonna chirigan go'ng 
(chirimagan go'ng solish mutlaqo
341 


taqiqlanadi) berilishi ham hosildorlikni 25-35 foizga oshirishi 
tadqiqotlarda kuzatilgan. Ekin maydonning chetlari begona o'tlar - dan 
tozalanishi va to„rtburchak shaklida uvatlari to„la shudgorlanishi lozim.
Bahorda yer tobiga kelganda ekishga tayyorlanadi. Ya‟ni chizel, 
borona qilinadi. Tuproqning holatiga qarab qo'shimcha agrotexnik 
tadbirlar o'tkazilishi mumkin.
Ayrim hollarda shudgorlash ishlari bahorda kechikib amalga oshiriladi. 
Bunday hollarda esa, dalada kesak ko'chishi kuzatiladi. Bunday paytda 
tuproq yetilishi bilan qishloq xo'jalik mashinalari sirkon yoki disklar 
yordamida kesaklami maydalash tavsiya etiladi. Aks holda, yirik kesaklar 
ekish jarayonida urug'lar bir tekis chuqurlikka tushmasligiga, urug' 
sarfining yuqori bo'lishiga, sug'orish ariqlarining sifatiga salbiy ta‟sir 
ko'rsatadi.
39- 
rasm. Yeryong'oq poyasi va 
urug'i. 342


Ekish.
Urugiik uchun sog'lom, yirik yong„oqlar tanlab olinadi va 
qoi mehnati yordamida ekishdan 20-30 kun avval qobig„idan ajratib 
tayyorlanadi. Yeryong'oq 0„zbekistonning janubiy viloyatlarida 
aprelning birinchi o„n kunligida, Toshkent va Farg„ona vodiysi 
viloyatlarida aprelning uchinchi, shimoliy hududlarida mayning birinchi 
o„n kunligida tuproq harorati 15-17 °C dan yuqori bo'lganda, yengil 
mexanik tarkibli tuproqlarda 6 sm, o'rta va og'ir mexanik tarkibli 
tuproqlarga 4-5 sm chuqurlikda ekish tavsiya etiladi. Tomorqa 
xo'jaliklarda kichik maydonlarga tekislangan mayin tuproq hosil 
bo'lgach qator oralig'i 70 sm jo'yaklar olinadi va pushtaga urug'lar qo'l 
mehnati yordamida bir qator qilib ekiladi. Yeryong'oq yetishtirishda 
qator oralig„i 60 sm kenglikda ham ekish mumkin bo'lib, bu asosan 
tuproq-iqlim sharoitiga va navning biologik xususiyatlariga (poyasining 
tuzilishi va balandligiga) bogiiq.
Katta ochiq maydonlarga va yosh bog'lar qator oralariga 
yeryong'oq ekishda texnikadan foydalanish iqtisodiy tomondan samarali 
hisoblanadi.
Texnika yordamida ekiiganda ekish jarayonida urugiarning 
mexanik zararlanishi, tuproq yuzasiga tushib qolishi va boshqa qator 
holatlarni hisobga olgan holda ekish me‟yori 15-20 foizga oshiriladi.
Yeryong'oq urug'liklarini texnika yordamida ekishda yerning 
yuqori sifatda tayyorlanishi juda muhim hisoblanadi. Chunki, yer 
notekis, kesakli boisa urugiik bir tekisda tushmasligi va urugiarning 
tuproqda yaxshi ko'milmay qolishi bilan birga, pushtalar qiyshiq -qing'ir 
boiishi, bu o'z navbatida kultivatsiya jarayonida ko'plab o'simliklami 
qirqilib ketishiga sabab boiadi.
Seyalkalar yordamida urugiar ekilgandan keyin tuproq tarkibida 
namlik yetarli bo'lsa, urug' suvi berilmaydi. Urugiar tola unib 
chiqqandan keyin kultivatsiya qilinib sug'orish ariqlari olinadi. Bahor 
oylari quruq kelganda esa, urugiar ekilgandan keyin urug' suvi beriladi. 
Buning uchun sug'orish ariqlari ochiladi.
Respubiikamizda tuproq-iqlim sharoitida yeryong'oq ekish uchun 
maxsus seyalkalar mavjud emas. Biroq katta maydonlarga yeryong'oq 
ekish uchun Turkiyada ishlab chiqilgan seyalkalaridan foydalanish 
maqsadga muvofiq bo'lib, uruglarni bir me‟yorda, bir
343 


xil chuqurlikda ekish, ustini tuproq bilan sifatli yopish operatsiya - larini 
bajarishda Ruminiya (SPCH-4-6-8M) seyalkalaridan ustun- likka ega 
ekanligi tajribalarda aniqlandi.
0„zbekiston tuproq sharoitida yeryong'oq uchun maqbul o'simlik 
qalinligi “Toshkent-112”, “Salomat” navlari uchun 70x8: 70x10 sm, 
“Qibray-4”; “Mumtoz” va “Lider” navlari uchun 70x12; 70x15 sm. Ekish 
me‟yori “Toshkent-112” va “Salomat” navlariga (70x10 sm) har gektarga 
150 ming ko'chat, ekish me‟yori 70-85 kg/ga, “Mumtoz”, “Qibray-4” va 
“Lider” navlariga (70x15 sm) har gektariga 100-110 ming ko'chat, 
urug'lik ekish me‟yori esa 85-100 kg/ga tavsiya etiladi.
Seyalkalar yordamida urug'lar ekiiganda urug'laming mexanik 
zararlanishini, kesakli joylarda to'liq keraklicha tuproq bilan yopilmay 
qolish holatlarini hisobga olgan holda ekish me‟yorini
10- 
15 foizga oshirish tavsiya etiladi. Asosiy suv yo'llari tozalanadi va 
yer nishabiga qarab har 70 -100 metrda o„q ariqlar ochiiadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling