X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Fabaceae duk-  kakdoshlar oilasiga,  Arachis hypogaeae L


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Fabaceae
duk- 
kakdoshlar oilasiga, 
Arachis hypogaeae L.
avlodi va turiga kiradi.
Yeryong'oq (Arachis hypogaea L.) 
Fabaceae
oilasiga mansub 
bo'lib, bu oila o'z navbatida yetmishdan ortiq turlami o'z ichiga oladi. 
Shundan faqat bitta turi 
Arachis hypogaea L.
Madaniy- lashtirilgan 
bo'lib, xalq xo'jaligida keng foydalaniladi. Madaniy yeryong'oqning 
ikkita (
Hypogaea
va 
Fastirgiata
kenja turlari bo'lib, ular o'z navbatida 
Hypogaea {hypogaea hirsuta), fastirgiata (fastirgiata, vulgaris
peruviana, aequatoriana)
botanik nav guruh- lariga bo'linadi.
Har bir botanik nav guruhlariga mansub o'simliklar o'ziga xos 
morfologik xususiyatlarga ega bo'lib, bir-biridan o'suv davri, poya- 
sining rangi, yon shoxlarining soni, urug' rangi, hajmi, o'lchami, 
gullarining poyada joylashish o'mi va boshqa belgilarining tuzilishi bilan 
farq qiladi.
Yeryong'oqning asosiy morfologik belgilaridan biri bu - poyasining 
tuzilishidir. Yeryong'oqning poyasi tik o'suvchi, yarim tik o'suvchi va 
yer bag'irlab o'suvchi xillari mavjud bo'lib, Respublikamiz tuproq-iqlim 
sharoitida asosan poyasi tik o'suvchi va yarim tik o'suvchi guruhga 
mansub navlar yetishtiriladi.
BiologiyasL
Yeryong'oq issiqsevar, namsevar, yorug'sevar va qisqa 
kun o'simligidir. Yeryong'oq issiqsevar o'simlik hisoblanadi. Dala 
sharoitida yeryong'oq urug'lari 15-16 da 13-15 kunda, 19-20 da 10-11 
kunda, 25-26 da esa 6-8 kunda unib chiqadi. Maysalar o'nib chiqqandan 
keyingi 25-27 kunlari havo harorati o'rtacha 25- 30 bo'lganda gullash 
jarayoni jadallashadi. O'sish davri tezpishar navlarda vegetatsiya davri 
120-125 kun, o'rtapishar navlarda 125- 130 kun, kechpishar navlarda 
140 kundan ortiq.
Yeryong'oq unumdor, g'ovakli, yaxshi ishlov beriigan va begona 
o'tlar bosmaydigan yerda mo'l hosil beradi. Og'ir sho'rxok va botqoq 
tuproqlar yeryong'oq uchun yaroqsizdir.
36

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling