X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

.
2.
1
.
2.
3.
3.
7.5. Yeryong'oq (araxis) 
Ahamiyati.
Yeryong'oq (xitoy yong'og'i) — qimmatli moyli va oziq-
ovqat o'simligidir. Yeryong'oq dunyoning juda ko'p mamla katlarida jams 
23,7 mln. gektar maydonda yetishtirilib, gektariga o'rtacha hosildorlik 1,4 
tonnani tashkil etadi. Yetishtiriladigan eng ko'p mahsulot Hindiston, Xitoy 
va Amerika Qo'shma Shtatlarining 
336


ulishiga to'g'ri kelib, aynan shu mamlakatlarda yetishtirilgan mah - 
sulotning 60-80% qayta ishlanadi. Dunyo bo„yicha eng yuqori 
hosildorlik Xitoy (2,5-3,0 t/ga) va Amerika Qo'shma Shtatlarida (3,0-
4,0 t/ga) qayd etilgan. Respubiikamizda bu ko„rsatgich or'tacha 1,5 - 1,8 
t/ga dan, ilg'or innovatsion yetishtirish texnologiyalari joriy etib 
parvarishlanganda, engyo'qori hosildorlik 3,7-4,1 t/ga tashkil etgan.
Yeryong'oq urugining tarkibida 48-50% yengil hazm bo'luvchi moy 
boiib, sanoatda undan xushta‟am “araxis” moyi ishlab chiqariSadi. 
Yeryong„oq moyi mazasi bo„yicha zaytun moyidan qolishmaydi. 
Yeryong'oq moyidan turli sabzavot ekinlaridan yuqori sifatli konservalar 
va margarin tayyorlashda, qandolatchilik hamda parfumeriya sanoatida 
keng qoilaniladi. Birgina qandolatchilik sohasida yeryong„oq 60 dan 
ortiq mahsulotlar jumladan: is‟temol moyi, shokoladlar, pechene, holva, 
kofe, konfet, muzqaymoq va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda 
asosiy xomashyo hisoblanadi. Yeryong'oq mag'zi tarkibida moydan 
tashqari 26-28% yuqori sifatli yengil hazm boiuvchi oqsil, mineral va 
vitaminlar mavjud.
Yeryong'oq poyasi mineral va vitaminlarga boy boiib, to'yim- liligi 
bedadan qolishmaydi. Yeryong'oq moyi ishlab chiqarish jarayonida 
ajratib olinadigan kunjarasining tarkibini 48 foizini oqsil va 8 foizini 
moy tashkil etadi. Bu esa bo'rdoqichilik, cho'chqachilik va 
parrandachilikda bebaho oziqa hisoblanadi. Bundan tashqari, yeryong'oq 
kunjarasidan non mahsulotlari ishlab chiqarishda ham foydalaniladi. 
Yeryong'oq kunjarasi qo'shib tayyorlangan pechene va non mahsulotlari 
juda mazali bo'lib, narxi balandligiga qara- masdan xaridorgir 
hisoblanadi.
O'simlik qoldiqlari tarkibida katta miqdorda fosfor, kaliy mavjud 
boiib, tuproqni turli organik moddalar va minerallar bilan boyitadi.
Uy sharoitida yong'oqlaridan ajratib olingan po'stlogi chorva-
chilikda qish mavsumida yosh buzoqlar, sog'in sigirlar tagiga zax 
o'tkazmaslik uchun solinadi. Sanoatda esa, ushbu yong'oq po'stloq - 
laridan qurilish mahsulotlari (DSP, shovqindan himoyalovchi izolator 
vositalari) ishlab chiqarishda ham foydalanish mumkin.
35
35
Amanova М., Rustamov A., AUanazarova L., Xudayqulov J. “Yeryong'oq ekinini yetishtirish 
agrotexnikasi bo'yicha tavsiyanoma”. “NISIM”, Toshkent-2016. 8-bet.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling