X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
- 7.4. Kunjut Ahamiyati.
Hosilni yig„ib olish.
Maxsar yetilganda to„kilmaydi, urug'i to„la yetilganda don kombaynlari yordamida yig„ib olinadi. Yanchilgan urug„ don tozaiaydigan mashinalarda tozalanadi va usti yopiq omborlarda saqlanadi. Saqlanadigan urug'ning namligi 13% dan oshmasligi lozim. Chorva mollariga ozuqalar tayyorlash uchun o„roq mashinalar yordamida o„riladi. Takrorlash uchun savollar: 1. Maxsarning xalq xo„jaligidagi ahamiyatiga ta‟rif bering? 2. Maxsarning ekin maydoni va hosildorligi? 3. Maxsar va kungaboqaming o„xshash xususiyatlari nimada? 4. Maxsarning qurg„oqchilikka chidamliligi? 5. Maxsarning gullaridan nima ishlab chiqariladi? 6. Maxsarning kunjarasi qayerda qo„llanadi? 7. Maxsar oziq-ovqatda qaysi 0 „simlik o„mida ishlatiiadi? 8. Maxsami ekish muddati va me‟yori qancha? 9. Hosili qanday yig„iladi? 10. Qanday namlikda urugiar saqlanadi? 7.4. Kunjut Ahamiyati. Kunjut eng qimmatli moyli ekinlardan biri boiib hisoblanadi. Uning uruglda 48-63% moy, 16-19% oqsil va 16-17% azotsiz moddalar mavjud. Kunjut moyi yuqori sifatli o„simlik moyi hisoblanadi. Uning moyi yarim quriydigan, yod soni 103-112 ga 331 teng, sovitish usuli bilan olingan kunjut moyi iste‟mol uchun eng yaxshi moy hisoblanadi, konserva, qandolat mahsuloti, margarin tayyorlashda va tabobatda ishlatiiadi. Qobig„idan tozalangan va urug'i maydalangan kunjutdan yuqori navli holva tayyorlanadi (taxin holvasi). Kunjut kunjarasida 40% oqsil, 8% moy bo'ladi, u qandolat sanoatida keng qo'llanadi va mollarga oziq sifatida beriladi. Tarixi. Kunjutning urug„i Misr firavnlarining piramidalarida topilgan. Kunjut moyi (sezam moyi) Aleksandr Makedonskiyning yurishlarida ko'p qo„llanilgan. Grek askarlari kunjut moyini badaniga surtib sovuqdan saqlanishgan. Ko„p olimlar kunjut Hindistondan tarqalgan deb hisoblashgan, chunki Hindistonda bu 0 „simlik qadimdan ekilib kelingan. Kunjutning kelib chiqishi to'g'risida olimlar bir xil fikrda emas. Kunjutning vatani deb Janubiy Afrika, Janubiy Osiyo (Hindiston) e‟tirof etilgan. Janubiy Afrikada kunjut ko„p ekilmaydi, ammo eng ko„p turlaming soni shu mintaqada uchraydi: 35 ta turidan 28 tasi Afrikada uchraydi. Yowoyi holda ham sezam turlari faqat janubiy Afrikada uchraydi. Aksariyat holda olimlaming ma‟lumotlari bo'yicha kunjut janubiy Afrikadan Efiopiya va Eritreya orqali Hindistonga o'tgan va shu hududda sharoit ma‟qul bo'lganligi tufayli keng tarqalgan. Hindistondan kunjut ikki yo'l bilan boshqa mintaqalarga tarqalgan. Birinchi yo'l - bu g'arb tomon: Afg'oniston, O'rta Osiyodan O'rta Yer dengiz sohillarigacha. Ikkinchi yo'l - Xitoy va Yaponiya, shu yerda juda ko'p mahalliy shakllari vujudga kelgan. Kunjut keng tarqalgan dala ekinidir. U Hindiston, Pokiston, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Eron, Afg'oniston, Isroil, Sudan, Misr, Somali, Siam, Braziliya, Meksika, Gretsiya, Bolgariya, Italiya, Ispaniya, O'rta Osiyo, Kavkazda ekilmoqda. Yer yuzida ekin maydoni 9,4 mln. ga ni tashkil qiladi. O'rtacha hosil 5,1 s/ga, yalpi hosil 4,8 mln. tonna. O'zbekistonda so'nggi yillarda 3,05 ming. ga yerga ekilgan, o'rtacha hosil 4,1 s/ga bo'lgan. Suvli yerlarda 12- 15 s/ga hosil beradi. 34 Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling