X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Pedagogik texnologya 
“Nima uchun” sxemasi 
Muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo„yicha fikrlar 
zanjiri.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi.
Savol: Nima uchun kungaboqar bir dalaga takroran ekiiganda 
hosili kamayadi?
Nima uchun? 
Nima uchun? 
7.3. Maxsar 
Ahamiyati.
Urug'ining tarkibida 17-37% yarim quriydigan oq- 
sariq rangli moy bo„ladi. Po„sti tozalangan urug'dan olingan moy 
o„zining ta‟m sifati bo'yicha kungaboqar moyidan qolishmaydi.
Moyi oziq-ovqat uchun margarin tayyorlashda, shuningdek, u 
texnik ahamiyatga ega bo'lib, alifmoy, linoleum, sovun va boshqa 
mahsulotlar olinadi. Kunjarasi achchiq bo'ladi. Shuning uchun o'g'it 
sifatida ishlatiiadi. Lalmi yerlarda pichan, ko'kat va silos uchun ekiladi, 
uni tuyalar, qo'ylar va qoramol yaxshi yeydi. Maxsar ekilgan maydon 
qorakul qo'ylari uchun yaxshi yaylov hisoblanadi.
Tarixi.
Qadimdan Misr va Hindistonda ma‟lum bo'lgan, gul- 
barglaridan tayyorlangan bo'yoqlar keng qo'llanilgan. Eramizgacha
327 


bo„lgan XVI asrga oid qazilmalarda maxsarning qurigan gullari topilgan. 
Arab tilida «usfur» deb nomlangan. Shu nomdan ruscha nomidan kelib 
chiqqan deb hisoblanadi. Qadimdan Hindistonda sanskrit lug„atida 
maxsar qadimiy ekin deb qayd qilingan. Hindistonda maxsarning barcha 
botanik tur xillari saqlangan. Hindistondan maxsar Xitoyga keltirilgan. 
Maxsar ekilishi to„g„risida Grek olimiari Dioskorid va Pliniy o„z 
asarlarida qayd qilishgan. Madaniy ekin sifatida maxsar Shimoliy 
Afrikada, Old Osiyoda, Afg„onistonda, Mesopotamiya, Kichik Osiyo, 
Suriya, Falestin, Kavkazorti Birlashgan Arab Amirligi, Eron, O'rta va 
Janubiy Amerikada ekiladi va Turkmanistonda keng ekilmoqda. 
Turkmanis- tonda maxsar moyi oziq-ovqatda va chiroq yondirishda 
ishlatilgan. Paxtachilik rivojlangan sari maxsar ekini kamaygan, chunki 
chigit moyi iste‟mol qilingan. Yevropaning janubiy rayonlarida, Fransi- 
yada ekila boshlangan. Maxsar avval faqat bo„yoq ishlab chiqarish uchun 
ekilgan. Ammo, sun‟iy anilin ishlab chiqilishi bilan maxsardan bo„yoq 
ishlab chiqish to'xtatiladi, maxsar moyli ekin sifatida saqlangandi. Maxsar 
eng ko„p Hindistonda ekiladi.
FAO ma‟lumoti bo„yicha 2015-yili yer yuzida maxsar 7,82 mln. ga 
maydonga ekiladi, o„rtacha hosil 8,5 s/ga ni tashkil qiladi, yalpi hosili 
6,47 mln t.
0„zbekistonda 
2015-yilda 
58,6 
ming 
gektarga 
ekilgan. 
Qurg„oqchilikka chidamli bo'lganligi uchun u lalmi yerlarda keng 
tarqalgan. Lalmi yerlarda undan 3-4 s/ga urug„ va 45-60 s/ga ko„kat 
olinadi yoki 16-23 s/ga pichan olinadi.
33

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling