X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Sistematikasi.
Maxsar qoqidoshlar Asteraceae oilasiga va Carthamus 
tinctorius L. avlodi va turiga mansub (37-rasm) bir yillik 
0
„simlik. 
Maxsar avlodi o„z ichiga 19 ta tumi oladi, ammo faqat bitta madaniy turi 
ekiladi. Bu tur 5 ta tur xillariga boiinadi. Tur xillar morfologik belgilari 
bilan farq qiladi.
BiologiyasL
Maxsar 
quruq 
kontinental 
iqlim 
o'simligi, 
qurg'oqchilikka va juda issiqqa chidamli. Maysa 8-10 kunda unib chiqadi. 
O'sish davri. 95-135 kun davom etadi, maysa 2-5 °Cda unib chiqadi, 
muqobil harorat 22-25°C, maysasi -3-6 °C sovuqqa bardosh beradi. 
Gullash va pishish davrida issiqlikka juda talabchan
33
wu w.FAOstat. fao.Qrg-2017 y. 
328


bo„ladi. Yog„ingarchilikda gullar changlanmaydi. Qisqa kun o'simligi.
Tuproqqa talabchan emas sho„rga chidamli. Botqoqlangan va 
nordon tuproqlarda yetishtirilmaydi.
Kasalliklari va zararkunandalari: Ko„k chirish.
Bu kasallikni ham 
maxsar zamburgiari chaqiradi. Kasallangan o„simliklaming ayrim tuplari 
va shoxlari so'lib qoladi, so'ligan barglari qo„ng„ir rangga kiradi, 
poyalari chirib, ho„l modda hosil qiladi. Maxsar o'simligi bir necha xil 
kasalliklar bilan kasallanadi.
Zang
bilan kasallanganda bargining orqa tomonida zarg'aldoq 
rangli shishlar paydo bo'ladi. Keyinchalik bu dog'lar qo'ng'ir yoki qora 
rangga kiradi. Zararlangan o'simlik sarg'ayib, barglari so'liydi.
Qo„ng„ir rangli barg kasalligi
ham maxsarda ko'p uchraydi. Bunda 
maxsar bargining yuza qismida dumaloq qo'ng'ir dog'lar paydo bo'ladi, 
ular asta-sekin qo'shilib, katta dog'ga aylanadi. Kasallangan barglar 
sarg'ayib, quriydi. Maxsarga kasalliklar boshqa o'simliklarga nisbatan 
kuchsiz ta‟sir etadi. Kasallansa ham uning hosildorligi keskin pasayib 
ketmaydi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling