X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Maxsar zangi
kasalligini 
Puccihia Carthami Cord
zamburug'i 
chaqiradi. Maxsar zangi kasalligi hamma ko'rinishlari bo'yicha xuddi 
kungaboqar zangini eslatadi. Maxsar zangi sporalari ham o'simlik 
qoldiqlarida saqlanib qoiadi.
Maxsar biti
ham boshqa bitlarga o'xshab o'simlikning barglari. 
poyasi va gullariga joylashib, hujayra shirasini so'rib umr ko'radi. 
Maxsar bitining ikki turi qanotlisi va qanotsizi bor. Qanotli biti biroz 
kichikroq bo'lib, uzunligi 2,5-3,5 mm. Qanotsizi esa 2,5-
4,0 mm kattalikda, tanasi qoramtir yoki to'q jigarrangli yaltiroq bo'ladi.
Qanotsiz bitning tanasi nokka o'xshab do'ppaygan, noksimon. 
Qomida qator joylashgan tukli dumboqchalari bor. Mo'ylovi tanasidan 
kaltaroq, shira so'rish naychasi cho'zinchoq bo'lib, qora rangda. Qanotli 
bitning mo'ylovi tanasidan ko'ra uzunroq. Qanotsiz bit oval, cho'zinchoq 
shaklda, mo'ylovi kalta va tanasining yarmicha keladi.
Bit o'sish davrini erta boshlagani uchun maxsarga shoxlash davrida 
o'tadi. O'sish-rivojlanish davri maxsarning shoxlash, gullash va meva 
hosil qilish davrlariga to'g'ri keladi. Bitlar may
329 


oyidan oktabr oyigacha o'sirnlikda yashaydi. Bit tushganidan keyin 
o'simlik zaiflashadi. Bitlar O'zbekistonda ko'p uchraydi.
Navlar:
“G'allaoro!” “Milyutinskiy-l14”, “Nodir”.
Maxsar quruq kontinental iqlim o'simligi, qurg'oqchilikka va issiqqa 
juda chidamli.
O'sish davri 95-135 kun davom etadi, maysa 2-5 °C da unib chiqadi, 
muqobil harorat 22-25 °C, maysasi -3 -4 °C sovuqqa bardosh beradi.
Zararkunandalardan maxsar uzun tumshug'i, maxsar chivini bilan 
zararlanadi. Urug'i tikanakli va tikansiz bo'ladi. Tikansiz maxsar urug'i 
ekiladi.
Yetishtirish texnologiya.
Maxsar urug'i dukkakli don ekinlaridan 
bo'shagan yerlarga ekiladi. Maxsar ekiladigan shudgor chimqirqarli plug 
bilan 22-24 sm chuqurlikda haydaladi. Bahorda borona qilinadi va 
ekishdan oldin 6-8 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinib, ketidan 
boronalanadi.
Ekish.
Ekishga toza, yirik urug'lar ajratiladi. Unuvchanligi sifatiga 
qarab 85-95% bo'lishi kerak. Maxsar erta bahorgi don ekinlari bilan bir 
vaqtda ekiladi. Maxsami kuzda ham ekish mumkin, ammo hosil kamroq 
bo'ladi.
37-rasm. Maxsar o'simligi.
Maxsar keng qatorlab - qator orasi 60 sm qilib ekiladi. Bahorda ekiiganda 
6-8 kg, kuzda 8-10 kg/ga urug' ekiladi. Ekish
330 


chuqurligi bahorda 4-6 sm, kuzda 5-7 sm boiadi. Ko„kat olish uchun 
maxsar 30-45 sm kenglikda ekiladi, gektariga 12-15 kg ekiladi.
Parvarishlash.
Maxsar mexanizatsiya yordamida yetishtiriladi. 
Donchilikda qollanadigan mashinalar maxsarga ham to„g„ri keladi. Erta 
o„sib chiqqan begona o„tlar, bahorda hosil boladigan qatqaloq va 
qatorlar ko'ndalangiga borona bilan ishlanib, yo„q qilinadi. Kuzda 
ekilgan maxsar ekini erta bahorda ko„ndalangiga borona qilinadi, o„suv 
davrida qator orasi 2-3 marta ishlanadi. Maxsar tog„ va tog„ oldi lalmi 
yerlarida yoppasiga qatorlab 25 kg/ga hisobida ekiladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling