X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

354


Biologiyasi. 
Kanakunjut issiqsevar, yorug„sevar, namsevar 
o„simlikdir, unumdor yerda yaxshi o„sadi. 0„sish davri 120-150 kun. 
0„g„itga, ayniqsa, azotga ta‟sirchan o„simlik.
Ekiladigan navi «Xersonskaya-Ю».
Yetishtirish texnologiyasi 
O„tmishdosh. Kanakunjut kuzgi don, dukkakli-don ekinlaridan 
bo„shagan yerlarga ekiladi.
Yerga ishlov berish. Kanakunjut chuqur, ya‟ni 27-30 sm shudgor 
qilib haydalgan yerga ekiladi. Erta bahorda boronalanadi va
1- 2 marta kultivatsiya qilinadi, shudgor oldidan 10-12 t go„ng, 60- 80 
kg fosfor solinadi.
Ekish. Ekish chuqurligidagi yer 12 °C gacha isiganda ekish 
mumkin. Bu aprel oyiga to„g„ri keladi. Ekishdan oldin urugi 
TMTDning 80% li eritmasi bilan ishlanadi (4 kg/t). Keng qatorlab 
ekiladi, qatororasi 70 sm, ekish sxemasi 70 x 20 sm, urug„ SUPN-8, 
SPCH-6 MF yoki makkajo'xori va chigit ekiladigan seyalkalarda 
gektariga 50-80 ming dona unuvchan urug„ ekiladi. 0„simlik tup soni 
30-40 ming/ga, kam shoxlanadigan navlari uchun 50-60 ming/ga. Ekish 
chuqurligi 6-8 sm.
Begona o„tlarga qarshi kurashish. Begona o„tlarga qarshi ekishdan 
oldin treflan (3-5 1/ga), maysalanishdan oldin 2,4 D 500 (1,6-2,0 1/ga) 
bilan ishlanadi.
Sug„orish. Maysalanish boshlanganda qator orasiga ishlov beriladi 
va 3-4 marta sug„oriladi. Gullash va meva hosil qilish davrida ikki 
marta sug„oriladi.
Hosilni yig„ish. 0„simlikda 4-5 ta chinbarg rivojlanganda asosiy 
poya va yon shoxlaming uchlari chilpiladi, bu tez rivojlanishga yordam 
beradi.
Bir vaqtda yetilishi uchun defolatsiya qilinadi, buning uchun 10 -
15 kg 100 1 suvga magniy xlorati qoilaniladi. Barglari 8-10 kundan 
keyin quriydi va to„kiladi.
Hosil KKS-6 KKS-9 kombaynlari yordamida yig'iladi yoki 
shingillar kesib olinadi, quritiladi, yoriladi va don tozalash 
mashinalarida tozalanadi. Saqlanadigan urugiarning namligi 8% dan 
oshmasligi lozim.
355 


7.8. Raps
Ahamiyati. Urug„ tarkibida 32-50% moy, 23% oqsil bo'ladi. Moyi 
yarim quriydigan, oziq-ovqatda va texnikada ishlatiiadi. Rapsdan ko„kat 
kam olinadi hamda ko„k o'g'it (siderat) sifatida ishlatiiadi. Moy 
olingandan keyin qoladigan kunjara va shroti yuqori to'yimli ozuqa 
hisoblanadi, ularning tarkibida 45% gacha oqsil bo„ladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling