X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
fosfor miqdorining kuzgi bug„doy hosildorligiga
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.10. Urug„shunoslik
fosfor miqdorining kuzgi bug„doy hosildorligiga
ta‟siri _ ______________________________________ 19-jadval Fosfor miqdori, mg/100 g. Fosforni o„zlashtirish koeffitsiyenti,% 5 7 10 14 17 20 5 6,5 9,1 13,0 18,2 22,2 26,0 10 13,0 18,3 26,0 36,6 44,3 52,0 15 19,6 27,4 39,2 54,8 66,5 78,4 20 26,1 36,5 52,2 73,0 88,7 104,4 25 32,6 45,6 65,2 91,2 110,0 130,4 1.10. Urug„shunoslik Dala ekinlarining hosildorligi va mahsulotning sifati ekish uchun ishlatiladigan urug„ning urugiik sifatlariga bogiiqdir. Urug„ tirik organizm hisoblanib, uning murtagidan kelgusida o„simlik rivojlanadi. Shuning uchun urugiik boiajak o„simlikning biologi- yasi, xo„jalik va nav xususiyatiarini o„zida mujassamlashtirgan boiadi. Shu sababdan dehqonchilik tarixida urugiikning sifat belgilariga katta e‟tibor berib kelingan. Urug„lar uch xil sifat belgilariga ega: 1. Urugiikning sifat belgilari, ya‟ni ekishga yaroqli boiishi (unib chiqish darajasi, energiyasi, o„sish kuchi va tozaligi). 2. Nav tozaligi: urug„ning maium bir nav tozaligiga ega boiishi, uning reproduksiyasi. 3. Urugiikning hosildorlik xususiyatlari - urug„ning maium bir sharoitda yuqori hosil berish xususiyatlari. Urugiik va nav tozaligi sifat belgilaridan tashqari, 1000 dona urug„ning massasi (ogirligi), katta-kichikligi, yirikligi, zichligi, urug„ning bir xil yiriklikda boiishi ham katta ahamiyatga ega. Urug„shunoslik fani - biologik fan boiib, urug„ning rivojlanishi va hayoti, tashqi muhit faktorlariga talabchan!igi, yuqori sifatli 55 urug„lik yetishtirish texnologiyasi, urug„ni ekishga tayyorlash usul- larini o„rganadi. Bundan tashqari, urugiik xususiyatlarini aniqlash uslubini oiganadi. Demak, urug„shunoslik fani - ekish uchun ishlatiladigan urugiik bilan shug„ullanadi va uning maqsadi urugiik sifatini yaxshilashdir. U o„z ilmiy izlanish uslubiga, urugiik sifatini aniqlash uslubiga ega. Shuning uchun urug„shunoslik mustaqil fanlarga qo„yilgan talablarga toiiq javob beradi. Urug„shunoslik urug„chilik fanidan farq qiladi. Urug„chilik fanining vazifasi - yangi navlaming urugini ko„paytirish tizimini, uning nav tozaligini saqlab qolish va xo'jaliklarni shunday urugiar bilan ta‟minlashdan iboratdir. Dunyoda birinchi urug„ nazorat stansiyasi 1869-yili Germa- niyada professor F.Nobbe so„ngra 1877-yili Rossiyada professor A.F.Batilin tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda urugiikning har bir sifat ko„rsatkichlari davlat andozasi bilan belgilanadi va uning nazoratini markaziy urugiikni nazorat qilish rasadxonasi olib boradi. Madaniy o„simliklaming hayotiy davri urug„dan-urug„gacha hisoblanadi. 0„simlikshunoslikning asosiy maqsadi - bitta urug„ ekib hosil olgan holda, uni ko„p marta ko„paytirib olishdan iborat. Urug„ni har tomonlama va chuqur o„rganishning ahamiyati ham shundan iboratki, urug„ning tinim davrida har xil noqulay sharoitlarga qarshi turishi, o„zining hayotchanligini yo„qotmasligi, uzoq muddat yaroqli holda turishi, bir dona o„simlikning o„ziga o„xshagan ko„p sonda o„simlik berishi, ularning mustaqil ravishda ko„payishidan hamda bu xususiyatlarga ega boiishi maium bir vaqtda o„simlikni hayotini qayta davom ettirishga imkon beradi. Urug„ o„z rivojlanishini tamom qilib, ona o„simligidan kerakli zaxira oziq moddalami olgandan so'ng uyadan ajraladi va o„zi mustaqil hayot boshlaydi. Ona o„simligining yaxshi rivojlangan boiishi, sogiomligi, baquvvatligi yuqori sifatli urug„ paydo boiishiga asos boiadi. Ekish uchun madaniy o„simliklaming urugi yoki mevasi ishlatiladi. Har qanday o„simlik pishish davrida meva tugadi va yetilgan meva beradi, Dukkaklilarda mevasi dukkak, donli o'simliklarda don, g„o„za, zigirda ko„sak va boshqalardir. Yigish 56 hamda yanchish davrida meva qobiqlari yoriladi, ulardan urug„ ajraladi va ekish uchun olinadi. Ba‟zi bir mevalarda meva urug' qobiqlari bilan qo„shilib ketgan boiadi yoki bir necha mevalar bir-biri bilan qo„shilib o„sadi, masalan, g„allasimon o„simliklaming donida va qand lavlagining mevasi - yong„oqchada ko„rish mumkin. Shuning uchun nafaqat urug„, balki mevalar ham ekish uchun ishlatiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling