X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Ekish muddati va me‟yori.
Sebarga erta bahorda oddiy don yoki 
don-o„t ekadigan seyalkada ekiladi. Sof holda gektariga 12-16 kg, urug„ 
olish uchun keng qatorlab ekilsa 6-8 kg ekiladi. Boshqa o„tlar bilan 
qo„shib ekilsa gektariga 6-10 kg urug„ sepiladi. Qizil sebarga bedaga 
o„xshab qoplovchi o„simliklar bilan ham ekiladi. Urug„i mayda 
bo„lganligi uchun ekish chuqurligi 2-3 sm bo„ladi.
Navlari:
UzROS-73, Uzbekistanskiy-3.
Parvarishlash.
Maysa unib chiqishidan oldin va maysalanish- dan 
keyin borona qilish tavsiya qilinadi. Sebarga bedaga o„xshab
240 


sug'oriladi. Barglarini toia saqlab, to„yimli ozuqa tayyorlash uchun gullash 
davrining boshlanishida o'riladi. 
Urug' olish uchun sebarga keng qatorlab ekiladi yoki ikkinchi yilgi 
sebarga urug' olish uchun ajratiladi. 
Hosilni yig„ish.
Yetilganda urug'i to'kilmaydi, gulto'plami 80% 
qorayganda hosil yig'ishtirib olinadi. Urugiik yanchiladi, tozalanadi va 
quritib omborlarda saqlanadi. 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Qizil sebarganing kelib chiqish markazi? 
2. Qizil sebarganing turlari? 
3. Morfologiyasida bedadan farqi nimada? 
4. Qaysi ekin bilan almashlab ekiladi? 
5. Ekish me‟yori qancha boiadi? 
6. Hosil qachon va qanday yig'iladi? 
4.4. 
Bargak 
Ahamiyati.
Bargak keng tarqalgan ozuqa beradigan o'simlik. 
Bargakning 100 kg pichanida turlariga qarab 53,5-54,0 oziq birligi va 11,9-
12,6 kg oqsil mavjud. Uni hamma chorva mollari xush ko'rib yeydi. 
Bargak ekinlari bilan mollar boqilganda timpanit kasalligiga uchramaydi. 
Bu o'simlik asal ham beradi, gektaridan 120-170 kg gacha asal yig'iladi. 
Bargak o'rmon, choi, tog' mintaqalarida keng tarqalgan. Lalmi 
yerlarda 20-75 s, sug'oriladigan yerlarda 150 s gacha pichan olish mumkin. 
Bir o'suv davrida 1-3 marotaba o'riladi. Urug' hosili 
6- 
18 s boiadi. 
Dukkakli o'simiiklar kabi bargak ham tuproqni azot bilan 
boyitadi, bir gektarda 100-200 kg azot to'planadi. 
Qurg'oqchilikka chidamli o'simlik bo'lganligi O'zbekiston uchun 
katta ahamiyatga ega. 0„zbekistonda sug'oriladigan sharoitda pichan hosili 
15/ga, lplmi yerlarda-25-30 s/ga ni tashkil qiladi. Amal davrida 2-3 
marotaba o'riladi. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling