X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sariq qashqarbeda - Melilotus ojfisinalis Pall
- Otmishdosh.
Ahamiyati. Qashqarbeda to'yimli oziq beradigan o'simlik, yuqori sifatli ko'kat, pichan, senaj va silos tayyorlanadi. Bir kilogramm ko'katida 17-25 g oqsil va 0,16-0,20 oziq birligi mavjud. Qashqarbeda dehqonchilikda ahamiyati katta, chunki qurg'oq- chilikka, sovuqqa va sho'rlanishga chidamli o'simlik, tuproqni azot bilan boyitadi, sho'rini kamaytiradi va asal beruvchi o'simlikdir. Qashqarbeda 2 yillik o'simlik bo'lib, uning 16 turidan ikkitasi ko'p tarqalgan: oq va sariq qashqarbeda. Oq qashqarbeda - Melilotus albus Mecdir 2 yillik o'simlik, ildizi o'q ildiz bo'lib yaxshi rivojlangan, poyasi o'tsimon, tik o'sadi, yaxshi shoxlanadi, balandligi 75-200 sm bo'ladi. Bargi murakkab uch bo'lakli, tukli va tuksiz, yumaloq va cho'zinchoq shaklda. Gullari barg qo'ltiqlarida joylashadi, shingil shakldagi gul to'plamiga ega. Dukkagi mayda, bir urug'li, usti to'rlangan, urug'i mayda, sarg'ish-yashil, 1000 ta urug'ining vazni 1,5 g. O'zbekis- tonda daryo qirg'oqlarida, ariq bo'yilarida ko'p uchraydi. Sariq qashqarbeda - Melilotus ojfisinalis Pall 1-2 yillik o„simlik o„q ildizli, poyasi tik o„sadi, sershox, antotsian rangli, bargi murakkab, uch bo'lakli. Shingili uzun, gullari sariq rangli, dukkagi mayda, bir urug'li, urug„i mayda, sariq yoki sariq-yashil, 1000 tasining vazni 1,3- 1,5 g. Sariq qashqarbeda oziq-ovqatda va farmakologiyada dorivor o„simlik sifatida foydalanadi. 245 BiologiyasL Qashqarbeda bioiogik xususiyati bo'yicha bedaga yaqin, ammo qishki qurg'oqchilikka chidamliligi bedaga nisbatan yuqori, namni ko„p talab qiladigan davri-gullash davri. Shu davrda suv yetishmasa bargi to'qiladi. Amal davri 80-135 kun. Bu ko'rsatkich bo'yicha mavjud tur xillari va navlari 4 ta guruhga bo'linadi: eng ertapishar 80-95 kun; o'rta kechpishar 95- 110 kun; kechpishar shakli 110-120 kun va juda kechpishar shakli 120-135 kun. Ertapishar shakllari shimoliy rayonlarda tarqalgan (Rossiya), o'rtakechpishar shakllari cho'l sharoitida tarqalgan; juda kechpishar shakllari O'rta Yer dengiz sohillarida tarqalgan. Sariq qashqarbedaning eng ertapishar shakli Kavkaz tog'larida tarqalgan (amal davri 85-90 kun), eng kechpishar shakllari Ozarbayjonda ekiladi (amal davri 130-140 kun). Shonalash davrida tez o'sib, sutkalik o'sishi 3-5 sm ga to'g'ri keladi. Erta bahorda o'sishi boshlanadi. Gullash davri tur xilla riga qarab 14-15 kun davom etishi mumkin. O'rtacha 8-14 kunni tashkil qiladi. Shingilning pastki qismidagi gullar oldin gullaydi. Shimoliy hududlarda gullash 14 -28 kun davom etadi, janubiy hududlarda 30- 45 kun davom etadi. Gullash boshlanganda qashqarbedaning poyasi 26-rasm. Qashqarbeda. 246 dag„a!lashadi. Mevasi yetilganda to„kiladi. Qashqarbedaning hamma turlari ildizida, poyasida, bargida, guiida va mevasida kumarin aromatik (xushbo'y) modda bor. Yetishtirish texnologiyasi O'tmishdosh. Qashqarbeda har xil o„simlikiardan bo„shagan yerlarda ekiiadi. Bir tonna pichan yetishtirish uchun tuproqdan 3 kg kaliy va 15 kg kalsiy olib chiqiladi. Ekish. Davlat andozalariga sifati bo„yicha to„g„ri keladigan urug 6 ekiladi. Urug„ erta bahorda ekiladi, gektariga 20-25 kg urug 1 sarflanadi, ekish chuqurligi 2-3 sm. Aksariyat holda qoplovchi ekinlar bilan ekiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling