X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

 
Ahamiyati.
Qashqarbeda to'yimli oziq beradigan o'simlik, yuqori 
sifatli ko'kat, pichan, senaj va silos tayyorlanadi. Bir kilogramm 
ko'katida 17-25 g oqsil va 0,16-0,20 oziq birligi mavjud.
Qashqarbeda dehqonchilikda ahamiyati katta, chunki qurg'oq- 
chilikka, sovuqqa va sho'rlanishga chidamli o'simlik, tuproqni azot bilan 
boyitadi, sho'rini kamaytiradi va asal beruvchi o'simlikdir.
Qashqarbeda 2 yillik o'simlik bo'lib, uning 16 turidan ikkitasi ko'p 
tarqalgan: oq va sariq qashqarbeda.
Oq qashqarbeda
Melilotus albus Mecdir
2 yillik o'simlik, ildizi 
o'q ildiz bo'lib yaxshi rivojlangan, poyasi o'tsimon, tik o'sadi, yaxshi 
shoxlanadi, balandligi 75-200 sm bo'ladi. Bargi murakkab uch bo'lakli, 
tukli va tuksiz, yumaloq va cho'zinchoq shaklda. Gullari barg 
qo'ltiqlarida joylashadi, shingil shakldagi gul to'plamiga ega. Dukkagi 
mayda, bir urug'li, usti to'rlangan, urug'i mayda, sarg'ish-yashil, 1000 ta 
urug'ining vazni 1,5 g. O'zbekis- tonda daryo qirg'oqlarida, ariq 
bo'yilarida ko'p uchraydi.
Sariq qashqarbeda
Melilotus ojfisinalis Pall
1-2 yillik o„simlik 
o„q ildizli, poyasi tik o„sadi, sershox, antotsian rangli, bargi murakkab, 
uch bo'lakli. Shingili uzun, gullari sariq rangli, dukkagi mayda, bir 
urug'li, urug„i mayda, sariq yoki sariq-yashil, 1000 tasining vazni 1,3-
1,5 g. Sariq qashqarbeda oziq-ovqatda va farmakologiyada dorivor 
o„simlik sifatida foydalanadi.
245 


BiologiyasL
Qashqarbeda bioiogik xususiyati bo'yicha bedaga yaqin, 
ammo qishki qurg'oqchilikka chidamliligi bedaga nisbatan yuqori, namni 
ko„p talab qiladigan davri-gullash davri. Shu davrda suv yetishmasa bargi 
to'qiladi. 
Amal davri 80-135 kun. Bu ko'rsatkich bo'yicha mavjud tur xillari va 
navlari 4 ta guruhga bo'linadi: eng ertapishar 80-95 kun; o'rta kechpishar 95-
110 kun; kechpishar shakli 110-120 kun va juda kechpishar shakli 120-135 
kun. Ertapishar shakllari shimoliy rayonlarda tarqalgan (Rossiya), 
o'rtakechpishar shakllari cho'l sharoitida tarqalgan; juda kechpishar shakllari 
O'rta Yer dengiz sohillarida tarqalgan. Sariq qashqarbedaning eng ertapishar 
shakli Kavkaz tog'larida tarqalgan (amal davri 85-90 kun), eng kechpishar 
shakllari Ozarbayjonda ekiladi (amal davri 130-140 kun). 
Shonalash davrida tez o'sib, sutkalik o'sishi 3-5 sm ga to'g'ri keladi. 
Erta bahorda o'sishi boshlanadi. Gullash davri tur xilla riga qarab 14-15 kun 
davom etishi mumkin. O'rtacha 8-14 kunni tashkil qiladi. Shingilning pastki 
qismidagi gullar oldin gullaydi. Shimoliy hududlarda gullash 14 -28 kun 
davom etadi, janubiy hududlarda 30- 45 kun davom etadi. Gullash 
boshlanganda qashqarbedaning poyasi 
26-rasm. Qashqarbeda. 
246


dag„a!lashadi. Mevasi yetilganda to„kiladi. Qashqarbedaning hamma turlari 
ildizida, poyasida, bargida, guiida va mevasida kumarin 
aromatik 
(xushbo'y) 
modda bor. 
Yetishtirish texnologiyasi 
O'tmishdosh.
Qashqarbeda har xil o„simlikiardan bo„shagan yerlarda 
ekiiadi. Bir tonna pichan yetishtirish uchun tuproqdan 3 kg kaliy va 15 kg 
kalsiy olib chiqiladi. 
Ekish.
Davlat andozalariga sifati bo„yicha to„g„ri keladigan urug
6
ekiladi. Urug„ erta bahorda ekiladi, gektariga 20-25 kg urug
1
sarflanadi, 
ekish chuqurligi 2-3 sm. Aksariyat holda qoplovchi ekinlar bilan ekiladi. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling