X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvga talabi.
- Oziqa va tuproqqa talabi
- Rivojlanishi
- Otmishdosh.
Issiqlikka talabi.
Urug'i 1-2 °C unib chiqadi. Maysa o'sib chiqishi uchun maqbul harorat +18+25°C. Bargak qishga chidamli ekin bo'lib hisoblanadi. Ayrim yillari -42-48 °C sovuqqa chidamligi qayd qilingan. Barglari sovuqqa chidamli. Bahorgi sovuqlar -12 °C boiganda ham nobud boimagan. 242 Suvga talabi. Bargak tipik kserofit. Ildizi yaxshi rivojlanib, tuproqqa 1 m chuquriikka kirib boradi va shu qatlamlardagi suvni yuqoriga chiqaradi. Transpiratsiya koeffitsiyenti 300-400 teng. Qurg'oqchil sharoitda bargak bedaga nisbatan 20-25% ga chidam- liroq. Suvni ko„p talab qiladigan davri-shonalash-gullash davrlaridir. Yorug„likka talabi Bargak yorugiikka talabchan 0 „simlik. Hosil yorugiik necha soat boiishi va necha kun davom etishiga bogiiq. Shuning uchun boshqa ekinlar bilan qo'shib ekiiganda bun- ga e‟tibor qaratish lozim. Boshqa ekin bargakdan yuqori bo„l- maganligi ma‟qul Oziqa va tuproqqa talabi Bargak qumoq, yumshoq va kam sho'rlangan tuproqlarda ekiladi. Xlor-sulfatli sho'rlanish (0,05- 0, 10%) urug„ unib chiqish quvvatini 2-3 barovarga kamaytiradi. Drug' unuvchanligi kamayadi, buning oqibatida hosil ham kama yadi. Shuning uchun sho„r!angan tuproqlarga ekilmaganligi ma‟qul. Bargak 1 t pichan yetishtirish uchun 6,7 kg fosfor; 18-20 kg kaliy, 11-12 kalsiy, 1,5-1,7 kg magniy sarflanadi. Bu o„g„itlami ildiz tizimini shakllanishidan oldin tuproqqa solinsa, natija ijobiy boiadi. Rivojlanishi Maysa ko„ringandan keyin birinchi oddiy barg, so„ngra 2-3 uchtalik barglar rivojlanadi. Keyingi barglarda juft barglaming soni ko„payaveradi. Maysa ko„rinishdan 1,5-2 haftadan keyin ildiz bo'yni tuproqqa kiradi va 2-2,5 sm gacha kiradi. Bu ayniqsa bargakning 2-3 yilgi hayotida kuzatiladi. Amal davrining birinchi oyida ildiz faol rivojlanadi va tuproq qa chuqur kirib boradi. Kuzatuvlar natijasi bo„yicha maysalanishdan 20 kundan keyin ildizning uzunligi poya uzunligidan 3-4 barobar uzun boiadi. Ekish usulining ta‟sirida barg soni 0 „zgaradi. Qalin ekiiganda barg soni bir tupda 15-20 dona, siyrak ekiiganda 36-50 dona boiadi. Bargi murakkab toqpatsimon boiib, bir bargdani bargchalar soni har xil boiadi. O'simlikning yuqorigi qismidagi barglarda 19 tagacha bargchalar boiadi. O'rimlardan keyin bargakning qayta o'sishi bedaga nisbatan oldin boshlanadi. Amal davri 110-120 kun. Kuzda o'rtacha sutkalik harorat 5 °C dan pasaysa o'sishdan to'xtaydi. 243 Yetishtirish texnologiyasi O'tmishdosh. Bargak dala, yem-xashak va tuproqni himoya qiiish, almashlab ekish tizimlarida ekiladi. Shuning uchun uning o„tmishdoshi har xil ekinlar boiishi mumkin. Bargak uchun eng yaxshi o'tmishdosh — kuzgi bug'doy, ko'kat uchun ekilgan makkajo'xori. Yem-xashak almashlab ekish tizimida bargak donli, yem- xashak, ildizmevali va boshqa ekinlardan keyin ekilishi mumkin. 0„g„itlash. Ekishdan oldin urug'ga nitragin bilan ishlov beriladi. Bu hosilni 5-6 s/ga oshiradi, Nitraginga molibden qo'shilsa, natija bundan ham yaxshi bo'ladi. Bir gektarga ekiladigan urug'ga 200 gramm molibden sarflanadi. Tajribalarda bu tadbir pichan hosilini 8,8 s/ga ko'paytirgan. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling