X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savoilar
Tuproqqa ishlov berish
. O'tmishdosh hosili yig'ilgandan keyin 5-7 sm chuqurlikda dalaga ishlov beriladi. Agar ildizi yaxshi rivojlangan begona o'tlar ko'p bo'lsa, bu ishlovning chuqurligi 10- 12 sm boiishini talab etadi. Begona o'tlar juda ko'p bo'lsa, bu tadbir takrorlanadi va dala chuqur 20 -25 sm haydaladi. Qurg'oqchil sharoitda kuzda yer haydaladi. Bahorda kultivatsiya o'tkaziladi va borona yurgiziladi. Ekish oldidan faqat kultivatsiya qilinadi va borogna yurgiziladi. Ekish. Urug' har xil qo'shilmalardan tozalanadi, nitragin bilan ishlov beriladi. Imkoniyat bo'lsa nitragin, molibden bilan ishlov beriladi. Bargak erta ekiladigan donli ekinlar bilan qo'shib ekilgani ma‟qul. Bargak erta ekiladi. Bahorgi ishlar boshlangandan 2-3 kundan keyin bargak ekiladi. Ekish me‟yori sug'oriladigan yerlarda sof ekiiganda 90-100 kg/ga. Ekish chuqurligi 3-4 sm. Nav: “Milyutinskiy-2” Parvarishlash. Qoplovchi ekinning hosili yig'ilgandan keyin somondan tez tozalanadi, o'rish balandligi 15-20 sm bo'ladi. Baland qolgan ang'iz bargakni quyosh nurlaridan, qishda esa sovuqdan saqlaydi. Keyingi yili bahorda borona ikki marotaba yurgiziladi, ang'iz maydalanadi. Tuproq yumshatiladi. Bargak pichan uchun o'rilgandan keyin boronalar bilan ishlov beriladi. Gullash davrida dalaga asalari uyalari olib chiqilsa, urug' hosili ancha oshadi, chunki gullar yaxshi changlanadi. 244 Hosilni yig 4 ish. Dukkaklaming 70% yetilganda hosil yig„iladi. Donchilikda qo„llaniladigan texnika yordamida ishlar bajariladi. Takrorlash uchun savoilar: 1. Bargakning morfologiyasi bo'yicha bedadan farqi ? 2. Bargak necha yil yashaydi? 3. Bargakning biologik xususiyati? 4. Ko'kat uchun ekish me‟yori 5. Bargakni ekish usuli? 6. Hosil qanday yig'iladi? 7. Bargak ko'kati va pichanining hosili qancha - s/ga hisobida? 4.5. Qashqarbeda Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling