X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Shabdar (Eron sebargasi) sebarga  Trifolium


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Shabdar
(Eron sebargasi) sebarga 
Trifolium
turkumiga mansub bir 
yillik o'simlik, turi - 
resupinatum L.
Ahamiyati.
Shabdardan tayyorlangan oziqalami chorva mollari xush 
ko'rib yeydi. Pichan tarkibida 15,2% oqsil, 6, 49% moy, 30,3 azotsiz 
ekstraktiv moddalar, bir kilo gramm pichanda 0,50 ozuqa birligi bor. 
Shabdar ko'p o'smliklarga yaxshi o'tmishdosh bb'lib hisoblanadi. Oq-
qovoq tajriba stansiyaning ma‟lumoti bo'yicha g'o'zaning hosili 
shabdardan keyin 24% ga oshgan. Shabdar bilan beda aralashmasi 
O'zbekiston va Tojikistonda ekiladi.
Yowoyi holda Osiyo, Yevropa, Shimoliy Amerikada uchraydi. Bir 
yilda 60-70 s/ga pichan, 1 -8 sentner urug' olish mumkin.
BiologiyasL
Shabdar namsevar, yorug'sevar va sovuqqa chidamli 
o'simlik, kuzda va bahorda ekilishi mumkin. Urug'i 5-6 °C haroratda 
yaxshi unib chiqadi, maysalari 5-6 °C sovuqqa chidaydi. Qishlov paytida-
25 °C sovuqqa ham chidaydi. Yer tanlamaydi, botqoqlangan va 
sho'rlangan yerga ekilmaydi. Shabdar hasharotlar yordamida chetdan 
changlanadi. Bir yilda 2-4 marta o'riladi, urug' yetilganda o'rilsa 
chiqmaydi. O'suv davri 80-130 kun, fitonomus bilan zararlanmaydi.
Yetishtirish texnologiyasi.
Shabdar sof holda yoki beda, афа, suli 
bilan birgalikda ekiladi.
Ekish.
Shabdar kuzda yoki erta bahorda don-o„t ekadigan SZT-47 
seyalka yordamida ekiladi. Gektariga 15-20 kg urug' ekiladi, ekish 
chuqurligi 1-2 sm. Kuzda ekiiganda ketma-ket suv beriladi.
248


Boshqa ekinlarga qo„shib ekilsa gektariga 8-10 kg urug
1
ekiladi. 
Ko'pincha bedaga qo„shib ekish tavsiya qilinadi. Shunday qilinsa birinchi 
o„rimning 85% ni, ikkinchi o'rimini 15% ni shabdar tashkil qiladi. 
Uchinchi oiimda shabdar deyarli qolmaydi. Bahorda ekiiganda shabdar 
donli ekinlarga qo'shib ekiladi, bunda gektariga 15 kg shabdar, 50-70 kg 
don ekinlari ekiladi. 
Sug'orish.
Sug'orish uchun oralig'i 60-70 sm egatlar olinadi. O'suv 
davrida shabdaming har bir o'rimi 2-3 marotaba sug'oriladi, gektariga 600-
800 nr suv sarflanadi. 

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling