X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

0„sishi va rivojlanishi.
Mart oyida ekilsa maysa 6-7 kunda ko'karib 
chiqadi, bir juft urug
1
bargi ko„rinadi. Maysalashdan keyin bitta oddiy 
barg rivojlanadi, so„ngra birinchi va navbatdagi murakkab barglar 
rivojlanadi. Maysasi ko„ringandan 65-80 kun o'tgandan keyin gullash 
boshlanadi. Gullash davri 15-20 kun davom etadi. Birinchi o'rimi 
urug'ga qoldirilsa maysalanishdan 110-120 kun o'tgandan keyin urug' 
pishadi. Agar ikkinchi o'rimdan urug' olinsa (birinchi o'rim ko'katga 
o'rilib), 155-160 kunda yetiladi. Ikkinchi va keyingi yillarda qizil 
sebargada bahorgi o'sish, poya chiqarish, shoxlanish, gullash va urug' 
yetilishi kuzatiladi.
Bahorda o'sish boshlanishida faqat bargi rivojlangan bo'ladi. Poya 
o'sish davrida tez yetilib, shoxlanadi. Shoxlanishidan gullashi- gacha 
o'sishi ancha sekinlashadi. Barg yuzasi yuqori ko'rsatgichga ega bo'ladi. 
Gullashdan urug' pishish vaqtigacha oziq elementlar- ning sarflanishi 
ortadi, fotosintez mahsuldorligi kamayadi, shuning uchun ildiz 
tuganaklarida azot o'zlashtiriladi. Bu rivojlanish xususiyati aniq 
bo'lgandagina eng qulay o'sish muddatini aniqlash mumkin.
Yetishtirish texnologiyasi
 
O'tmishdosh.
Qizil sebarga o'tloqi, o'tloqi-botqoq tuproqlarda 
sholi bilan almashlab ekishda qo'Ilaniladi. Qizil sebarga qoplovchi 
o'simliklar bilan ham birga ekiladi. Almashlab ekishda sebargadan
2- 
3-yil davomida foydalaniladi.
239


Yerni ishlash.
Yerni ishlash kuzgi shudgorlashdan boshlanadi. 
Bahorda borona qilinadi, ekishdan oldan diskalash yoki kultivatsiya bilan 
ketma-ket boronalanadi.
0„g„itlash.
Kuzgi shudgorlashdan oldin o„g„it solinadi. Organik 
o„g„itlardan 10-20 t/ga go„ng va 100 kg fosfor, 50 kg kaliy sof modda 
hisobida bir gektarga solish tavsiya qilinadi.
Ekishdan oldin urug„ni molibden bilan ishlov berish yaxshi natija 
beradi. Bir litr suvga 100-200 g molibdenli ammoniy solinib, urug
1
dorilanadi va so'ngra ekiladi. Molibden ta‟sirida hosil va uning sifati 
oshadi.
25-rasm. Qizil sebarga.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling