X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Kelib chiqishi va tarqalishi


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Kelib chiqishi va tarqalishi.
Qizil sebarga qadimdan beri Italiya va 
Gretsiyada ekilmoqda. Sebarganing har xil turlari Yevropa hududida Oita 
dengiz sohillarida Osiyo va Afrika togiarida uchraydi. Qizil sebarga yer 
yuzida 20 mln. ga dan ortiq yerga ekiladi. U AQSH, Polsha, Chexiya, 
Slovakiya, Angliya, Fransiya, Rossiyada ko„p ekiladi. 0„zbekistonda qizil 
sebarga oiloqi tuproqlarda, sholichilik xo„jaliklarida ko„proq ekilmoqda.
Hosildorligi.
Ilg„or xo„ jaliklarda gektaridan 400 s ko„kat, 60- 80 s 
pichan, 3 s urug„ yetishtiriladi. 0„zbekiston sholichilik instituti- ning 
maiumotiga ko„ra oiloqi botqoq, sizot suvlari yuza joylashgan 
tuproqlardan birinchi yili 70-90 s, ikkinchi yili 150-170 s pichan olinadi.
Botanik ta‟rifi.
Qizil sebarga dukkaklilar oilasiga va 
Trifolium 
turkumiga mansubdir, bu turkumga sebarganing bir yillik, ikki va ko„p 
yillik turlari kiradi. Ko„p yillik sebargadan eng ko„plab tarqalgani qizil 
sebarga 
T. pratense L. ,
pushti sebarga 
T. hyblidum L.
oq sebarga 
T. 
repens,
0„zbekiston togiarida sebarganing har xil turlari uchraydi.
Biologiyasi
Issiqlikka talabi.
Qizil sebarganing urugi 1-2 °C da unib chiqa 
boshlaydi. 0„sish va rivojlanishi uchun 15-29 °C talab qiladi. Birinchi 
yilgi sebarga -15 °C sovuqqa chidaydi. Ikkinchi va keyingi- yillari 
sovuqqa chidamliligi pasayadi. Qish mavsumida -8,5 °C sovuq boiganda 
40% o„simlik nobud boiadi. Ammo, agrotexnik tadbirlar bilan sovuqqa 
chidamliligini oshirish mumkin. Faol harorat yigindisi birinchi o„rim 
uchun 950 °C, ikkinchi o„rim uchun 600- 800 °C boiadi.
Qizil sebarga mo„tadil nam iqlimiga mos o„simlikdir, yog„in- 
garchilak miqdori 400-450 mm boigan mintaqada yaxshi o„sadi. 
Transpiratsiya koeffitsiyenti 400-600 ga teng. Issiqqa va sovuq havoga 
chidamaydi. 0„zbekistonda bu 
0
„simlik faqat sug'oriladigan sharoitda 
yetishtiriladi. Gullash davrigacha tuproq namligi dala nam
238


sig„imiga nisbatan 80%, gullashda 60% urug' pishish davrida 40% 
bo'lsa o„simlik yaxshi o„sadi. Shimoliy sebarga kunning yorug„lik davri 
o„zgarsa bo'g'in oraliqlari kamayadi, poyasi past bo„ladi, bo„g„in soni 
kam bo„ladi. Janubiy sebarga soyada ham o„saveradi, shuning uchun 
boshqa daia ekiniari bilan qo'shib ekish mumkin, ammo juda soya 
bo„lsa, tup soni keskin kamayib 10-15% saqlanadi.
Qizil sebarga har xil tuproqlarga ekiladi. Tuproq muhiti pH 4,5 
dan yuqori bo'lishi shart. Ko'pincha sholi bilan almashlab ekiladi.
Bir tonna pichan yetishtirish uchun 5-6 kg fosfor, 16-17 kg kaliy, 
15-17 kg kalsiy, 5,0-5,5 kg magniy sarflanadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling