X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Noqulay sharoitning ta‟siri


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Noqulay sharoitning ta‟siri. Donni shakllanishi va pishishiga ancha 
ta‟sir qiladi. Garmsel ta‟sirida don ancha erta yetiladi, biroq puch, 
burishgan boiadi va donning biologik hamda texnologik sifati pasayadi.
Don ekinlari qattiq shamol yoki yoglngarchilik ta‟sirida yotib 
qoladi. Bu holda ham don puch boiadi, hosil kamayadi.
Don ekinlari hosildorligi ga noqulay sharoitning ta‟sirini 
kamaytirish uchun hamma texnologik tadbirlar o„z vaqtida va yuqori 
sifatda olib borilishi lozim.
2.2. Kuzgi don ekinlari 
Don ekinlari ikkita biologik: kuzgi va bahorgi guruhlarga boiinadi. 
0„zbekiston sharoitida bulardan tashqari, ikki xil ham kuzgi, ham bahorgi 
ekiladigan shakllari bor, bularga yarim kuzgi (duvarak) navlar deyiladi.
Kuzgi don ekinlari (kuzgi bug„doy, kuzgi arpa, kuzgi javdar, kuzgi 
tritikale) kuzda ekiladi va keyingi yilning yozida hosil yetiladi. Bahorgi 
don ekinlari (bug„doy, arpa, suli, javdar, makkajo'xori, jo„xori, sholi, 
tariq) bahorda ekiladi va shu yilning yozida, kuzida hosil yetiladi. Bu 
guruh biologik xususiyati bo„yicha farq qiladi. Kuzgi don ekinlari 
yarovizatsiya davrini 1-10 °C da 20-50 kun mo- baynida o„tkazadi. Bu 
ekinlar bahorda ekilsa, hosil bermaydi. Bahorgi don ekinlari 
yarovizatsiya davrini 5-20 °C da 7-20 kunda o„t- kazadi, shuning uchun 
bu o„simliklar bahorda ekiladi.
Ikki xil ham kuzda, ham bahorda ekiladigan duvarak o„sim- liklar 
yarovizatsiya davrini 3-15 °C da o„tkazadi, bu o„simliklar bahorda va 
kuzda ekiladi.
Ishlab chiqarishda don ekinlarining bu biologik guruhlaridan 
foydalanish ancha afzal, kuzgi don ekinlari kuzgi va erta bahorgi 
yoglngarchilik suvlaridan va tuproqning unumdorligidan tola
79


foydalanadi, hosil ancha yuqori bo„ladi (10-15%). Kuzgi don ekinlarining 
hosili bahorgiga nisbatan oldin yetiladi (7-15 kun) va hosil yig„ish 
ishlarini tashkil qilishga ancha qulaylik yaratadi.
Kuzgi don ekinlarining rivojlanishi ikki davrga boiinadi. Kuzgi 
davrda bu o„simliklarda barg yuzasi va ildizi' yaxshi rivojlanadi. Kuzda 
maysalanish davrini o„tab, tuplanish davriga kiradi, biroq bu davrga to„la 
olmaydi. Bahorda tuplanish davom etib, o„simlikni rivojlanishi tezlashadi.
Kuzgi navlar qishga chidamli boiadi. Kuzgi ekinlarni qishga va 
sovuqda chidamliligini oshirishda agrotexnika tadbirlarining ahamiyati 
katta. Ekish muddatini to„g„ri aniqlash, ekish me‟yori va chuqurligi 
sharoitga, tuproq turiga mos boiishi kerak, ozuqa elementlari to„g„ri 
tanlangan boiishi lozim.
Kuzgi donli ekinlarni sovuqda va qish sharoitiga chidamliligi har xil. 
Kuzgi yorugiik yetarli boiib, harorat 8-10 °C atrofida boisa, donli 
ekinlarda sovuqda chiniqish xususiyati vujudga keladi. Tuplanish 
bo„g„imida plastik moddalar to
4
planadi, bulaming ora'Sida eng muhimi - 
qand. Sovuq tushish oldidan tuplanish bo„g„imida 20- 25% qand 
to„planadi, Bu kuzgi ekinlarning yaxshi qishlab chiqishiga yordam beradi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling