X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Unib chiqishi. Murtak o„simta urug
1
qobig„ini yorib tuproq yuzasiga 
chiqishiga harakat qila boshlaydi. Koleoptile o„sishdan to„xtaydi, yoriladi 
va tashqarida birinchi chinbarg paydo boiadi. Unib chiqish davri 
boshlanadi. 14-16 °C harorat va namlik yetarli boiganda ekkandan keyin 
7-9 kunda unib chiqa boshlaydi, ekish - unib chiqish davrinini uzunligi 
ekish muddatlariga bogiiq. Ekishning maqbul muddatlarida bu davr 1,5-2 
kunga qisqaradi.
Tuplanish. Bu davr o„simlikda 3-4 ta chinbarg paydo boiganda 
paydo boiadi. Tuplanish bu - poyaning yer osti bo„g„inidan ikkilamchi 
poyaning hosil boiishidir, shu bilan birgalikda har qaysi navbatdagi 
novdaning ildizchasi bor. Asosiy
85


poyadagi yuqori bo„g„in tuproqdan 1-3 sm da joylashib, ulardan 
ikkilamchi poyalar tarqaladi, ana shu tuplanish bo„g„ini deyiladi.
Tuplanish bo„g„ini o„simlikning muhim organi bo„lib hisoblanadi. 
Tuplanish bo„g„inining shikastlanishi o„simlikning nobud bo„lishiga olib 
keladi. 0„simlikda umumiy va mahsuldor tuplanishni farqlaydilar. 
Umumiy tuplanish - bu bitta o„simlikdagi rivojlangan va rivojlanmagan 
novdalaming o'rtacha umumiy soni. Mahsuldor tuplanish - bu mevasi bor 
poyalaming 
0„rtacha soni. Odatda, umumiy tuplanish mahsuldor 
tuplanishga nisbatan ko„proq bo„ladi, chunki hamma novdalar hosil 
bermaydi. 0„simlikning hayotida tuplanish davrida sifat o„zgarishlar 
kuzatiladi, ya‟ni generativ organlari paydo bo la boshlaydi.
Naychalash. Tuproq yuzasida 5 sm balandlikda poyaning birinchi 
bo„g„ini paydo bo„ladi. Bahorda amal davrining boshlanishida 
naychalashning boshlanishigacha, o„rtacha sutkalik harorat 10,7 °C, faol 
harorat yig„indisi 332 °C bo„lganda 20-40 kun o„tadi. Bu davrda boshoq 
faol shakllanadi va rivojlanadi.
Bug„doyning faol rivojlanishi naychalashi suv, oziqa, issiq va 
yorugiik bilan ta‟minlanganligiga bogiiq. Davrning oxirida o„simliklar 
maksimal balandlikka, barglarining ko„p yoki kamligiga, ya‟ni nav uchun 
xarakterli boigan belgiiarga ega boiadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling