X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Yorug„likka talabi 0„simlikka yorugiik xuddi boshqa omillar singari 
zarur boiib hisoblanadi. Amal davrining birinchi kunidan boshlab 
o„simliklarga yorugiik kerak boiadi. Koleoptile yoruglik- ning ta‟siri 
ostida yoriladi va tashqarida birinchi chinbarg paydo boiadi. Yoruglikning 
va issiqlikning maqbul miqdorida barglar yashil rangga ega boiadi. 
Tuplanish bo„g„ini faqat yoritilganlik hisobiga ko„ra tuproq yuzasiga 
yaqinroq yoki chuqurroq, joylashadi.
Tuplanish bo„g„ini yorugiik yetarli bolmaganda tuproq yuzasiga 
yaqinroq joylashadi. Jadal yorugiik va haroratning pasa- yishi birinchi 
bo„ginning o„sishini to„xtatishi mumkin va tuplanish bo„g„inining yanada 
chuqurroq joylashishiga yordam qilishi mumkin, bu esa yaxshi qishlashga 
yordam beradi. Yorugiik yaxshi boiganda qisqa va mustahkam poyalar 
hosil boiadi.
Quyosh nurining va issiqligining ta‟siri ostida o„simlikda fotosintez 
jarayoni boiib o„tadi va uning natijasida ularda organik moddalar hosil 
boiadi.
Bug„doy uzun kun o„simligi. Gullash uzun kunda tezroq boshlanadi, 
shuning uchun gullash davrida 14-16 soatli, kunduzgi kun talab qiladi. 8 
soatli yorugiik kunida bug„doyning ko„pchilik navlari yorugiik bosqichini 
o„tamaydi va boshoqlanmaydi. Lekin bug„doyning shun day shakllari 
uchraydiki, qaysiki qisqa yorugiik kunida ham hosil olish mumkin.
Issiqlikka talabi. Amal davrida bug„doyning issiqlikka boigan talabi 
o„zgarib turadi. Bug'doy urugi 1-2 °C da unib chiqishni boshlaydi, havo 
haroratining ko„tarilishi bilan urug„ning unib chiqishi tezlashadi. Kuzgi 
bug'doy 4,4 °C haroratda 6 kunda, 10,2 °C da 3 kunda, 15 °C da 2 kunda 
unib chiqadi.


Bahorgi bug„doy navlari 5 °C haroratda 20 kunda unib chiqa 
boshlaydi, 8 °C da 13 kunda, 15 °C da 7 kunda unib chiqa boshlaydi. 
Unib chiqish va tuplanish davrida 12-14 °C, donning to„lishish davrida 
22-25 °C harorat maqbul bo„lib hisoblanadi.
Bizning ma‟lumotlarimiz bo„yicha amal davrida kuzgi bug'doy 
1800-2100 °C, bahorgi bug'doy esa 1100-1300 °C harorat qabul qiladi. 
Qishga tayyorlash uchun imkon qadar kunduz kuni quruq havo 10-12 °C 
harorat, kechasi haroratning 0 °C gacha bo'lishi yaxshi bo„ladi.
Bahorda bug'doy yaxshi o„sishi uchun 12-15 °C talab qilinadi. 
Naychalash davrida 15-16 °C talab qilinadi. Boshoqlash va gullash 
davrida 18-20 °C harorat yetarli bo'ladi. Bug'doy 40-42 °C gacha 
chidaydi. Bu sharoitlarda qoniqarli ravishda changlanadi. Pishish davrida 
maqbul harorat 22-30 °C hisoblanadi.
Kuzgi bug'doy juda sovuqlikka chidamli, qoming qalinligi 20 sm 
bo'lganda qariyb -20-30 °C sovuqqa ham chidamli. 0„zbekis- tonda 
doimo qor qalinligi yetarli emas, shuning uchun bug'doy -10 °C 
sovuqlikka chidaydi. Lekin gullash va donning to'lishishi davrida -1 -2 
°C sovuq bo'lsa ham shikastlanadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling