X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzgi bug„doy Bug„doyning biologik xususiyatlari
Zararkunandalari
- kuzgi tunlam, shved-pashshasi, simqurt, toshbaqa kana, non-arralagich, ko„kko„z, kemiruvchilar, gessensk pashshasi. Takrorlash uchun savollar: 1. Bug'doy urugini unib chiqish uchun qanday sharoit talab qilinadi? 2. Bug„doyning tuplanish davrini tavsiflab bering. 3. Qaysi davlatlar bug„doy donini eksport qilishadi? 4. Qaysi davlatlar bug„doy donini import qilishadi? 5. Amal davrida kuzgi bug„doy uchun samarali harorat yigindisi qancha boiadi? 6. Qaysi o„simlik tabiatda o'zidan changlanmaydi? 7. 0„zbekistonda qaysi zararkunanda va kasalliklar don hosili va sifatiga katta zarar yetkazmoqda? Kuzgi bug„doy Bug„doyning biologik xususiyatlari: bug„doy umuman donli ekinlar biologik xususiyatlariga ko„ra kuzgi va bahorgi turlarga boiinadi. Kuzgi bug'doy kuzda ekilib, qishlab chiqqandan keyin kelasi yili hosil beradi. Bahorgi bug„doy erta bahorda ekilib, o„sha- yili hosil beradi. Kuzgi bug„doyning bahorgilardan farqi shundaki, 90 ularning birinchi boshlangich rivojlanish davri past (0 °C dan 10 °C gacha) haroratda 30-65 kun davom etadi. Bahorgi bug„doy esa boshlangich rivojlanish davrini 5-10 °C va undan yuqori haroratda 7-12 kun, ya‟ni tez muddat ichida o„tadi. Demak, biologik jihatdan kuzgi navlarini bahorda ekish mumkin emas, chunki bahorda u talab qilgan harorat boimaganligi sababli o„simliklar faqat tuplanadi, boshoq chiqarmaydi va hosil bermaydi. Bug„doy kuzda ekiiganda, uning biologik kuzgi navlari ishlatilishi kerak. Biologik bahorgi navlarni ham kuzda ekib boimaydi, chunki ular issiq haroratga ko„proq talabchan boiganligi uchun qishki sovuqlar natijasida nobud boiadi. Lekin qish yumshoq keladigan mintaqalarda naviaming uchinchi turi yarim kuzgi navlari uchraydi. Bu navlarni kuzda va bahorda ekish mumkin, ikki holda ham ulardan normal don hosili olinadi. Yarim kuzgi navlarni kech kuzda ekish kerak. Ertagi muddatlarda biologik kuzgi navlar ekilishi kerak. Yarim kuzgi naviaming qishga chidamliligi bahorgi navlarga nisbatan yuqori boiadi. Shuning uchun 0„zbekistonning lalmi va sug„oriladigan yerlarida kuzgi muddatda ekish uchun biologik va yarim kuzgi navlardan foydalanish kerak. Umuman, 0„zbekistonning barcha viloyatlarida bug„doy kuzda ekilishi kerak. Chunki, ular kuzgi-qishki, bahorgi yogingarchilik- lardan tola foydalanadi. Bahorda erta o„sa boshlaydi, bahorgi ekinlarga nisbatan 10-12 kun erta pishadi, shuning uchun kuzgi bug„- doyning gullash davri yozgi issiq garmsel shamollarga duch kel- maydi va ular bahorgiga nisbatan yuqori (25-30%) va muttasil hosil beradi. Bundan tashqari, kuzgi bug„doy sovuqqa chidamliligi bilan ba- horgilardan farq qiladi. Bug„doy -12-13 °C sovuqqa chidaydi, -16- 18 °C sovuqda nobud boiadi. Kuzgi bug„doyni sovuqqa chidamliligi uning o„sish sharoitiga va agrotexnikasiga bogiiq. Birinchidan ularning sovuqqa chidamliligi, ekish muddati va urug„ning ko„mish chuqurligiga qarab har xil boiadi. Ertagi muddatlarda ekiiganda (sentabr, oktabr oyining boshlari) maysalar unib chiqib kech kuzgacha, ya‟ni sovuq tushgunga qadar to„planib ulguradi va o„simliklar shu davrda qishlaydi. Tuplanish davri o„simliklaming qishlashi uchun qulay davr boiib, ular bu davrda sovuqqa chidamli boiadi. Kuzgi bug„doy kech muddatlarda ekiiganda urugiar sovuq tushgunga qadar maysa chiqarmasligi mumkin yoki maysa hosil qilgan vaqtda ham tuplanib ulgurmasligi mumkin. Demak, urug„lar kech muddatlarda ekiiganda, ular maysa chiqargan yoki tuplanish boshlangan holda qishlaydi. Bu davrlarda o„simliklar sovuqqa chidamsiz bo'ladi. Buning natijasida qishki sharoitlarda o„simliklar nobud bo„ladi, hosil kamayadi. Urug'ni ekish chuqurligi ham katta ahamiyatga ega. Urug'lar ekish vaqtida normal chuqurlikka ko'mil- sa, tuplanish bo'g'imi tuproqda chuqurroq joylashadi va sovuqqa chidamli bo'ladi. Kuzgi bug„doy tuproqqa talabchan, ular unumdor begona o'tlar- dan toza, bo„z va o'tloqi tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Sho'rlangan tuproqlarda yaxshi o„smaydi, agar shunday yerlarga ekiladigan bo„lsa, albatta yerni sho'rini yuvish kerak. Kuzgi bug„doy sug'orila- digan yerlarda oziq elementlariga talabchan, ayniqsa, azotga talabchan. Nay o„rash va boshoqlanish davrlarida bu talab ayniqsa, orta- di. Lekin ortiqcha ozuqlantirilsa ayniqsa azot o„g„iti ko'p berilsa, o„simliklarning qishga chidamliligi pasayadi, yotib qolishi mumkin. Kuzgi bug„doy sug'oriladigan yerlarda namga talabchan. Bug'doy ekilgan maydonlaming namligi umumiy dala nam sig'imining 70-75% miqdorida boMishi kerak. Nay o„rash va boshoqlanish davrlarida bug„doyning suvga talabchanligi ortadi. Tuproqning namligi optimal darajada saqlab turilsa, bug„doy garmseldan zararlanmaydi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling