X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

0„g„itlash. Kuzgi bug„doy yeming unumdorligiga talabchan bo„ladi. 
Rejalashtirilgan hosilni olish uchun yerga solinadigan o„g„itlar me‟yori 
agrokimyoviy kartogramma maiumotlariga asosan yerlardan hosil bilan 
chiqib ketadigan oziq moddalar, ekin o„zlash- tiradigan oziq elementlar 
va yerga solingan o„g„it miqdoriga qarab aniqlanadi.
Kuzgi bug'doy azotga juda talabchan bo'ladi. U nay o„rash va 
boshoqlanish davrida azotni o„sishining dastlabki 4-5 chi haftasida, 
fosfomi va о„suv davrining boshidan gullagunga qadar, kaliyni ko„p
93


talab qiladi. Fosforli va kaliyli o'g„it!ar kuzgi bug„doyning qishga 
chidamliligini oshiradi, donning yetilishini tezlashtiradi. Poyaning yotib 
qolishidan va turli zamburug„ kasalliklaridan saqlaydi. Ko„p miqdorda 
azotli o„g„itlar solinganda tuplanish muddati uzayib, poyalardagi 
boshoqlar bir vaqtda yetilmaydi.
0„zbekiston «G„alla» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ma‟lu-
motlariga qaraganda kuzgi donli ekinlarga sug„oriladigan yerlarda 
quyidagi miqdorda o„g„it berilishi kerak: azot 180-200 kg/ga, fosfor 90-
110 va kaliy 60-90 kg/ga. Lekin unumdorligi past bo„lgan tuproqlarda bu 
miqdor 10-15% ga ko„paytiriladi. Ko„rsatilgan yillik miqdor bir necha 
muddatlarda ekishdan 
oldin va o„simliklarning o„sish davrida 
oziqlantirishda beriladi. Sug„oriladigan yerlarda ekishdan oldin 30 kg/ga 
azot, 90 kg/ga fosfor va 60 kg/ga kaliy beriladi. Shu bilan bir vaqtda 
gektariga 10-12 t/ga go„ng solinadi. Ekish davrida o„g„it solinmagan 
maydonlarda azot, fosfor va kaliy qisqa muddat ichida ekishdan keyin 
yoki maysa hosil qilganda, umuman o„g„itlar fevral oyidan 
kechiktirilmasdan solinishi ke'rak. Qolgan o„g„itlami teng ikkiga bo„lib, 
ikki marta oziqlantirishda solinadi. Birinchi oziqlantirish ertagi 
muddatlarda, ya‟ni 0„simlik- laming tuplanish davrida berilishi kerak. Bu 
muddat o„simliklaming rivojlanishiga qarab kuzgi-qishki yoki qishki-
bahorgi muddatlarga to„g„ri kelishi mumkin. Ikkinchi oziqlantirish 
o„simliklaming nay o„rash davriga to„g„ri keladi. Oziqlantirishdan keyin 
maydonlami sug„orish zarur. 0„g„itlaming samaradorligini oshirish 
maqsadida ulami optimal muddatlarda, yuqori sifatli o„tkazish zarur.
Ekish muddati Kuzgi bug„doyni maqbul muddatlarda ekish katta 
ahamiyatga ega. Kuzgi bug„doyni sug„oriladigan yerlarda lalmi yerlarga 
nisbatan ertagi muddatlarda ekish kerak. Chunki, bunday yerlar suv bilan 
ta‟minlangan bo„lib, urug„ ekilgandan so„ng, sug'orish natijasida 
maysalami undirib olish mumkin. Ertagi muddatlarda ekilgan bug„doy 
kuzda maysa hosil qiladi, sovuq tushgunga qadar o„simliklar tuplanib 
ulguradi. Bunday o„simliklar sovuqqa chidamli bo„ladi. Shuning uchun 
kuzda bug„doyning oktabr oyida maysalanishi va oktabr, noyabr 
oylarining oxirigacha tuplanish va shu rivojlanish davrida qishlashi 
ko„zda tutilishi kerak.
Shuni hisobga olgan holda kuzgi bug„doyning ekish uchun qulay 
muddatlari shimoliy viloyatlar (Qoraqalpog„iston Respub-
94


likasi, Xorazm viloyati) uchun sentabr oyining birinchi va ikkinchi o„n 
kunligi, Markaziy viloyatlar uchun sentabming so„nggi o„n kuni oktabr 
oyining boshlari va Janubiy viloyatlar uchun esa oktabrning ikkinchi o„n 
kunligi hisoblanadi.
Lalmikor yerlarda kuzgi don ekinlar kuzgi yog'ingarchi- liklardan 
keyin, ya‟ni aksariyat viloyatlarda oktabr oyining ikkinchi yarirnlarida 
ekilishi kerak.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling