X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
G„o„za qator oralariga don ekish
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
G„o„za qator oralariga don ekish. Respubiikamizda boshoqli don
yetishtirish qishloq xo„jaligi ishlab ehiqarishining asosiy yo„nalishlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi paytda Respubiikamizda boshoqli donning asosiy qismi g„o„za qator oralariga ekilmoqda. 0„zbekiston Qishloq Xo„jaligi Ilmiy-Ishlab Chiqarish Markazi, Qishloq xo„jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy- tadqiqot instituti olimlari bilan “Agregat zavodr AJ hamkorlikda g„o„za qator oralariga bir yo„la ishlov berish va donni mavjud agrotexnika talablari bo'yicha qatorlab ekishni ta‟minlaydigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqildi. Kombinatsiyalashgan agregat traktoming old qismiga o'matil- gan markaziy, o'ng va chap oldingi ramalar va osish mexanizmiga o'matilgan orqangi ramadan tashkil topgan. Agregatning oldingi ramalariga g'o'za qator oralariga ishlov beruvchi ish organlari (bir tomonlama yassi kesuvchi pichoqlar, yumshatuvchi va o'q yoysimon panjalar), orqangi ramasiga esa urug' bunkerlari, g'altakli miqdorlagichlar, ulami harakatga keltiruvchi tayanch-uzatmali g'ildiraklar, urug' o'tkazgichlar hamda ekish egatini ochuvchi ish organlari va ekkichlar o'matilgan. Kombinatsiyalashgan agregatni qo'llash natijasida g'o'za qator oralariga bir yo'la ishlov berish va donni qatorlab va bir xil chuqur- likka ekish hisobiga ko'chatlar to'liq unib chiqadi, urug'lik, yonilg'i sarfi va boshqa xarajatlar kamayadi hamda hosildorlik ortadi. 13 Shuningdek, donni qatorlab ekib ketadigan kombinatsiyalashgan agregat yordamida g'o'za qator oralariga g'alla ekish texnologiyasi ham samarali usul hisoblanadi. Bu texnologiya bo'yicha g'o'zapoya qator orasiga g'alla ekiladigan maydonlarda paxta 1-2 marta terim mashinalari yordamida terib olingandan so'ng g'o'za qator oralari kultivatsiyalar yordamida yumshatiladi. Yumshatilgan qator oralariga NRU-0,5 markali osma o'g'it sepgichlar yordamida g'alla urug'i sepiladi, so'ngra urug' kultivator yoki maxsus moslamalar yordamida tuproqqa ko'miladi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, g'o'zapoya g'alla maysalarini sovuqdan va yotib qolishdan himoya qiladi. 13 www.qxmeiti@qsxv.uz.2017 Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling