X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Navlari: 2016-yilda Davlat Reestriga kiritilgan mahalliy kuzgi 
yumshoq bug'doy navlari: Zimnitsa, Bardosh, Andijon 1;2;4, ASR, 
Baxmal 97, Bobur, Bo'zqa‟la, Do'stlik, Durdona, Jayxun, Zumrad, 
Ko„kbuloq, Mars 1, Matonat, Chillaki, Hosildor, Yaksart, Yonbosh, 
Omad, Saidaziz;
Xorijiy kuzgi yumshoq bug'doy navlari: Vostorg, Gratsiya, Grom, 
Esaul, Intensivnaya, Krasnodarskaya 99, Kuma, Kroshka, Moskvich, 
Nota, Pamyat, Rapsodiya, Starshina, Tanya, Fortuna va boshqa istiqbolli 
navlar ekish uchun mamlakatimizda rayon- lashtirilgan.
Bulardan tashqari, qattiq bug'doy turiga kiradigan ko'pchilik navlar 
ham respublika nav sinash maydonchalarida sinovdan o'tmoqda va ular 
qisman bo'Isa ham ekila boshladi.
92


Kuzgi bug„doyni yetishtirish texnologiyasi 
0„tmishdosh. Kuzgi bug„doy tuproqning unumdorligiga, begona 
o„tlardan toza va nam bilan yaxshi ta‟minlangan tuproqlarga 
talabchandir. Barqaror mo„l hosil olish uchun kuzgi bug„doyni almashlab 
ekishda to„g„ri joylashtirish muhim ahamiyatga ega.
Kuzgi bug„doy sug„oriladigan yerlarda ertagi ekinlardan bo„shagan 
yerlarga kelasi yili takroriy ekin sifatida ekilishi kerak. Hozirgi vaqtda 
0„zbekiston «G„alla» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab 
chiqilgan tajribaga ko„ra bug„doyni o„sib turgan, lekin paxtasi terib 
olingan g„o„za orasiga ekish usulini ham qo'llash mumkin. Kuzgi 
bug„doyni lalmi yerlarning tekislik va do„ngli tekislik zonalarida toza 
shudgorga, undan yuqoriroq zonalarda toza shudgordan tashqari, band 
shudgorga ekish foydali hisoblanadi.
Yerni ishlash. Kuzgi bug„doy ekiladigan yerlami undan oldin shu 
maydonda qanday ekin ekilganligi va dalaning begona o„tlardan qay 
darajada tozaligiga qarab ishlanadi. Bug„doyni optimal muddatda ekish 
va yerni yaxshi ishlash uchun oldingi ekindan bo„shagan maydonlar 
sug„oriladi. Tuproq yetilgandan so„ng 0„zbekiston «G„alla» ilmiy ishlab 
chiqarish birlashmasining tajriba- lariga binoan 4 va 5 korpusli ag„darma 
pluglar yordamida 25-30 sm chuqurlikda haydash kerak, so„ngra 
boronalanadi va mola bostiri- ladi. Yerlar notekis bo„lsa, tekislanadi va 
umuman shudgor og„ir boronalar yoki zichlagichlar (katoklar) bilan 
zichlanishi kerak, aks holda kuzgi-qishki sharoitlarda zichlanish 
natijasida bug„doy may- salari va o„simliklari siyraklanadi va nobud 
bo'ladi. Sho„rlangan yerlarga kuzgi bug„doy ekishdan oldin tuproq sho„ri 
yuviladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling