X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish.
0
( g„itlash. Bahorgi bug'doy ham kuzgi bug'doyga o'xshash mahalliy va ma‟danli o'g'itlar bilan o'g'itlanadi. Lekin bahori bug'doyning o'sish muddati qisqa bo'lganligi uchun o'g'itlash me‟yori kuzgi bug'doyga nisbatan kamroq bo'ladi. Sug'oriladigan yerlarda 1 gektar bahori bug'doyga 10 tonnagacha go'ng, 120 kg azot, 70 kg fosfor va 40 kg kaliy beriladi. Lalmi yerlarda bu ko'rsatilgan o'g'it miqdoridan kamroq, ya‟ni uni 20-31% ga kamaytirish mumkin, chunki lalmi yerlarda nam kam bo'lganligi uchun o'g'it samarasi ancha pasayadi. Bu o'g'itlami asosiy miqdori kuzgi bug'doyga o'xshash kuzda, ekishdan oldin yoki ekish bilan bir vaqtda hamda o'simliklaming o'suv davrida beriladi. Kuzgi shudgorda mahalliy o'g'it-go'ng, fosfor 40 kg/ga va 20 kg kaliy beriladi, qolgan azot, fosfor va kaliy ekish bilan bir vaqtda va oziqlantirish davrida beriladi. Bahorgi bug'doy bir marta - tuplanish boshlanish davrida oziqlantiriladi, so'ngra ekin ko'ndalangiga qarab yengi! borona qilinib, sug'oriladi. Boronalash natijasida tuproq qatqalog'i yo'qotiladi, yer beti yumshatiladi va berilgan o'g'it ko'miladi. Buning natijasida o'simlik yaxshi tuplanadi va o'sish tezlashadi. Ekish. Ekish uchun yuqori sifatli, yirik, og'ir va bir xil kattalikda bo'lgan urug'lar tanlanadi. Bunday urug'lami unib 102 chiqish darajasi yuqori, begona o't uruglaridan tozalangan bo„lishi kerak. Bahori bug„doy ekish uchun urug„lik kuzgi bug'doy urug„ini ekishga tayyorlagandek tayyorlanadi. Bahori bug„doy biologik xususiyati bo'yicha ertagi bahori ekinlar turiga kiradi. Uning urug„i tuproq harorati 5-6 °C issiqlikda unib chiqadi. Shu sababli bahori bug„doy erta bahorda yoki fevral oyining ikkinchi yarmida, mart oyi boshlarida ekilishi kerak. Kechikib ekilgan bahori bug„doy namlik yetmasligi sababli urugiarning unib chiqishi kechikadi, sekin o„sadi va kam hosil beradi. Lalmi yerlarda bahori bug'doyni ekish muddati zonalarga qarab har xil boiadi. Bahori bug'doyni tekislik zonada taxminan 20 fevralda, do„nglik-tekislik zonada 10 martda, tog„ oldi zonasida 15 mart va toglik zonada 1 aprelda ekib tamomlash zarur. Bahori bug„doyni qisqa muddatda ekib bolish kerak. Bahori bug'doyni kuzgi bug'doyga o'xshash usullarda ekiladi, faqat ekish me‟yori kamroq olinadi. Sug'oriladigan yerlarda urug'ni miqdori 1 gektarga 3,5-4,0 mln dona urug' (120-150 kg) ekiladi. Lalmi yerlarda esa uning mintaqasiga qarab ekish miqdori har xil boiadi. Bir gektar yerga tekislik zonada 1,7-2,0 mln. urug' (70- 80 kg/ga), do'nglik-tekislik zonada 2,0-2,2 mln urug' (80-90 kg/ga), tog' oldi zonasida 2,2-2,7 mln. urug' (90-100 kg/ga) va togii zonada 2,7-3,0 mln. urug' (110-120 kg/ga) ekilishi kerak. Bu ko'rsatib o'tilgan urug'ni ekish me‟yorlari xo'jalik uchun 100% yaroqli urug' hisoblanadi. Urugiar sifati past boigan vaqtda va muayyan sharoitga qarab urug' ekish me‟yori ma‟lum miqdorda oshiriladi. Urugiar ekish vaqtida 5-6 sm chuqurlikka ko'miladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling