X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Hosildorligi
. Bahorgi bug„doy lalmikor va sug„oriladigan 
yerlarda 
kuzgi bug„doyga nisbatan kamroq hosil beradi. Lekin, to„g„ri agrotexnika 
qo„llanilganda bahori bug„doy ham yuqori hosil beradi. Lalmi yerlarda 
bahori bug„doyning hosildorligi yog'ingar- chilik va nam bilan 
ta‟minlanishiga bog„liq. Namgarchilik ko„p bo„lgan yillari lalmi yerlarda 
bahori bug„doy 10-12 s/ga, sug„oriladigan yerlarda esa 30-40 s/ga gacha 
hosil beradi.
Biologik xususiyatlari. Bahori bug„doyning ildiz tizimi kuzgi 
bug„doynikiga nisbatan kuchsiz rivojlangan bo„ladi. Shuning uchun u 
unumdor yerlarni xohlaydi. Bahori bug„doy haroratni butun o„sish 
davrida kamroq talab qiladi. Chunki uning o„sish davri qisqa, o'rtacha 
100-110 kunni tashkil qiladi va ba‟zi bir ertapishar navlar 85-95 kunda 
ham pishib yetiladi. Bahorgi bug„doy tezpishar bo„lganligi uchun erta 
ekiiganda lalmi yerlarda kuzda, qishda va erta bahorda to„plangan 
namlikdan yaxshi foydalanadi.
Bug„doy bahorda ekiiganda, biologik, bahori yoki yarim kuzgi 
navlari ekilishi kerak. Biologik kuzgi navlar bahorda ekiiganda hosil 
bermaydi. Chunki, u talab qilgan harorat bo„lmaydi. Bahori bug„doy 
boshlang„ich rivojlanish davrini 5-10 °C va undan yuqori haroratda 7-12 
kun, ya‟ni tez muddat ichida o„tadi (bug„doy, biologik xususiyatlari va 
navlar bo„limiga qarang).
Navlari: “Sads 1”, “Surxak 5688”, “Bahor 1” bahorgi yumshoq 
bug„doy navlari Respublikamiz sug„oriladigan va lalmi maydonlarida 
ekish uchun tavsiya etiladi.
Bahorgi bug„doy yetishtirish texnologiyasi 
Almashlab ekishdagi o„rni. Bahorgi bug„doyning ildiz tizimi 
kuchsizroq rivojlangani uchun tuproqdan nam va ozuqa moddalami 
singdirish xususiyati pastroq bo„ladi. Tuproqda nam kam bo„lsa, uning 
o„sish va rivojlanishi sekinlashadi, kam to„planadi, yer betini to„la 
qoplamaydi va shu sababli bahori bug„doy ekilgan maydonda begona 
o„tlar ko'p rivojlanadi.
Shu xususiyatlarga ko„ra bahori bug„doyni almashlab ekishda kuzgi 
bug„doydan keyin joylashtirish kerak. Bundan tashqari, bahori
101


bug'doyni chopiq talab (qator oralari ishlanadigan) ekinlardan keyin ham 
ekish mumkin. Bu holatda bahori bug'doy begona o'tlar bilan kam 
zararlanadi. O'zbekiston sharoitida bahori bug'doyni ko'pchilik ekinlardan 
- g'o'za, makkajo'xori va boshqa ekinlardan keyin ekish mumkin.
Yerni ishlash. Bahorgi bug'doy yaxshi ishlangan tuproqlarni 
xohlaydi. Shuning uchun u kuzda shudgor qilingan yerlarga ekilishi kerak. 
Bu holda bahori bug'doyni erta, optimal muddatlarda ekib olish 
imkoniyati tug'iladi. Yerni ishlash - kuzgi bug'doyga o'x- shash 
sug'oriladigan yerlar kuzda 30-32 sm chuqurlikda shudgor qilishdan 
iborat.
Erta bahorda yer yetilishi bilan yerda namni saqlash maqsadida 
shudgor borona qilinadi, ekishdan oldin borona va moia bostiriladi.
Lalmi yerlarda ulami haydov chuqurligining qalinligiga qarab yer 
yuzaroq haydaladi va ekishdan oldin borona va mola bosiladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling