X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Bahori hug„doyni parvarish qilish


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Bahori hug„doyni parvarish qilish. Bahori bug'doyni parvarish 
qilish, boronalash, oziqlantirish, begona o'tlarga qarshi kurashish va 
sug'oriladigan yerlarda sug'orishdan iborat.
Bahori bug'doy maysa hosil qilgandan so'ng yoki o'simliklami 
tuplanishidan oldin borona qilinadi. Borona qilishdan oldin bahori 
bug'doy ekini oziqlantirilishi kerak. Oziqlantirish me‟yori yuqorida, shu 
bo'limda ko'rsatib o'tilgan. Boronalash natijasida asosan tuproq 
yuzasidagi qatqaloq va begona o'tlar yo'qotiladi. Undan so'ng o'simlik 
yaxshi tuplanadi. Boronalash yengil “zig-zag” boronalar yordamida 
ekinlarni kundalangiga qarab o'tkaziiadi. Begona o'tlar
103


paydo bo„lishi bilan o„toq qilish lozim, Ikkinchi o„toq o„simliklar nay 
o‟rash davrigacha tugallanishi kerak. Begona o'tlarga qarshi kurash 
gerbitsidlar yordamida olib boriladi.
Sug'oriladigan yerlarda asosiy tadbirlardan biri ekinlarni sug„orish 
hisoblanadi. Bahori bug„doy tuproq sharoitiga qarab 2-3 marta sug'oriladi. 
Birinchi sug'orish-ekiniar borona qilingandan so„ng o„simliklar tuplanish 
davrida, keyin o'simlik talabiga qarab boshoqlanish va donning sut pishish 
davrlarida sug„orilishi kerak.
HosilniyigHsh. Hosilni kechiktirmay qisqa muddatlarda yig'ib olish 
kerak. Aks holda bug„doy urug„lari to„kilib ketishi mumkin.
Shu sababli, donning mum pishish davrining boshiarida bug'doy 
o„rishga kirishiladi. Pishib yetilgan g'alla hosilini o'rib- yig„ib olishda 
kuzgi bug'doyni o'rishda qo'llaniladigan yuqori ish unumdorligiga ega 
kombaynlardan foydalaniladi.
Takrorlash uchun savollar: 
1. Bahorgi bug'doyning ekish muddati nimaga bog„liq bo'ladi?
2. Bahorgi bug'doyni ekish me‟yoriga nima ta‟sir ko'rsatadi?
5. Bahorgi bug'doyni oziqaga talabi qanday bo'ladi?
6. Bahori bug'doy uchun o'g'itlar miqdori qanday aniqlanadi?
7. Qaysi rivojlanish davrida qo'shimcha oziqlantiriladi?
8. Kuzgi bug'doy qaysi rivojlanish davrida suvni ko'p talab qiladi?
9. Kuzgi bug'doy qaysi rivojlanish davrlarida sug'oriladi?
10. Sug'orish me‟yori qancha bo'ladi?

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling