X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

2.4. 
Arpa 
Ahamiyati. Arpani xalq xo'jaligidagi ahamiyati ma‟lum o'rinni 
egallab, asosan chorva mollari uchun ozuqa va pivobop navlari donidan 
pivo ishlab chiqarishda hamda yirik donli navlaridan oziq- ovqat 
sanoatida yorma tayyorlanadi. Pivo sanoati uchun arpaning donidagi oqsil 
kam bo'lishi va ekstraktiv quruq modda ko'p boiishi lozim.
Arpa jahon miqyosida kuzda va bahorda ekiladi. Kuzda ekiladigan 
navlari qishki sovuqqa chidamli boiib, bahorda ekiladigan
104 


arpaga nisbatan mo„l hosil beradi. 0„zbekistonda arpa deyarli kuzda 
ekiladi. Odatda, kuzda ekilgan aipa bahorda ekilganiga qaraganda erta 
pishib, hosilni o„rib-yanchib olinganidan so„ng (suvli yerlarda) takroriy 
ekin ekish uchun yer erta bo„shaydi. Bu esa ekilgan takroriy ekinlardan 
mo„l hosil olishga imkon yaratadi.
Arpa somoni chorva mollari uchun ozuqa sifatida keng qoilaniladi. 
Sug'oriladigan dehqonchilik sharoitida arpani sof holda ekishdan 
tashqari, yana keng qatorlab ekilgan beda orasiga oz normada ekilib, arpa 
doni va beda hosili olish mumkin. Shuningdek, arpani sut pishishi 
davrida ko„k massasi o„rilib, chorva mollari uchun to„yimli ozuqa-senaj 
tayyorlash ham mumkin.
Tarixi. Arpa juda qadimiy ekindir. Arxeologik qazishmalar афа 
dastlabki neolit davrida ekilib kelinganligidan dalolat beradi. Professor 
D.R. Xarlan афа miloddan 7000 yil avval ekila boshlaganligini taxmin 
qiladi.
N.I. Vavilov va boshqa olimlar tarafidan arpaning quyidagi kelib 
chiqish markazlari aniqlandi.
1. Efiopiya (Abissiniya) markazi - barcha mavjud ikki, olti qatorli 
афа turlari, doni qobiqsiz, qiltiqli tur xillari mavjud.
2. Sharqiy-Osiyo (Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibet viloyat- lari) 
markazi - past bo'yli, zich kalta boshoqli, kalta qiltiqli yoki qiltiqsiz 
shakllari, olti qatorli qiltiqli va qiltiqsiz o'simtali tur xillari mavjud.
3. Old Osiyo markazi - tabiiy sharoitida vujudga kelgan bo- 
shog„ini rangi har xil, qiltig'ini uzunligi, boshoqning zichligi va boshoq 
o„zagini bo'g'inlarga bo'linishi bo'yicha turli shakllari mavjud.
4. 0„rta dengiz (Janubiy Afrika, Misr, Tunis, Jazoir) Falastin, 
Siriyada — doni yirik, kasalikka chidamli oziq-ovqatda ishlatiladigan 
arpa turlaridan iborat.
5. O'rta Osiyo markazi - Tojikiston, Afg„oniston, O'zbekis- tonda 
issiqlikka, qurg'oqchilikka chidamli, kasalikka chidamsiz turlari ekilib - 
bu asosan yem-xashak yo„nalishidagi афа hisoblanadi.
6. Yevropa-Sibir markazi - tuproqni yuqori kislotaligiga chidamli 
arpa turlari ekiladi, bu asosan pivo pishirish sanoatining asosiy 
xomashyosi hisoblanadi.
105


7. Shimoliy va Janubiy Amerika markazi - boshqa mintaqa- lardan 
keltirilgan turlari, bu mintaqa arpani kelib chiqishida eng yoshi 
hisoblanadi. Bu mintaqadagi arpa turlari yotib qolishga chidamli, erta 
pishar va kasalikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Arpa ekini qadimiy 
ekinlardan biridir.
14
Markaziy Osiyo hududida qadim zamonlardan beri ekilib 
kelinganligi arxeologik qazishmalar natijasidan ma‟lum. 1954-yilgi 
arxeologik tekshirish natijalariga ko„ra, janubiy Turkmanistonning Joytun 
viloyatida topilgan афа donining neolit davrida, ya‟ni miloddan 5000-yil 
avval ekilganligi isbotlangan.
Hozirgi vaqtda афа ekini dunyoning ko„plab davlatlarida: Yevropa, 
Osiyo, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Afrika, Avstraliya hududidagi 
ko„pchilik maydonlarda ekiladi. Афа ekini maydoni jahon bo„yicha 67 
mln. gektar atrofida boiib, bug„doy, sholi, makkajo„xoridan so„ng 
to„rtinchi o„rinni, 0„zbekistonda esa donli o„simliklar orasida bug„doydan 
keyin ikkinchi o„rinni egallay- di. Афа respublikamizning suvli va 
lalmikor yerlarida yetishtiriladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling