X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

0
(
g„itlash. Bahorgi bug'doy ham kuzgi bug'doyga o'xshash mahalliy 
va ma‟danli o'g'itlar bilan o'g'itlanadi. Lekin bahori bug'doyning o'sish 
muddati qisqa bo'lganligi uchun o'g'itlash me‟yori kuzgi bug'doyga 
nisbatan kamroq bo'ladi. Sug'oriladigan yerlarda 1 gektar bahori 
bug'doyga 10 tonnagacha go'ng, 120 kg azot, 70 kg fosfor va 40 kg kaliy 
beriladi. Lalmi yerlarda bu ko'rsatilgan o'g'it miqdoridan kamroq, ya‟ni 
uni 20-31% ga kamaytirish mumkin, chunki lalmi yerlarda nam kam 
bo'lganligi uchun o'g'it samarasi ancha pasayadi. Bu o'g'itlami asosiy 
miqdori kuzgi bug'doyga o'xshash kuzda, ekishdan oldin yoki ekish bilan 
bir vaqtda hamda o'simliklaming o'suv davrida beriladi. Kuzgi shudgorda 
mahalliy o'g'it-go'ng, fosfor 40 kg/ga va 20 kg kaliy beriladi, qolgan azot, 
fosfor va kaliy ekish bilan bir vaqtda va oziqlantirish davrida beriladi. 
Bahorgi bug'doy bir marta - tuplanish boshlanish davrida oziqlantiriladi
so'ngra ekin ko'ndalangiga qarab yengi! borona qilinib, sug'oriladi.
Boronalash natijasida tuproq qatqalog'i yo'qotiladi, yer beti 
yumshatiladi va berilgan o'g'it ko'miladi. Buning natijasida o'simlik yaxshi 
tuplanadi va o'sish tezlashadi.
Ekish. Ekish uchun yuqori sifatli, yirik, og'ir va bir xil kattalikda 
bo'lgan urug'lar tanlanadi. Bunday urug'lami unib
102


chiqish darajasi yuqori, begona o't uruglaridan tozalangan bo„lishi kerak.
Bahori bug„doy ekish uchun urug„lik kuzgi bug'doy urug„ini 
ekishga tayyorlagandek tayyorlanadi. Bahori bug„doy biologik xususiyati 
bo'yicha ertagi bahori ekinlar turiga kiradi. Uning urug„i tuproq harorati 
5-6 °C issiqlikda unib chiqadi. Shu sababli bahori bug„doy erta bahorda 
yoki fevral oyining ikkinchi yarmida, mart oyi boshlarida ekilishi kerak. 
Kechikib ekilgan bahori bug„doy namlik yetmasligi sababli urugiarning 
unib chiqishi kechikadi, sekin o„sadi va kam hosil beradi.
Lalmi yerlarda bahori bug'doyni ekish muddati zonalarga qarab har 
xil boiadi. Bahori bug'doyni tekislik zonada taxminan 20 fevralda, 
do„nglik-tekislik zonada 10 martda, tog„ oldi zonasida 15 mart va toglik 
zonada 1 aprelda ekib tamomlash zarur. Bahori bug„doyni qisqa 
muddatda ekib bolish kerak. Bahori bug'doyni kuzgi bug'doyga o'xshash 
usullarda ekiladi, faqat ekish me‟yori kamroq olinadi. Sug'oriladigan 
yerlarda urug'ni miqdori 1 gektarga 3,5-4,0 mln dona urug' (120-150 kg) 
ekiladi.
Lalmi yerlarda esa uning mintaqasiga qarab ekish miqdori har xil 
boiadi. Bir gektar yerga tekislik zonada 1,7-2,0 mln. urug' (70- 80 kg/ga), 
do'nglik-tekislik zonada 2,0-2,2 mln urug' (80-90 kg/ga), tog' oldi 
zonasida 2,2-2,7 mln. urug' (90-100 kg/ga) va togii zonada 2,7-3,0 mln. 
urug' (110-120 kg/ga) ekilishi kerak. Bu ko'rsatib o'tilgan urug'ni ekish 
me‟yorlari xo'jalik uchun 100% yaroqli urug' hisoblanadi. Urugiar sifati 
past boigan vaqtda va muayyan sharoitga qarab urug' ekish me‟yori 
ma‟lum miqdorda oshiriladi. Urugiar ekish vaqtida 5-6 sm chuqurlikka 
ko'miladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling