X umarov husnixat o`qitish metodikasi guliston 2013 O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Download 1.26 Mb.
bet37/71
Sana23.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1717197
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71
Bog'liq
portal.guldu.uz-HUSNIXAT O`QITISH METODIKASI

Hirot xattotlik maktabi


Xirot Xurosonning eng katta va mashhur shaharlaridan bo`lib, olimlar, fozillar, shoirlar va xattotlar bilan to`lgan xushmanzara bog`-bo`stonlari, turli meva va suvlarining ko`pligi bilan shux,rat qozongan.
Xurosonning katta qismidagi markaziy shaharlardan yana biri Marv Shohjon (Turkmaniston)dir. Yoqut Hamaviyning aytishicha, al mavron (ikki marv) degan so`z bo`lib, biri Marvrud ikkinchisi Marv shohjondir.
Yoqut shunday deydi: «Marvda ilmiy ahamiyatga ega bo`lgan qimmatli kitoblar juda ko`p edi. Men u erdan ketgan vaqtimda (1220 yilda) vaqf qilingan 10 ta kutubxona bor ediki, dunyoda kitobning ko`pligi va yaxshiligi jihatidan unday joyni ko`rmaganman. Ular quyidagicha:

  1. Katta jomega qarashli 2 ta kutubxona bo`lib, biri Sulton
    Sanjar xodimlaridan Aziziddin Abu Bakr Zanjoniy nomiga
    qo`yilgan. Unda 12 ming jildga yaqin qo`lyozma kitoblar saqlanadi.

  2. Al-Kamoliya kutubxonasi (kimga nisbat berilganligi ma’lum
    emas).

III 1100 yilda vafot etgan Al Mustavfiy Abulsa’d Muhammad
ibn Mansurning madrasasidagi kutubxona.
IV Nizom al-Mulk Hasan binni Ishohning madrasasidagi
kutubxona.
V-VI Somoniylarga tegishli ikki kutubxona.
VII Al-Amidiyya madrasasidagi kutubxona.
VIII Marvdagi oxirgi vazirlardan Majdi mulkning
kutubxonasi.
IX Madrasa Xotuniyadagi kutubxona.
X Yana u erda Az-Zamiriya kutubxonasi. Bularning hammasi 1221
yilda mo`g`ullar tomonidan xarob etilgan».
Axmad Tayibshoh Movarounnahriy bir necha xatga, ayniqsa, suls xatiga ravshanlik kiritgan. 1215 yilda vafot etgan. Ba’zilar bu xattotni Ibrohim shoh Tayib xdm deydilar.
Mavlono Yusuf Xurosoniy xattot Yoqutning mashx^ur shogirdlaridandir. Ustozi bilan bir vaqtda vafot etgan. Yoqut xat bilan 1210 yilda ko`chirilgan «Kalimoti murtazaviyya» asari Ayoso`fiya kutubxonasida saqlanadi. «Kalimot» bilan birga Ali binni Hilol xatida Salomat ibn Jandal ismli arab shoining qasidasini ko`chirgan. Bu qasidani 1218 yilda ko`chirib tamomlagan. 1269 yilda vafot etgan.
Ibroqim Mirzo Shohrux o`g`li Temur nabiralidan bo`lib, Sharafiddin Ali Yazdiy shogirdlaridandir. Ulug` tarixchi o`zining «Zafarnomaiy Temuriy» asarini Temurga bag`ishlab yozgan. Mirzo Ibrohim olti xil xatda tengi yo`q xattot edi. Yoqut uslubiga taqlid qilib, xat san’atida undan o`tib ketgan. U yozgan xat qoldiqlarining ba’zilari Hozir ham Sheroz qadimiy binolarida saqlanib qolgan. Xattot 1431 yilda vafot etgan.
Ahmad Rumiy Sulton Boysunqor kitobxonasining xattotlaridan bo`lib, ko`p vaqtlar ulug` kishilar bilan suhbatlashgan.
Sulton Boysunqor Temuriy shahzodalaridandir. U 35 yoshida -1427 yilda vafot etgan. «Davlatshox tazkira»da ko`rsatilishicha, uning kitobxonasida 40 nafar mashhur xattotlar tun kun kitobat bilan shug`ulanar edilar. Xattotlik, zarafshonlik, oltin xalash, naqsh, lavxa, rasm, miniatyura va boshqa badiiy san’atlar ishlash Boysunqor davrida ravnaq topgan. Istanbulning xar bir kutubxonasida hech bo`lmaganda bir nusxa uning davrida ko`chirylgan asar mavjud. Sulton buyrug`i bilan ko`chirilgan qo`lyozmalardan «Faraj ba’da shiddat»ning tarjimasi va «Nusxat ul-arvox» kitobi diqqatga sazovordir.
Mirzo Ulug`bek astronomiya va xandasada o`z davrida yagona bo`lgani kabi Boysunqor mirzo she’r va xatda o`z davrining eng mashxur kishisi edi.
Eronliklarning aytishicha, to`rt kishi to`rt xatda sulsda Boysunqor mirzo, ta’liqda Mir Imod, nasxda Mirzo Ahmad, shikasta xatda Darvesh Abdu Majid Tolqoniy ustod emish.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling