Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili


Xalq bilan muloqot: tahlil va samara


Download 64.56 Kb.
bet6/7
Sana26.04.2020
Hajmi64.56 Kb.
#101611
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi 1 kurs

15.02.2017. Xalq bilan muloqot: tahlil va samara


Boyovut tumanida o‘tkazilgan xalq bilan muloqotlarda 235 muammoli masala aniqlandi. Ularning 33 tasi joyida hal etilib, 200 dan ortig‘ining yechimi bo‘yicha tegishli mas’ul idora rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlarining Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi korxona va tashkilotlar vakillari, aholi bilan muloqotlari xulosalariga bag‘ishlangan xalq deputatlari tuman Kengashining sessiyasida shu haqda ma’lumot berildi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev va boshqalar Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritib, ayni paytda mamlakatimizning barcha hududlarida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlarining aholi bilan muloqotlari turli dolzarb masalalarga joyida yechim topish, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
– Sirdaryo viloyatidan saylangan deputatlar va Senat a’zolari tumandagi korxona, tashkilot, muassasa va xonadonlarda bo‘lib, odamlar fikri va ehtiyoji bilan qiziqdi – Fuqarolar yig‘inlari raislari, tadbirkorlar, fermerlar, yoshlar bilan uchrashuvlarda islohotlar samaradorligini oshirishda jamoatchilik nazoratining o‘rni, fuqarolar huquqiy madaniyatini yuksaltirishning ahamiyati va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi. Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyati ham muhokama etilib, uning ishida kuzatilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

29.09.2017 Muammolarga aniq yechim topildi

Joriy yil 28-29 sentyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev, ichki ishlar vaziri P.Bobojonov, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.Tohiriy, Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev, adliya vaziri o‘rinbosari A.Toshqulov hamda mazkur idoralar mas’ullari, shuningdek, tijorat banklari rahbarlari Samarqand viloyatida sayyor qabullar o‘tkazdi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan tamoyil asosida mamlakatimizda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalq bilan muloqot qilishi va ularning murojaatlari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etildi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topishda yuksak samaralar bermoqda. Bugungi kunda davlat hokimiyati organlari, Xalq qabulxonalari rahbarlarining joylarda sayyor qabullari o‘tkazilib, xalq bilan bevosita muloqoti yo‘lga qo‘yilmoqda. Buning natijasida aksariyat muammolar joyida hal etilib, odamlarning adolatga, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanayotir. Rahbarlar va mansabdor shaxslarning davlatimiz, xalqimiz oldidagi mas’uliyati oshmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi raisi K.Komilovning Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan fuqarolar ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabullarida uy-joy bilan bog‘liq va mulkiy nizolar, firibgarlik, yer ajratishdagi qonunbuzilish holatlari, oila-nikoh masalalari yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi. Har bir murojaatga adolatli, qonuniy yechim topish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, Samarqand tumanidan N.Mahmudovning yer-mulk egaligi, urgutlik N.Haydarovaning shaxsiy avtomashinasiga qo‘yilgan ta’qiqni olib tashlash bo‘yicha murojaatlariga shu yerning o‘zida yechim topildi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.Abdullayev tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda fuqarolar prokuratura sohasiga oid masalalar va huquq buzilishlariga oid muammolar yuzasidan murojaat qildi.
– Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganman, lekin bolam uchun 5 yildan buyon aliment puli ololmayman, – deydi Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasida yashovchi M.Ahmedova. – Ushbu masala bo‘yicha bugun Bosh prokurorga murojaat qilgan edim, muammo ijobiy hal etildi. Aliment pulini undirib berish bo‘yicha mutasaddilarga aniq muddat belgilandi va bu qat’iy nazoratga olingani ma’lum qilindi.

– 2014 yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tugatganman, – deydi Samarqand shahrida yashovchi D.Obloqulov. – Mutaxassisligim yuzasidan Ichki ishlar akademiyasiga ishga kirish istagimni bildirganimda, Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda emasligim uchun hujjatlarimni qabul qilishmagan. Mazkur masalada ichki ishlar vaziriga murojaat qildim. Menga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilib, ishga kirish masalasini ko‘rib chiqish mas’ul xodimlarga topshirildi. O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.Tohiriyning sayyor qabullarida tadbirkorlar, korxona va tashkilotlar vakillari hamda jismoniy shaxslar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va ularga faoliyatida yuzaga kelgan muammolarni hal etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Uchrashuvda tadbirkorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida yurtimizga olib kirilayotgan texnologik asbob-uskuna va jihozlarga nisbatan bojxona to‘lovlarida imtiyozlarni qo‘llash tartibi, sohada qabul qilingan so‘nggi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati bilan tanishdi.
– Faoliyatim davomida boshqa davlatlar bojxona organlari bilan tushunmovchilik holatlari yuz bergan, – deydi Samarqand shahrida yashovchi tadbirkor K.Jo‘ramurodov. – Bunday vaziyat boshqa mamlakatda bo‘lgani uchun ko‘p muammolarga duch kelganmiz. Bugun bojxona qo‘mitasi raisiga bu haqda aytgan edim ana shunday holatlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasiga murojaat qilishim mumkinligi va masala qisqa fursatda hal etilishi tushuntirildi. Sayyor qabullarda tadbirkorlar uchun soliq sohasidagi yengillik va imtiyozlar, tijorat banklaridan kredit ajratishdagi qulayliklar tushuntirilib, bu borada yuzaga kelayotgan muammolar ijobiy hal etildi. Tadbirkorlar o‘z faoliyatidan kelib chiqib, ayrim tartib-qoidalar va hujjatlarni soddalashtirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi. Ikki kunlik sayyor qabullar yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ularga o‘z vaqtida yechim topishda shu kabi bevosita muloqotlar muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi. E’tiborlisi, bu tadbirlarda aholining faolligi ortib, davlat organlariga ishonchi oshib bormoqda.


5.Jinoyat va huquqbuzarlikka qaratilgan chora-tadbirlar

Mamlakatimizda har haftaning payshanbasida o‘tkazilayotgan jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni tadbirlari yuksak samaralar bermoqda.



Namangan viloyatida ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Rustamjon Do‘stmatov O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi: – Avvalo, joriy yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingani jamiyatimizning barcha jabhalari qatori ichki ishlar tizimi oldiga ham o‘z faoliyatini davr talabi asosida tubdan o‘zgartirish vazifasini qo‘ydi. Endi bizning ishimizga baho berishda ochilgan jinoyatlar, qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar soniga qarab emas, balki shunday holatlarning oldini olish, sabab va omillarini oldindan aniqlab, uni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar bosh mezon sifatida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni kamaytirishda xalq bilan yuzma-yuz muloqot tarzidagi huquqiy targ‘ibot tadbirlari muhim o‘rin tutmoqda. Binobarin, aholi orasida, ta’lim muassasalarida jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni tadbirlari o‘tkazib kelinayotgani bu boradagi sa’y-harakatlar samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Joriy yil boshidan boshqarmamiz tomonidan davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla faollari bilan hamkorlikda tashkil etib kelinayotgan bunday keng ko‘lamli tadbirlarda 9 mingdan ziyod huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, mahalliy hokimlik va jamoat tashkilotlari vakillari faol ishtirok etdi. Har payshanba ertalab soat 8.00 da viloyat hududidagi 48 sektorda mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘tkazilayotgan xizmatoldi yo‘riqnomasi tadbirning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlamoqda. Yilning o‘tgan davrida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida 2 ming 300 dan ziyod “Davomat” tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar natijasida dars mashg‘ulotlariga sababsiz qatnashmayotgan 976 nafar o‘quvchining barchasi ta’lim muassasalariga qaytarildi. Bu borada o‘ta mas’uliyatsiz bo‘lgan 1176 nafar ota-onaga ma’muriy va 16 ta’lim muassasasi rahbariga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgani ko‘pchilikka saboq bo‘lmoqda. Tadbirlar davomida 455 mingga yaqin xonadon o‘rganildi. O‘rganish natijasida pasport tizimi tartib-qoidalarini buzgan 6 ming 298 nafar fuqaroga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Shuningdek, yolg‘iz yashayotgan qariyalar, muqaddam sudlangan, uzoq muddat yurtimizdan tashqarida bo‘lib qaytgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Profilaktika kuni tadbirlarida oilalardagi salbiy ijtimoiy-ma’naviy muhit sabablarini o‘rganish va tegishli choralar belgilash, jamoat joylarida tartib-qoidalarga rioya etilishi, fuqarolar o‘rtasidagi yer va mol-mulkka doir mojarolar, avtotransport vositasidan foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish kabi ma’muriy huquqbuzarlik va qoidabuzarliklar profilaktikasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Joylarda sayyor sud majlislarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgani ham qonun ustuvorligini ta’minlash bilan birga, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, odamlarda adolatga, davlatga ishonchni mustahkamlashga xizmat qilayotir. O‘tgan davrda 250 dan ziyod sayyor sud majlisi o‘tkazilib, 5 ming 245 hujjat ko‘rib chiqildi va ular asosida qonuniy choralar ko‘rildi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda korxona-tashkilotlar, ta’lim muassasalari va mahalla fuqarolar yig‘inlarida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan 30 mingga yaqin targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Ularda sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, pasport-viza tizimi, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, yong‘inlar va mulkiy turdagi jinoyatlarning oldini olish mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi. Targ‘ibot ishlarida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, televideniye, radio va davriy nashrlarda 400 dan ziyod chiqish qilindi. Umuman, o‘kazilayotgan bunday tadbirlar o‘z samarasini bermoqda. Viloyatda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan umumiy jinoyatlar 451 taga yoki 12 foizdan ko‘proq kamaygani ham fikrimizni tasdiqlaydi. Muxtasar aytganda, profilaktika kuni tadbirlarini o‘tkazish mexanizmi tobora takomillashtirib borilayotgani yurtdoshlarimiz ongu tafakkurida, hayotga munosabatida jiddiy ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda.

Download 64.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling